8-semestr.
1-Mavzu: Milliy libosli ayol qomati inter’erda. (ayol kishi). (12 soat)
1.1-amaliy mashg’ulot: Qoralama va ranglavhalar ishlash. (2 soat)
Bunda talaba natura tanasining qanday harakat holatida, qay vaziyatda turganligini qoralama chizgilar qilish orqali tahlil qilishi va ko‘plab shunday qoralamalar bajargandan so‘ng asosiy ishni boshlashi kerak.
1.2-amaliy mashg’ulot: Qalam yordamida qog’oz planshetga to’g’ri joylashtirish. (2 soat)
Qoralama va chizgilarni tahlil qilib o’rgangandan so’ng, asosiy planshetga naturani joylashtirish va qurish jarayoniga o’tiladi. Bunda komponovka masalalari, nisbat va perspektiva qonuniyatlari to’g’ri hal etilishi lozim.
1.3-amaliy mashg’ulot: Naturani konstruktiv anatomik jihatlariga e’tibor berib to’g’ri qurish. (2 soat)
Odam qomatini o’xshatishga intilish och- to’q tuslarni farqini va qiyofa tusini his etish xamda anatomik tahlil etish talab qilinadi. Qo’yilmada tirik odam gavdasi bo’lganligi uchun fondagi mato tusini shunga mos ravishda tanlashimiz lozim bo’ladi. Odam qomatini chizishda uning tuzilishini (konstruksiyasini) bilish katta ahamiyatga ega. Chizganda ham qiyofani, uning barcha bo‘laklarini alohida-alohida emas, balki yaxlit aks ettirishga urinish, hamda bunga erishish lozim bo‘ladi. Ammo har bir bo‘lak uning tasvirda tutgan roli ham unutilmasligi kerak. Turgan odam qiyofasini chizishning asosiy amallari nimalardan iborat, degan savolni oldimizga qo‘yib, unga javob beraylik:
1.4-amaliy mashg’ulot: (6-soat) Bosh va gavda qismlarini nisbatlarini aniqlash. Yahlit soya-yorug’larni belgilash. (2 soat)
Ilgarigi vazifalardagidek bunisida ham dastlabki maqsad ob’ektini qog‘oz sathiga chiroyli qilib joylashtirishdan iboratdir. So‘ngra tana turish vaziyati, holati topiladi, keyin qomatning qismlari, o‘lchamlari o‘zaro nisbatlar mutanosibligi topiladi. Ular odamning keksa yoshligiga, semiz yoki, ozg‘inligiga, bo‘yining past yoki, balandligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda albatta odamning qaysi bir oyog‘iga, yoki ikkala oyog‘iga tayanib turganligi e’tiborga olinishi muhimdir. Chunki, shunga qarab tananing holati o‘zgarib turadi. Yelka, bosh, bel, tos, qo‘l va oyoqlar turishi har xil ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ma’lumki, odam umurtqa pog‘onasining tuzilishi ham uning ko‘rinishiga ta’sir etadi. Ba’zi tanalarning turishi tik bo‘lsa, ba’zilari bukchayibroq ko‘rinishi shundan.
Tananing har bir a’zosi gorizontal va vertikal chiziqlarga nisbatan qanday vaziyatda ekanligi muntazam ravishda tekshirib turiladi. Butun tananing tayanch nuqtasi mavjud bo‘lib, u og‘irlik qaysi oyoqqa tushayotganiga, yoki ular oralig‘iga tushayotganini aniqlashda qo‘l keladi. U to‘g‘ri, joyida topilmagan bo‘lsa, odam qiyofasi og‘ib, yiqilayotganga o‘xshab chiqib qolishi mumkin. Shu sababdan tekshirish uchun ba’zan osma shovundan foydalanish mumkin. U barcha perpendikulyarlarni topishda zo‘r vositadir. Odam qiyofasini chizishni o‘rganishda uni skelet bilan solishtirib tekshirish, tananing asosiy mushaklari tizimini Gudon «ekorshe»sidan ko‘rib o‘rganish maqsadga muvofiq. Ana shunda chizuvchi tananing qaysi bo‘lagiga urg‘u berishi va batafsil ishlashi kerakligini tushunishi oson bo‘ladi. Chunki suyaklar tizimini belgilovchi skelet va mushaklar tana qismlarining shakli-shamoyilini yaqqol qilib aks ettirishda yordam beradi. Umuman yuqoridagilarni sifatli bajarilishi uchun har bir talaba plastik anatomiyadan yaxshi xabardor bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |