Odatdagi tartib ilmiy va rasmiy
uslub uchun mos bo‘lsa,
o‘zgargan tartib og‘zaki va badiiy
(ayniqsa,
she’riy
) nutq uslubi uchun xos.
Gapda so‘zlovchi tomonidan alohida ahamiyat berilib,
ta’kidlab
ko‘rsatilgan bo‘lakning
kuchli ohang bilan aytilishi
gap urg‘usi (yoki mantiqiy urg‘u)
deyiladi. Gap urg‘usini
ixtiyoriy ravishda ko‘chirish mumkin:
1. Kecha muzeyga
biz
bordik (biz bordik).
2. Biz muzeyga
kecha
bordik (kecha bordik).
3. Biz kecha
muzeyga
bordik (muzeyga bordik).
4.
Bordik
biz kecha muzeyga (bordik).
-ni
-ga
-da
-dan
ko’makchi
Asosan
FE’L
Hech qanday
qo’shimcha yo’q
QANDAY?
Bo’lsa ham qotib
qolgan bo’ladi
Har qanday
so’z
-ning
-egalik qo’shimchasi
olgan so’z
28
Gap urg’usi kesimdan oldingi so’zga tushadi. Kesim urg’u olsa oldinda keladi.
Barcha zarur bo‘laklari mavjud gap
to‘liq gap
deyiladi: Men keldim = To’liq gap
Tushirilgan bo‘laklari oldingi gaplardan anglashilib turadigan gap to‘liqsiz
gapdir. -Kim keldi? -Men. === To’liqsiz gap(keldim tushib qoldi)
TEST
1. Qaysi qatorda kishilik olmoshining ega
vazifasida kelishi berilgan?
A) Meni ko’rib qolishdi.
B) Shubhasiz, bu - sizning yutug'ingiz
C) Ular birga ishlamoqda
D) Parizod bo'lgan voqeani unga aytdi
2. Maqsad holi qatnashgan gapni toping.
A) Quvvatsizligidan tez charchadi
B) Arzimagan narsa uchun janjal ko'tardi
C) Hammani kuldirish uchun shunday kiyindi
D) Go'lligi sababli hamma joyda kaltak yeydi
3. Jo'nalish kelishigidagi so'zlardan qaysi biri
to'ldiruvchi vazifasida qo'llangan?
A) Kechqurun Saodat uyga qaytdi
B) U yuksakka uchmoq uchun dadil chog'langan
C) Shu kiyimdan bugun singlimga sotib olaman
D) O'rtog'im kelganiga suyundim
4. Hol qatnashmagan gapni toping.
A) Nodonga yuz aytsang ham, befoyda
B) To'g'ri yursang, murodingga oson yetarsan
C) Chaqmoqning yalt-yultidan bola qo'rqdi
D) Bunda bor harorat, muhabbat, shafqat
5. Oyqiz dalada kechgacha ishladi. Ushbu gapda
holning qaysi turi ishtirok etgan?
A) o'rin va sabab holi B) o'rin va payt holi
C) faqat o'rin holi
D) o'rin va ravish holi
6. Ertalab atayin siz bilan xayrlashmay ketibdi.
Ushbu gapda holning qaysi turlari mavjud?
A) payt va sabab holi B) payt va maqsad holi
C) payt, maqsad va ravish holi
D) payt, sabab va ravish holi
7. Yurgan - daryo, o'tirgan - bo'yra. Ushbu maqol
qanday gap bo'laklaridan tashkil topgan?
A) ega, kesim, ega, kesim
B) aniqlovchi, kesim, aniqlovchi, kesim
C) aniqlovchi, ega, aniqlovchi, ega
D) kesim, aniqlovchi, kesim, aniqlovchi
8. Osmon tiniq, qalin qor bilan qoplangan dalalar
ustida yulduzlar- ning oltin g'o'zalari yorqin
chaqnaydi. Mazkur gapdagi sifatlovchi aniqlovchilar
to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping.
A) tiniq, qalin, dalalar B) qalin, qoplangan, yorqin
C) qalin, oltin, yorqin
D) qalin, qoplangan, oltin
9. Buvimning hikoyasini zavq bilan tinglardik.
Zavq bilan qanday gap bo'lagi vazifasida qo'llangan?
A) to'ldiruvchi B) aniqlovchi
C) sabab holi
D) ravish holi
10. Sabab holi qatnashmagan gapni toping.
A) Quvvatsizligidan tez charchardi
B) Go'lligi sababli har joyda kaltak yeydi
C) Siz bilan suhbatlashgani keldim
D) Arzimagan narsa uchun janjal ko'tarardi
11. Pishiqchilik faslining ilk ne'mati – tut.
Bu gapidagi gap bo'laklari to'g'ri berilgan qatorni
toping.
A) hol, hol, aniqlovchi, ega, kesim
B) ega, aniqlovchi, hol, ega, kesim
C) hol, aniqlovchi, aniqlovchi, ega, ega
D) aniqlovchi, aniqlovchi, aniqlovchi, ega, kesim
12. Belgili va belgisiz tushum kelishigi shakllari
bilan ifodalangan gap bo'lagi...
A) vositali to'ldiruvchi B) vositasiz to'ldiruvchi
C) aniqlovchi
D) o'rin holi
13. To'ldiruvchi qatnashmagan gapni toping.
A) Yurgan daryo, o'tirgan bo'yra deydilar
B) Kelinlari aytadi alia, qo'shiqchisi kuylaydi yalla
C) O'tirganlarotning dupur-dupurini baralla
eshitishdi
D) Bunda bor harorat, muhabbat, shafqat
14. Otlashgan undov so'z bilan ifodalangan
to'ldiruvchini toping.
A) Birni kessang, o'nni ek
B) O'tirganlar otning dupur-dupurini baralla
eshitishdi
C) Bechoraning oh-u dodini tinglang, uni xushnud
qiling
D) Yaxshini yomondan farqlang
15. Harakat nomi bilan ifodalangan to'ldiruvchini
toping.
A) Yashashni istasang, ishlashni o'rgan
B) O'tirganlar otning dupur-dupurini baralla
eshitishdi
C) Bechoraning oh-u dodini tinglang, uni xushnud
qiling
D) Yaxshini yomondan farqlang
16. Chiqish kelishigi shaklidagi so'zning
to'ldiruvchi vazifasida kelishi qaysi qatorda
berilgan?
A) Anvar bolalikdan otlarni sevgan
B) G'ulomjon uydan erta chiqib ketgan ekan
C) Sultonovning gapini chin yurakdan qarshiladi
D) U ham muhabbat zavqidan bahramand bo'ldi
17. Qaysi gapda ikkita maqsad holi ishtirok etgan?
A) Bog'dan chiqish uchun bir necha odim yurgach
ishkom ichida suyanib turgan qizga ko'zi tushdi;
29
B) Do'stining dov-daragini surishtirish uchun
ataylab sizni izlab kelishdi
C) Nasiba uyga vazifani bajarmagani uchun ataylab
mashg'ulotga kech keldi
D) O'quvchilar yozda dala shiyponiga dam olishga
keldilar
18. Vositali to'ldiruvchi qatnashmagan gapni
toping.
A) Azamat - futbolchilarimizga alodor
B) Chizmani kitobdan daftarga ko'chirdim
C) Ochko'z - molga qul, saxiy elga hokim
D) hammasida qatnashgan
19. Ko'pni yomonlagan ko'muvsiz qolar. Ushbu
maqoldagi gap bo'laklari tartibi to'g'ri ko'rsatilgan
qatorni toping.
A) to'ldiruvchi, aniqlovchi, hol, kesim
B) to'ldiruvchi, aniqlovchi, kesim
C) to'ldiruvchi, ega, hol, kesim
D) to'ldiruvchi, ega, kesim
20. O'rin-payt kelishigi shaklidagi so'zning
to'ldiruvchi vazifasida kelishi qaysi qatorda
berilgan?
A) Yozda qilingan mehnat o'z natijasini berdi
B) Birlashma idorasi uch qavatli binoda edi
C) Katta chinni kosada suv olib chiqdi
D) Nemis do'stlarimizni Buxoroda uchratdik
21. Hayot go'zal, yashash maroqli.
Ushbu gapda qaysi gap bo'laklari mavjud?
A) aniqlovchi, kesim
B) ega, kesim
C) to'ldiruvchi, kesim D) hol, kesim
22. O'zgargan tartib qaysi qatorda qo'llangan?
A) Kasbning yaxshi-yomoni bo'lmas
B) Do'stlar, yaxshilarni avaylab saqlang
C) Tarbiyachi unvoni juda ulug' va muqaddasdir
D) Hayotning zavqidan ko'pdir tashvishi
23. Gap bo'laklarinirig odatdagi tartibi qaysi
qatorda berilgan?
A) Ko'm-ko'k maysalarda yaltirar shabnam
B) Ko'k palaklar ichida pishib yotar handalak
C) Gumon do'stni do'stdan ajratadi
D) Bunda sayr etadi keksalar, yoshlar
24. Modal so'z bilan ifodalangan vositasiz
to’ldiruvchini toping.
A) Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas
B) Yo'qni yo'q deydi, borni bor deydi
C) Bilmagandan bilgan yaxshi
D) Taqir-tuquringni yig'ishtir
25. Maqsad ravishdoshi bilan ifodalangan hol
qaysi qatorda berilgan?
A) U o'qish uchun shaharga keldi
B) Tog' shabadasi g'ir-g'ir esmoqda
C) Ikkovi do'stlarcha xayrlashdi
D) Siz bilan suhbatlashgani keldik
26. Sabab holi qo'llangan gapni toping.
A) Biz dars tayyorlagani keldik
B) U sevinganidan qiqirlab yubordi
C) Yaproqlar sekin shitirladi
D) Siddiqov mehmonlarni kutib olgani shoshildi
27. Otlashgan son bilan ifodalangan to'ldiruvchini
toping.
A) Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas
B) Beshni beshga qo'shsak, o'n bo'ladi
C) Bilmagandan bilgan yaxshi
D) Taqir-tuquringni yig'ishtir
28. Otlashgan sifat bilan ifodalangan to'ldiruvchini
toping.
A) Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas
B) Yo'qni yo'q deydi, borni bor deydi
C) Bilmagandan bilgan yaxshi
D) Taqir-tuquringni yig'ishtir
29. Otlashgan taqlid so'z bilan ifodalangan
to'ldiruvchini toping.
A) Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas
B) Yo'qni yo'q deydi, borni bor deydi
C) Bilmagandan bilgan yaxshi
D) Taqir-tuquringni yig'ishtir
30. Otlashgan sifatdosh bilan ifodalangan
to'ldiruvchini toping.
A) Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas
B) Yo'qni yo'q deydi, borni bor deydi
C) Bilmagandan bilgan yaxshi
D) Taqir-tuquringni yig'ishtir
31. Qaysi gapda izohlovchi qo'llangan?
A) U buloqning suvidan ham tiniqroq
B) Xursandchilik insonning hayotga muhabbatini
oshiradi
C) Qish faslining manzaralari zavqli bo'ladi
D) Rassom Alisher Mahbubaning sevimli farzandi
bo'ladi
32. Hol qaysi gapda qo'llangan?
A) Insonning go'zalligi, ulug'ligi mehnat tufayli
B) Qiz-yigitlar mehnat zavqini yurakdan kuylar
C) Hamma uning nimalardir gapirishini kutardi
D) O'qituvchilar butun insoniyatning kelajagini
tarbiyalaydilar
33. Ko'p bilgan oz so'zlar. Ushbu gapda
qatnashgan holning ifodalanishi haqidagi to'g'ri
hukmni toping.
A) ot bilan
B) son bilan
C) ravish bilan
D) sifat bilan
34. Qaysi gapda aniqlovchi egaga bog'langan?
A) Chiroyli gulni sotib oldim.
B) Bahaybat samolyot yerga ohista qo'ndi
C) Ilg'or ishchilarga mukofotlar topshirildi
D) Salimjon - a'lochi o'quvchi
35. Qaysi gapda aniqlovchi ot-kesimga bog'langan?
A) Mehnat faxriylari bilan yangi bog'da uchrashdik
B) Bahaybat samolyot yerga ohista qo'ndi
C) Ilg'or ishchilarga mukofotlar topshirildi
D) Salimjon - a'lochi o'quvchi
30
36. Qaysi gapda aniqlovchi to'ldiruvchiga
bog'langan?
A) Mehnat faxriylari bilan yangi bog'da uchrashdik
B) Bahaybat samolyot yerga ohista qo'ndi
C) Ilg'or ishchilarga mukofotla
D) Salimjon - a'lochi o'quvchi
37. Qaysi gapda aniqlovchi holga bog'langan?
A) Navqiron Samarqandga yetib keldik.
B) Bahaybat samolyot yerga ohista qo'ndi
C) Ilg'or ishchilarga mukofotlar topshirildi
D) Salimjon - a'lochi o'quvchi
38. Qaratqich va qaralmish belgisiz qo'llangan
qatorni toping.
A) daraxtning bargi B) direktor xonasi
C) bizning qishloq
D) daftar varaq
39. Qaratqich va qaralmish belgili qo'llangan
qatorni toping.
A) daraxtning bargi B) direktor xonasi
C) bizning qishloq
D) daftar varaq
40. Qaratqich belgili, qaralmish belgisiz qo'llangan
qatorni toping.
A) daraxtning bargi B) direktor xonasi
C) bizning qishloq
D) daftar varaq
41. Qaysi qatorda izohlovchi ishtirok etgan?
A) professorning nevarasi B) professorona tashxis
C) professor Nosirov
D) professor o'g'li
42. Aravani quruq olib qochish sizga yarashmaydi.
Ushbu gapda murakkab bo’lak qanday ifodalangan?
A) takror so'z bilan B) ibora bilan
C) so'z birikma bilan D) kengaygan birikma bilan
43. O'g'lining to'yini ko'rolmadi bechora,
dunyodan ko'zi ochiq ketdi. Ushbu gapda
murakkab hol qanday kelgan?
A) takror so'z bilan
B) ibora bilan
C) so'z birikma bilan D) kengaygan birikma bilan
44. Sal o'tmay Shirinoy daladan qaytib keldi. Ushbu
gapda holning qaysi turlari qatnashgan?
A) o'rin holi B) o'rin va payt holi
C) payt holi D) o'rin, payt va ravish holi
45. U o'ychan ko'zlari bilan Botirga tushib sekin
gapirdi. Ushbu gapda holni qaysi turlari qatnashgan?
A) o'rin holi, ravish holi B) o'rin va payt holi
C) ravish holi
D) o'rin, payt va ravish holi
46. Hamdam ikkovini ham bilmadi, piqillab
yig'laganicha narigi uyg
а
kirib ketdi. Ushbu gapda
holning qaysi turlari qatnashgan?
A) o'rin holi, ravish holi B) o'rin va payt holi
C) payt holi D) o'rin, payt va ravish holi
47. Qaysi gapda vositali va vositasiz to'ldiruvchi
fe'l-kesimga bog'langan?
A) Sizni xafa qilishdan cho'chidim
B) Sizni kutib olishga keldim
C) Oyni etak bilan yopib bo'lmas
D) Bola bir guruh jangchilarni botqoqlikdan
xatarsiz o'tkazib qo'yganini aytdi
48. O'ylayverib boshi qotgan Toshpo'lat aka
Qutbinisa bilan maslahatlashdi. Ushbu gapdagi
iboraning sintaktik vazifasini toping.
A) ega B) aniqlovchi C) to'ldiruvchi D) hol
49. Qaysi qatorda gap bo'laklarining me'yoriy tartibi
ko'rsatilgan?
A) hol va to'ldiruvchi kesimdan keyin, aniqlovchi
egadan keyin keladi
B) hol va to'ldiruvchi kesimdan oldin, aniqlovchi
egadan oldin joylashadi
C) hol, to'ldiruvchi va aniqlovchi kesimdan keyin
D) ega kesimdan oldin, to'ldiruvchi kesimdan keyin
50. Xiyobonning chap tomonida kutubxona
joylashgan. Ushbu gap bo'laklarining tartibi to'g'ri
ko'rsatilgan qatorni toping.
A) aniqlovchi, ega, hol, kesim
B) aniqlovchi, hol, hol, ega, kesim
C) aniqlovchi, to'ldiruvchi, hol, kesim
D) aniqlovchi, hol, ega, kesim
51. Shaxsi noma'lum gapni toping.
A) Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar
B) Boshingga qilich kelsa ham, rost gapir
C) Derazadan ko'chaga termilaman
D) O'ylamay berilgan buyruqni bajarish shart emas
52. To'ldiruvchining qaysi gap bo'lagiga
bog'lanishi haqidagi hukmlarning to'g'risini toping.
1. Vositali to'ldiruvchi o'timli fe'lga bog'lanadi.
2. Vositasiz to'ldiruvchi o'timsiz fe'lga bog'lanadi.
3. Vositali to'ldiruvchi o'timsiz fe'lga bog'lanadi.
4. Vositasiz to'ldiruvchi o'timli fe'lga bog'lanadi.
A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 3,4 D) 2, 3,4
53. Qaysi qatorda vositasiz to'ldiruvchi berilmagan?
A) Bu daftarni senga oldim
B) Dangasaning non yeyishini ko'r
C) Mehringni qo'yib gul terding kimga?
D) Singlim javob berdi: - O'qituvchimga
54. Ot bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi
qaysi qatorda berilgan?
A) Bir azobning bir rohati bor
B) Supada qator o'tiribmiz
C) Shu paytda uy eshigi ochildi
D) Zumrad bahorni kim sevmaydi?
55. Kesimi modal so'z bilan ifodalangan gap
berilgan qatorni aniqlang.
A) Xonadagi jihozlar barcha qulayliklarga ega
B) Bugun sen bilan dars tayyorlashga vaqtim yo'q
C) Nizomjon qoldirib ketgan narsalarning barchasi -
shu
D) Sizga aytadigan gaplarim ko'p
56. Qaysi gapda to'ldiruvchi faqat shaxs otlari bilan
ifodalangan?
A) U bir otasiga bir Avazga, bir onasiga qarardi
B) Men onam, otam va opam bilan xayrlashdim
C) Maxdum bo'ychan, istarasi issiq bir domla edi
D) Bu bola dushmanlar keltirgan ochlik va boshqa
kulfatlarni kattalar qatori boshdan kechirdi
31
57. Qaysi gapda ega shaxs oti bilan ifodalangan?
A) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o'g'li
Otabek
B) Aravakash mo'mingina, muloyim, kamtar kishi
C) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida
tog' ortiga jo'nadi
D) «Qo'shiq aytolsa, demak, cho'ponlikka
yaraydi», - debdi Qurbon cho'lig'iga
58. Aniqlovchi qo'llangan gapni toping.
A) Mehmon izzati bilan ulug'
B) Qo'shiqni zavq bilan tingladik
C) Eshik to'satdan qattiq taqilladi
D) Oltindan sariq olxo'rilar tagiga to'kilib yotibdi
59. «Men undan so'radim: Mehringni qo'yib
bunchalar saralab gul terding kimga? Gulidan
ko'zini uzmayin singlim Asta javob berdi:
- O’qituvchimga». Ushbu gapda nechta to'ldiruvchi
qatnashgan?
A) 4
та В
) 5
та С
) 6
та
D)7
та
60. Qaysi qatorda sabab ravishi bilan
ifodalangan sabab holi bor?
A) U o'sha qo'rqoqligi tufayli ko'chaga chiqmasdi
B) Xayrulla shu shartga noiloj ko'ndi
C) Behuda sarflamasligi uchun ko’nishi kerak
D) U qah-qah urib yuborishdan o'zini arang tiydi
61. Ibora bilan ifodalangan to'ldiruvchini toping?
A) Adashganni yo'lga sol
B) Yerini aldagan och qolar
C) U burnini osmonga ko'tarishga o'rgangan edi
D) Qo'rqoqqa hurmat yo'q
62. Qaysi gapda ikkita payt holi va bitta o'rin holi
qo'llangan?
A) Kecha Salimalarnikiga bordim, ko'pdan beri
bormagandim
B) Avtobus qosh qorayganda shaharga kirib keldi
C) Chiroq hamon lipillar, tepamda Komil engashib
turardi
D) Ertalab tog'ning etagiga kelib bir choyxona
yonida to'xtadik
63. . Karima derazadan boshini chiqarib ularga
qarab qo'ydi.Ushbu gapdagi ravish holini aniqlang.
A) ularga
B) qarab
C) derazadan D) boshini chiqarib
64. Qaysi gapda sifat aniqlovchi vazifasida
qo'llangan?
A) To'g'ri yursang, murodingga oson yetarsan
B) U sochlari parishon holda ko'chaga otildi
C) U sabzavot solingan xaltasini olib kelayotgandi
D) Har narsaga qiziqish - biz uchun eski odat
65. Ravish bilan ifodalangan holni toping.
A) Uy ichida odam ko'p edi
B) Shodmonbek zarbdan ko'zi tinib hushdan ketdi
C) Yig'lab-yig'lab marza olsang, o'ynab-o'ynab
sug'orasan
D) U o'ychan ko'zlari bilan Botirga qarab sekin
gapirdi
66. Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib
yig'lab yubordi. Gap qanday gap bo'laklardan iborat?
A) ega, kesim, ikkita ravish holidan
B) ega, kesim, sifatlovchi aniqlovchi, sabab va
ravish holidan
C) ega, kesim, ikkita ravish holi va bitta sabab
holidan
D) ega, kesim, sifatlovchi aniqlovchi va ikkita
ravish holidan
67. Ega + aniqlovchi + aniqlovchi + to'ldiruvchi +
hol + kesim qolipidagi gapni aniqlang.
A) Zebi onasining beradigan javobini ilgaridan
bilardi
B) Bog'bon ko'm-ko'k ajriq ustida o'tirib hordiq
chiqardi
C) Dadasi mehribon odamlarning
suhbatlashishidan zavqlanar edi
D) A'zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq
tikadi
68. Faqat ravish holi bilan kengaygan gapni toping.
A) U sekin minbarga chiqdi va yaxshi gapirdi
B) U epchillik bilan turdi, qisqa va lo'nda gapirdi
C) Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib-qonib
ichdi
D) Quvvatsizligidan tez charchardi
69. Harakat nomi bilan ifodalangan vositasiz
to'ldiruvchi qo'llangan gapni toping.
A) Uning kulib boqishlarini unutmayman
B) O'quvchilar dam olishga kelishdi
C) Mening borishimdan sizga nima foyda?
D) So'rashdan uyalma, bilmaslikdan uyal
70. Bir xil mazmun-munosabatni bildirgan hollar
qaysi gapda qatnashgan?
A) U kecha to'satdan biznikiga kirib keldi
B) U mavzuni jiddiy so'radi
C) Chumchuqlar daraxtlarda tinimsiz chirqillaydi
D) Dadam zavq bilan xoxolab, yayrab kulardi.
71. Qaysi gapda ravish holi ishtirok etmagan?
A) Buni eshitgach ular bir-biriga mo'ltillab,
javdirab qarab qolishdi
B) U ko'chadan kiyimlari yirtilib, titilib kirdi
C) U inqillab, sinqillab, bir amallab yetib keldi
D) O’rmonda bulbulning shirin kuylari hamisha
jaranglab turardi
72. Quyidagi gapda ravish turkumiga mansub
so'z qanday sintaktik vazifada kelgan? Mehmonni
uyga olib kir, men otga picha yem tashlab qo'yay.
A) ravish holi B) o'rin holi
C) payt holi
D) miqdor-daraja holi
73. Qaratqich aniqlovchini toping?
A)ukamni ishi
B)ukamga oldim
C)ko’cha keng D)katta ko’cha
74. Berilgan gaplarning qaysi birida sabab holi
qatnashgan?
A) Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib
yig'lab yubordi
32
В
) Qoratoy do'stining dov-daragini surishtirish
uchun yelib-yugurdi
C) Bir chimdim uxlash uchun ko'zini yumdi
D) Eshik oldi gul hovuz, Gul tergali kelganmiz
75. Boshqa bo'laklarga nisbatlanmagan holda
aniqlanadigan gap bo'lagi qaysi?
A) ega
B) kesim
C) ega va kesim D) ikkinchi darajali bo'laklar
76. Taqlid so'z qaysi gapda hol vazifasida kelgan?
A) Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda, g'o'ng'ir-
g'o'ng'ir ovozdan uyg'onib ketdi
B) Jigarim ostiga tegardi jiz-jiz, Sochlarim
oqargan shunda, ehtimol
C) Shunday bo'lsa ham, vujudini tutgan qalt-qalt
titroqni bosib hazilomuz qichqirdi
D) Qo'qqisdan osmon kaptarlari g'uv-g'uvlab
qolishdi
77. Qaysi gapda o'rin holi kesim vazifasida
kelmagan so'zga bog'langan?
A) Dalalarda bahorgi dala ishlari boshlandi
B) Daladan charchab kelgan yigit tezda uxlab qoldi
C) Osmonda sanoqsiz yulduzlar charaqlaydi
D) Barcha javoblar to'g'ri
78. 1. Bir chimdim uxlab oldi. 2. Ko'p kitob
o'qigan. 3. Oz so'z - soz so'z. 4. Uch marta chopiq
qilindi. Berilgan gaplarning qaysi birida daraja-
miqdor holi ishtirok etgan?
A) 1,3,4 B) 2,3 C) 1,4 D) 1,2, 3,4
79. - Odam kimdan hazar qilishi lozim? -
Maqtanchoqdan, chaqim- chidan hamda xasis
boydan. Ikkinchi gap tarkibida qaysi
gap bo'lagi tushib qolgan?
A) kesim
B) ega va kesim
C) hol va kesim D) aniqlovchi va ot-kesim
80. Vositali to'ldiruvchi qaysi qatorda berilgan?
A) Hamma yerda va har qachon tartib saqlang
B) Har kuni biron-bir burchni ado etish - ajoyib ish
C) Chehrasi ochiq kishining qalbi ham ochiq
D) Bilmay xato qilib qo'ygan odamlarga g'azab
sochmaslik kerak
81. Baxtim shuki, seni uchratdim. Ushbu gapda
gap bo'laklari to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang.
A) ega, kesim, ega, kesim B) ega, kesim, kesim
C) ega, kesim, to'ldiruvchi, kesim
D) to'ldiruvchi, kesim, to'ldiruvchi, kesim
82. Fe'lning ravishdosh shakli bilan ifodalangan
ravish holi qaysi qatorda berilgan?
A) Yangi supurgi yangicha supuradi deganlari to'g'ri
B) Ma'mura kichik-kichik hikoyalarni o'qir edi
C) Uzoq yashashmas, to'g'ri yashay bilishing muhim
D) Tog'dan suvlar sharqirab oqa boshladi
83. Son bilan ifodalangan miqdor holi qaysi qatorda
berilgan?
A) Erta bilan eshik oldida besh-olti kishi turgan edi
B) Sizni ikki-uch chaqirdim, eshitmadingiz
C) Toshkent ming-minglab kishilarni o'z bag'riga
olar edi
D) Bog'da yoz bo'yi ikki-uch kishi ishlab turar edi
84. Ot bilan ifodalangan payt holi qaysi qatorda?
A) Yoshlik - dovyuraklik davri
B) Yoshlikda o'qishning izidan qolma
C) Yoshlikdagi gunohimizni keksayganda yuvishga
to'g'ri keladi
D) Yoshlik bilan keksalik orasidagi masofa naqadar
qisqa
85. Taqlid so'z bilan ifodalangan ravish holi
qaysi qatorda berilgan?
A) Hech narsa ko'rinmaydi, pixillagan ovoz yana
takrorlandi
B) Mushuk ham unga pishillab yaqinlashardi
C) Bolalar bir-birlarini turtishar, piq- piq kulishar
edi
D) hammasida ishtirok etgan
86. Fe'l-kesimga bog'lanib, uning belgisini bildirgan
bo'lak qaysi gap tarkibida?
A) Iroda, did va fikrlar uyg'unligi do'stlik zaminini
tashkil etadi
B) Do'stona aloqalar umrboqiy bo'lmog'i kerak
C) Do'stlar ko'maklashganda har qanday
omadsizlik ham asta chekinadi
D) Do'stlar diydoridan ortiq quvonch yo'q
87. Ko'makchili boshqaruv qatnashgan gapni
toping.
A) Bu tepalikka chiqish orqada qolgan yo'lning
azobidan ham ortiqroq bo'ldi.
B) Qizim, bunaqa yigitdan sovchi bir marta keladi
C) Ota yuz-qo'llarini yuvgandan so'ng sal nariga
borib o'tirdi
D) O'quvchi bolalarga, yigit va qizlarga
bag'ishlab yozilgan qo'shiqlar ko'p
88. Hammani kuldirish uchun ataylab shunday
kiyindi.
Ushbu gapda holning ma'no turlariga to'g'ri izoh
berilgan qatorni toping.
A) 1 ta sabab, 1 ta maqsad, 1 ta vaziyat holi
B) 2 ta maqsad, 1 ta vaziyat holi
C) 1 ta maqsad, 2 ta vaziyat holi
D) 2 ta sabab, 1 ta vaziyat holi
89. Miqdor holi qo'llangan gapni toping.
A) Ko'p kitob sotib oldim
B) Bu gaplarning ko'pini inkor etdim
C) Biz keksalarning donoligidan juda kam
foydalanamiz
D) Siz bilan bafurja gaplashgani keldim
90. Chiqish kelishigidagi so'z sabab holi
vazifasida qo'llangan gapni toping.
A) Tilning aqldan oldin ketishiga yo'l qo'yma
B) Po'lat o'zini kulgidan to'xtatolmasdi
C) Aql aqldan quvvat oladi
D) Yuragim hayajondan gupillab urdi
Do'stlaringiz bilan baham: |