26
son
: Shu orada to‘rttacha samosval oldinma-ketin g‘isht to‘kib ketdi.;
sifatdosh
: Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi;
olmosh
: Qaysi gulni yoqtirasiz?;
ot
: Kumush qishdan, zumrad bahordan, qolishmaydi kuzning ziynati.
ravish
: Ko‘p odamlar bundan bexabar edi;
taqlid
: Qir tomondan g‘ir-g‘ir shabada esib turibdi.
Predmetning
kim, nima yoki qayerga mansubligi, qarashliligini
bildirib,
o‘zidan keyingi bo‘lakka
moslashuv
yo‘li bilan tobelangan aniqlovchilarga
qaratqich aniqlovchi
deyiladi. Qaratqich aniqlovchi
ot, olmosh, harakat nomi
va otlashgan so‘zlar bilan ifodalanib, kimning, nimaning, qayerning
kabi
so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. Oyimlarning aytishicha, keyinchalik dadamlar
ham bu qilmishidan pushaymon bo‘lganlar. (O.Yoqubov) U hozir hammaning
kallasini g‘ovlatgan shum xabarni hech o‘ylamayapti... (A.Muxtor)
Do'stlaringiz bilan baham: |