Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta`lim beruvchi
|
Ta`lim oluvchi
|
1- bosqich
Tayyorgarlik qismi
(10 daqiqa)
|
O`quvchilarni saflantiraman, Navbatchi davomatini qabul qilaman,O`quvchilar bilan salomlashaman, Uyga berilgan vazifani so`rayman, Yangi mavzu bilan tanishtiraman, Turgan joyda burilishlar (o`nga , chapga ,ortga ) To`g`riga yurish , sekin yugurish , harakatda mavzuga mos maxsus mashiqlar bajartiraman . Har xel tezlikda yugurishlar , asta – sekin yurishga o`tib nafasni rostlash uchun yengil mashqlar bajartiraman . Bir qatordan to`rt qatorga saflantirib . Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni bajartiraman. Dars mavzusiga qarab maxsus mashqlar bajartiraman.
|
O`quvchilar safga bo`yma-bo`y turadilar,Navbatchi davomat topshiradi, Yangi mavzu bilan tanishadilar,
Burilish vaqtida oyoq harakatlariga e`tibor berish,To`rt qatorga saflanib URM bajaradilar
|
2-bosqich
Asosiy qism
(30 daqiqa)
|
Nazariy: Nazariy: Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchining kun tartibi.
Amaliy:Voleybol. Hujum zarbi berish va to`siq qo`yish bilan tanishish. Ikki tomonlama o`quv-mashg‘ulot o`yini.
H ujumchining texnik mahorati qancha yuqori bo`lsa, har xil o`yin holatlaridan kelib chiqadigan texnik vazifani shuncha yengil hal etishi mumkin. Hujumchi zarba berish yo`nalishi va kuchini o`zgartirishni bilishi kerak. Zarba berish usuli va hujum yo`nalishini tanlash aniq o`yin holatiga, raqiblarning himoyada joylashishi va to`siq qo`yuvchi o`yinchilarning joylashishiga bog‘liq bo`ladi. Chet zonalardagi harakatni (4 va 2) to`r o`rtasidagi 3-zona hujum bilan birga qo`shib olib borish maqsadga muvofiq. Maksimal kuch bilan zarba berish (yurish bo`ylab) — <To`r chetiga hujum qilishning samarali vositasi «to`siqqa tegib chiziqdan tashqariga chiqish» zarbasi hisoblanadi. To`r markazidagi harakatda hujumchilar tez-tez to`siqni aylanib o`tishni aldamchi harakat bilan almashlab boradi.
Raqibning zarba berishiga to`siq qo`yish birinchi himoya harakati hisoblanadi. To`siq qo`yishning ikki turi mavjud: harakat qilmaydigan (zonali) va tez harakat qiladigan. To`siq qo`yishni yakka va ko`pchilik (guruhli) bo`lib qo`yishga bo`lish mumkin. Ko`pchilik (guruhli) bo`lib to`siq qo`yish ko`proq samaradorlikni ta’minlaydi. To`siq qo`yish texnikasi quyidagilardan iborat bo`ladi: to`siq qo`yish joyiga siljish, sakrash, qo`lni qo`yish va qo`nish. Siljish yonlama qadam tashlash bilan bajariladi. Depsinish joyini aniqlab olingandan keyin, sakrashga tayyorgarlik ko`rib, to`siq qo`yuvchi qo`l va oyog‘ini bukadi. Ikki oyoqda depsingandan keyin, o`yinchi qisqa yo`l bilan qo`lni tepaga cho`zadi, agarda talab qilinsa to`r ustidan o`tkazadi, to`pni qaytaradi yoki uni bosadi. O`yinchi to`siq qo`yishdan keyin oyoq uchiga qo`nadi, keyinchalik to`liq oyoq yuziga o`tiladi rasmda Ikki va uch kishilik to`siq qo`yishda o`yinchilar bir-birlarini tushungan holda sinxron harakat qilishlari kerak.
|
To`g‘ridan hujumkor zarb. To`rning yuqori qismidagi to`pni bir qo` ll ab raqib to monga urishdan ibo rat hujum — hujumkor zarb deyil adi (ular o`rnidan sakrab yoki yugurib kelib bajariladi). Hujumkor zarb yugurish, sakrash va zarbdan iborat bo`ladi. Hujumchi bir, ikki va uch qadamdan zarba beradi Uchib kelayotgan to`pni ko`rib o`yinchi qo`llarini oldinga, yuqorig a ko`taradi. Uruvchi qo`l zarb uchun ta yyorla nadi . Gavda biroz orqaga egiladi. Zarb chog‘ida urayotgan qo`l bilan gavda ham oldinga egiladi. To`pni qancha kuchli urish zarur bo`lsa, kaft shuncha bo`shroq qilinadi, zarb qancha aniq bo`lishi lozim bo`lsa, kaft shuncha tarang
bo`ladi. Voleybol o`yinida har bir jamoada 6 tadan o`yinchi asosiy tarkibda maydonga tushadi. O`yin 5 ta bo`limdan iborat bo`lib, 1,2,3,4-bo`limlar 25 ochkogacha o`ynaladi, oxirgi 5-bo`lim 15 ochkogacha bo`ladi. Agar o`yin teng kurashlar ostida o`tsa, u
holda u yoki bu jamoa 2 ta ochko farqi bilan bo`limni yutishi kerak, ya’ni quyidagicha: 24—26, 25—27, 26—28 va hokazo.
O`yinni yutish quyidagicha hisobda bo`lishi mumkin: 3—0, 3—1, 3—2. O`yinda to`pga 3 marta tegish mumkin, 3-tegishda raqib jamoa tomonga to`r ustidan o`tkazib yuborish kerak. Raqib jamoasi hujum qilganda yoki to`r ustida sakrab to`siq qo`yishdagi to`pga tegish hisoblanmaydi, bu urinishdan keyin yana 3 ta to`pga tegish mumkin.
To`pni o`yinga kiritishni maydon orqa chizig‘ining xohlagan joyida bajarish mumkin. To`pni o`yinga kiritish uchun 1 marta urinish beriladi va 8 sekund mobaynida to`pni o`yinga kiritish kerak bo`ladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |