DNK-tutuvchi viruslarning oqsil sintezida matritsa DNK-tutuvchi viruslarning oqsil sintezida matritsa funksiyasini virus DNK sida hosil bo‘lgan infarmatsion RNK bajaradi. Oqsil sintezida informatsion RNK ni qatnashishini isboti shuki, bu sintez aktinomitsin D tomonidan tormozlanib qolishi mumkin. CHunki aktinomitsin D RNK hosil bo‘lishini DNK matritsada to‘sib (blokirovat) qilib qo‘yadi. Hujayrani fag bilan kasallantirilgandan keyingi hosil bo‘lgan RNK ning nukleotid tarkibi fag DNK sining nukleotid tarkibiga mos bo‘lib chiqadi. DNK tutuvchi viruslarning informatsion RNKsini aniqlashni eng spetsifik usuli bu RNK ni denaturatsiyalangan virus DNK si bilan kompleks hosil qilidi. Bundan kelib chiqadiki hosil bo‘lgan RNK virus DNK si bilan komplementardir. Ular mustahkam RNK-DNK gibridlarini hosil qiladilar. Bu gibridlarni har xil metodlar bilan aniqlash mumkin. Bu RNK hujayra DNK si bilan gibrid hosil qilaolmaydi. Chunki RNK da hujayrani uzun va katta DNK si bilan kompleks hosil qilaolmasligidadir (ularda kerakli uzunlikdagi gomologik (komplementar) uchastkalar yo‘q).
Virus informatsion RNK si kasallanmagan hujayradagi substratlardan (ribonukleozidtrifosfatlar: ATF, GTF, STF, UTF) sintezlanadi. Virus mRNK si sintezlanmaguncha virus-spetsifik oqsillar sintezlanaolmaydi, aytish mumkinki eng birinchi mRNKni sintezi (DNK-mute-RNK polimeraza) kasallanmagan hujayradagi avvaldan bor bo‘lgan ferment yordamida amalga oshishi yoki virus bilan olib kelingan ferment yordamida amalga oshishi kerak. Hozirgi kunda tabiatda bu ikkala imkoniyat ham ishlatilishi mumkinligi isbot qilingan. Ko‘pgina DNK-tutuvchi viruslar tarkibida RNK-molimerazaga ega emas. Bu viruslarni inforsatsion RNK si (infeksion jarayonni dastlabki daqiqalarida) hujayra RNK-polimerazasi tomonidan hosil qilinadi. Ikkinchi tomondan ospovaksina virusini zarrachasi reproduksiya siklini oxirgi daqiqalarida DNK-mute RNK polimeraza hosil qiladi.
Virus mRNK si bir ipli polinukleotid zanjirchadir. Uni hosil qilish uchun matritsalik vazifasini ikki zanjrli DNK (matritsalik vazifasini ikkizanjirchali replikativ formali birzanjirchali virus DNK tutuvchi viruslar uchun ham shunday) mRNK zanjirchalarni bittasidami yoki ikkalovidan hosil bo‘ladimi degan savol tug‘iladi. Buni bilish uchun virus mRNK sini nukleotid ketma ketligini DNK ni ikkala zanjirini nukleotid ketma-ketligi bilan solishtirish kerak bo‘ladi. Buning uchun DNK ning ikkala zanjirini bir-biridan ajratiladi preparativ miqdorda ajratiladi va ularni gibridlanishini virus mRNK si bilan solishtiriladi. Ajratib olingan virus DNK sini virus mRNK si bilan gibridlanishini o‘rgangan tadqiqodchilar DNK ani ikkala zanjiri ham ma’noli bo‘lgani uchun ikkala zanjir ham ishlatilishi mumkinligini aniqlagan. Ammo mRNK ni har bir klassi DNK ni ikkala zanjiridan biridan axborot ni o‘qiydi. Ikkinchi xil mRNK lar ikkinchi zanjirdan o‘qiladi. Xuddi shunday qonuniyat λ va T-juft bakteriofaglarda uchraydi. T7 fagida DNKni ikki zanjirini biridan sintezlanadi.
mRNK ni sintezi uni 5′-uchidan boshlansa (unga komplementar DNK zanjirini 3′-uchidan boshlanadi). DNK zanjirlarini antiparallelligi uchun DNK zanjirini uchlarida mRNK ni sintezi har xil yo‘nalishda sintezlanadi. Bitta zanjirda “o‘ngdan chapga” bo‘lsa, ikkinchisida “chapdan o‘ngga” qarab sintezlanadi.
Oqsil sintezida mRNK molekulasi o‘zini matritsalik rolini hali to‘la sintezlanmasidanoq boshlab yuborar ekan va mRNK ni 5′-uchini sintezlanishi boshlanishi bilan u DNK matritsadan ajraladi va ribosoma bilan reaksiyaga kirishadi..
Virusning mRNK molekulsi (bakteriya hujayrasida hosil bo‘ladigani m-RNK) metabolik o‘ta beqaror bo‘ladi. Ular hosil bo‘lishi bilanoq parchalanaboshlaydi, ularni “yarim hayot” davri 2-4 minut. Hayvon hujayralarida virus mRNK si ancha stabildir ularni “yarim hayot” davri o‘zgarib turadi va ular soatlar bo‘lishi mumkin.