T o`pni yerga urib yurish va yugurishda gavda biroz oldinga
to`g`ri engashgan, oyoqlar bukilgan, bosh to`g`ri tutilgan holatda bo`lishi, qo`l himoyachidan nariroq bo`lishi kerak. To`pni yerga urib yurishga o`rganishda to`pga qaramay yurishga harakat qilinadi. Shuningdek, to`pni yerga urib yurishda o`ng va chap qo`l bilan uni bir baland, bir past sakratib, almashtirib yurishning ham
ahamiyati katta. Chap qo`l bilan to`pni yerga urib yurishda o`ng oyoq yarim qadam ilgariroq yuradi. To`pni har qadamda urib olib yurishni o`rganib bo`lgandan so`ng to`pni yerga urib asta
yugurib olib yurishga o`rganish lozim. Ikkita to`pni baravariga yerga urib yurishni ham sinab ko`ring va o`rganing.
To`pni yerga urib yurishda yo`nalishni, tezlikni, sakrash balandligini o`zgartirib yurishlar, to`pni orqadan va oldindan o`tkazish hamda to`pga qaramay yurishlar himoyachining kutilmagan to`siqlaridan o`tib ketishga yordam beradi. Bundan tashqari, agar to`pni chap qo`l bilan yerga urib yurilsa, o`ng oyoq bilan oldinga qadam tashlanadi, to`pni pastga-oldinga, o`ngga urib yurilsa, o`ng qo`l bilan yo`nalishni o`zgartirib yuriladi.
Boshqa barcha holatlarda, qarshi hujum tezligini pasaytirmaslik va o`yin jarayonini buzmaslik uchun to`pni olib yurishdan bekordan bekor foydalanmaslik kerak. Olib yurish to`pni bir qo`l bilan yengil ketma-ket pastga-oldinga urish bilan amalga oshiriladi (yoki galma- gal o`ng va chap qo`l bilan), oyoqlardan biroz yonda va oldinga
y o`naltiriladi. Asosiy harakatlarni tirsak va bilak bo`g‘inlari bajaradi. Muvozanat holatini saqlash va harakat yo`nalishini tez o`zgartirish uchun oyoqlarni bukish kerak.
O`yin paytida nimalarni qilish
mumkin-u,
nimalarni qilish mumkin emas?
Agar o`yinchi to`pni ataylab oyog`i bilan tepib yoki qo`li bilan urib yuborsa, to`p boshqa jamoaga beriladi. Bordi-yu, o`yinchining oyog`i bexosdan tegib ketsa, unda jarima ham berilmaydi, o`yin ham to`xtatilmaydi.
To`pni yerga faqat bir (o`ng yoki chap) qo`l bilan urib yurib harakat qilishga ruxsat etiladi. To`p bilan qancha qadam qo`yilsa ham xato bo`lmaydi (to`p yerga urib yurilsa, albatta). To`pni yerga urib yurish, yugurish to`xtatildi deb aytish, bu o`yinchining to`p bilan to`xtaganidir. Shundan so`ng u to`pni savatga tashlashi yoki sherigiga uzatishi mumkin. O`yinchi to`p bilan xohlagan tomonga burilishi, harakatda bo`la turib, ikki qadam yurib to`xtashi, to`pni uzatib yuborishi, to`pni savatga otish uchun sakrashi mumkin, ammo oyog`i yerga tushmay, to`pni otib ulgurishi kerak. Sakrab to`pni ilib olib bir oyoqqa tushish (shu tushgan oyoq boshqa qadam qo`yilgunicha) tayanch oyoq deb hisoblanadi, bordi-yu qadam qo`yib yurilsa, unda „probejka“ deyiladi. Bundan tashqari, o`yinchilar zonalar haqidagi qoidani ham bilishlari zarur, chunki jamoalarning o`z zonasi hamda raqibning zonasi degan tushunchalar mavjud. Agar o`yinchi hisoblangan hujumchi oldingi zonaga o`tsa, u o`yinchi orqa zonaga to`p uzatishi
man etiladi. O`rta chiziqdan orqaga to`p uzatish mumkin emas.
Uch, besh, o`n soniyali qoidalar. Hujumchining oldingi hujum zonasiga o`tib, jarima tashlash maydonchasiga kirib olishiga uch soniyali qoida deb aytiladi. U yerda to`pli va to`psiz hujumchi 3 soniyadan ortiq bo`lishi man etiladi. Agar to`pli o`yinchi shu jarima maydonchasiga tushib qolsa, u uch soniya ichida to`pni savatga
tashlashi kerak.
Besh soniyali qoidada, agar o`z zonasi ichidagi o`yinchi to`pni olgach, 5 soniyada uni uzatmasa, dumalatmasa yoki yerga urib yurmasa,
hakam to`pni oladi va „bahsli to`p“ belgilaydi. Jarima to`pini tashlayotgan o`yinchi ham 5 soniya ichida to`pni tashlashi kerak. O`n
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |