Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta`lim beruvchi
|
Ta`lim oluvchi
|
1- bosqich
Tayyorgarlik qismi
(10 daqiqa)
|
O`quvchilarni saflantiraman, Navbatchi davomatini qabul qilaman,O`quvchilar bilan salomlashaman, Uyga berilgan vazifani so`rayman, Yangi mavzu bilan tanishtiraman, Turgan joyda burilishlar (o`nga , chapga ,ortga ) To`g`riga yurish , sekin yugurish , harakatda mavzuga mos maxsus mashiqlar bajartiraman . Har xel tezlikda yugurishlar , asta – sekin yurishga o`tib nafasni rostlash uchun yengil mashqlar bajartiraman . Bir qatordan to`rt qatorga saflantirib . Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni bajartiraman. Dars mavzusiga qarab maxsus mashqlar bajartiraman.
|
O`quvchilar safga bo`yma-bo`y turadilar,Navbatchi davomat topshiradi, Yangi mavzu bilan tanishadilar,
Burilish vaqtida oyoq harakatlariga e`tibor berish,To`rt qatorga saflanib URM bajaradilar
|
2-bosqich
Asosiy qism
(30 daqiqa)
|
Mavzu Nazariy: Basketbol o`yinining taktik tushunchasi.
Amaliy:Basketbol. To`pni yaqin masofadan to`xtatib, sakrab halqaga tashlash; basketbol elementlari yordamida ikki tomonlama o`quv-mashq o`yini..
T o`xtashlar Vaziyatga qarab o`yinchi keskin yugurishlar va yugurish yo`nalishini o`zgartirishlar bilan bir qatorda raqib ta’qibidan biroz bo`lsa ham qutulishga, bo`sh joyga chiqishga va keyingi hujum harakatlari uchun imkoniyatga ega bo`lish maqsadida kutilmagan (qo`qqisdan) to`xtalishlardan foydalanadi. To`xtalish ikki uslubda: sakrab va ikki qadam bilan amalga oshiriladi
K o`krakdan ikki qo`llab to`pni otishdan ko`proq uzoq masofalardan halqaga hujum qilish uchun foydalaniladi. Agar o`yin paytida himoyachi faol qarshilik qilayotgan bo`lsa, otishning bu usulini shug`ullanuvchilar tezroq o`zlashtirishadi. Bu to`p uzatish usuliga yaqin bo`lgan pastdan ikki qo`llab to`p oshirish ko`proq halqa tomonga yorib o`tishda va to`p oshirishga himoyachi qarshilik ko`rsatayotgan paytda ishlatiladi.
Sakraganda yuqoridan bir qo`llab to`p otish (sakraganda to`p otish) zamonaviy basketbol- dagi hujumning asosiy vositasidir. Jahonning kuchli erkaklar basketbol jamoalari musobaqalarida hamma to`p
otishlarining 70 foizi xuddi shu usul bilan har xil masofalardan bajariladi, bu to`p oshirishning bir qancha ko`rinishlari bor.
Sakrab gavda orqasidan oshirishdan yaxshi sakray oladigan baland bo`yli himoyachining qarshilik qilayotganda yaqin va o`rta masofalardan savatga hujum qilishda foydalaniladi.
Bir qo`lda kryuk usuli bilan to`p otishdan ko`proq markaziy o`yinchilar, baland bo`yli himoyachining faol qarshi harakati paytida, yaqin va o`rta masofalardan hujum qilish uchun foydalanishadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |