Yuridik pretsedent sudning umummajburiy ahamiyatga ega bo'lgan aniq bir ish bo'yicha qaroridir. Yuridik pretsedentning o'ziga xos jihati shundaki, u qabul qilingach, o'sha masala bo'yicha umummajburiy qoidaga aylanadi. I luquqiy pretsedent ayrim mamlakatlarda, masalan Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliyada huquq manbai hisoblanadi. Lekin, O'zbekiston Respublikasining huquq tizimida qo'llanilmaydi.
Normativ-huquqiy hujjat - hozirgi kunda eng muhim bo'lgan huquq manbaidir. Normativ-huquqiy akt vakolatli davlat organining belgilangan lartibda qabul qilgan yuridik huquqiy hujjati bo'lib, umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o'z ichiga oladi.
Qpnunchilik - vakolatli davlat organlarining qonun chiqarish faoliyati \ hamda har bir vakolatli davlat organining qat'iy belgilangan huquqiy-normativ I hujjatlarni chiqarish huquqiga egaligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |