1.5-amaliy mashg’ulot: Tushadigan soya yorug’ joylarini aniqlash va rangda yengil yorug’- soya berish. (2 soat)
Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, ishni bajarishda soya-yorug‘ munosabatlarini to‘g‘ri topib tasvirlash ham katta ahamiyat kasb etadi. Rangda ishlaganda katta shakl, rang uyg‘unligiga ham alohida e’tibor bilan qaralishi, mutanosiblik barcha narsada o‘z aksini topishi kerak. Ular esa gavdaning har bir bo‘lagi, rangi, soya yorug‘ligida namoyon etiladi.
Odam gavdasi uning soya va yopyg‘ joylarini yaxlit qilib ham tus, ham rang jihatidan ishlab chiqishdan boshlanib, hajmni ko‘rsatishga yordam beruvchi unsurlar-yarimsoya va aks shu’lalarni belgilash bilan davom ettiriladi, bunda tus munosabati ham muvofiq tarzda ko‘rsatiladi.
1.6-amaliy mashg’ulot: Postanovkani fon bilan uyg’unlashtirish. Ishni yakunlash. (2 soat)
Umum tanani aks ettirishda uning mayda qismlarini, detallarni ham yo‘l-yo‘lakay aniqlashtirib boriladi, ammo bunda yaxlitlikka putur etkazilmasligi kerak. Chizish mobaynida katta soyalar va yorug‘, yarimsoyalarni birvarakay belgilab ranglab borilishi tasvirning hajmli ko‘rinishini ta’minlaydi. Tasvirlash jarayoni izchillikda bosqichma-bosqich olib borilsa, oxirida barcha tomondan ish tekshirib umumlashtirilsa vazifa yaxshi chiqishi ta’minlanadi. Matolardagi taxlamlarni aniqlab va soyalarni ranglar yordamida ko’rsatib borish, vazifani tugal holga keltirish tajribaga, ya’ni ko‘p, erinmay, sabot bilan ish olib borilishiga bog‘liqdir. Nazariy bilimlarni o‘tmish usta rassomlari merosini kitoblardan o‘qib o‘rganish yordamida oshirib borilishi kerak.
Matolar tusini bir-biridan ajratish va ulardagi rang munosabatlarini taqqoslab ishlash ishni haqqoniy chiqishida muhim omildir. Chizish mobaynida blik, katta soya va yorug‘lik, yarimsoyalar, tushuvchi soyalar, reflekslarni birvarakay belgilab, munosabatlarini aniqlab borilishi tasvirning hajmli ko‘rinishini ta’minlaydi. Umum tanani aks ettirishda uning mayda qismlarini ham yo‘l-yo‘lakay aniqlashtirib boriladi, ammo bunda yaxlitlikka putur etkazilmasligi kerak.
Tasvirlash jarayoni izchillikda bosqichma-bosqich olib borilsa, oxirida barcha tomondan ish tekshirib umumlashtirilsa, vazifa sifatli yakunlanishi ta’minlanadi. Bunda rang tuslarini bir-biridan ajratib shtrihlash, shu bilan birga perspektiv muhitni saqlagan holda tus munosabatlarini ta’minlash yaxshi natija beradi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, vazifani tugal holga keltirish tajribaga, ya’ni ko‘p, erinmay, sabot bilan ish olib borilishiga bog‘liqdir.
“Aqliy hujum” texnologiyasi
1. A.Abdullayev tasviriy san’atning qaysi janrida ijod qilgan.
2. O’.Tansiqboyev tasviriy san’atning qaysi janrida ijod qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |