8-mavzu: viruslar reproduksiyasi viruslarning reproduksiyasi Virus va hujayra orasidagi munosabat


Hujayra oqsillari sintezining umumiy sxemasi



Download 0,76 Mb.
bet23/30
Sana02.06.2023
Hajmi0,76 Mb.
#948125
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
8-mavzu(1)

Hujayra oqsillari sintezining umumiy sxemasi. Virus nuklein kislotasini sintezida aytilgan uch faktopHi kerakligini bu erda ham qo‘llaydigan bo‘lsak ancha murakkabliklarni kuzatamiz.
Hujayra oqsilini sintezi uchun substrat bo‘lib aminokislotalar xizmat qiladi. Avvalo ular ATF bilan birikib aktivlashtiriladi va aminoatsiladenilatlar hosil bo‘ladi. Aminoatsiladenilatlar transport RNK lar (transfer, adaptor, eruvchan RNK, tRNK) bilan reaksiyaga kirib, aminoatsil- tRNK hosil qiladi. Bu ikki reaksiya aminoatsil-tRNK- sintetaza fermenti tomonidan katalizlanadi. Har bir aminokislotaga bitta yoki birqancha tRNK va bitta yoki birqancha amino-atsil-tRNK- sintetaza fermenti mos keladi. Aminoatsil-tRNK oqsil sintezida kerakli substrat bo‘lib xizmat qiladi.
Matritsa bo‘lib hujayra DNK sining mos sistronida sintezlangan informatsiya (matritsa ) RNK si (mRNK) xizmat qiladi. U matritsa bo‘lishi uchun avvalo ribosoma bilan birikishi kerak. Bu jarayon ancha murakkab bo‘lib, birqancha bosqichlardan iborat. Avvalo uchlangan - m RNK, t-RNK va ribosomani kichik subbirligidan tashkil topgan komleks hosil bo‘ladi. So‘ngra bu kompleksga ribosomani katta subbirligi birikadi. Bu kompleksni hosil bo‘lishida maxsus oqsil faktorlar ishtirok etadi. Keyinchalik boshqa oqsil faktorlar ishtirokida polipeptid zanjirini sintezi boshlanadi. mRNK molekulasi ribosoma bo‘ylab siljiydi; mRNK ning ma’lum tripletlari (kodonlar) ularga komplementar bo‘lgan aminoatsil tRNKning tripletlari (antikodonlari) bilan muloqatda bo‘ladi. Natijada ribosomada aminokislota qoldiqlarini ketma-ket bir-biri bilan birlashish reaksiyasi sodir bo‘ladi. Ribosomada mRNK ni axborotini o‘qish tartibi ma’lum yo‘nalishda – molekulaning 5′- oxiridan 3′- oxiriga qarab boradi. Polipeptid zanjirini hosil bo‘lishiga signal bo‘lib mRNK dagi ma’lum tripletlar – initsiatsiyalovchi tripletlar xizmat qiladi. Bakteriya hujayralarida initsiatsiyalovchi tripletlar bo‘lib AUG va GUG tripletlar xizmat qiladi. Bu tripletlar tRNK molekulasidagi antikodon - formil-metionin qoldig‘ini olib yuruvchi tripletlardir. Demak, sintezlanayotgan har qanday polipeptid zanjirida birinchi aminokislota bo‘lib formil metionin turadi. Polipeptid zanjirini sintezlanishini to‘xtashi uchun signal bo‘lib mRNK dagi ma’lum tripletlar – terminirlovchi tripletlar xizmat qiladi. Bu funksiyani UAA,UAG, UGA kodonlar bajaradi.
Ribosomaga terminatsiyaolovchi tripletni tushishi bilan, ayrim (terminatsilovchi) oqsil faktorlar qatnashuvida sintezlangan polipeptidni ribosoma va tRNK molekulalaridan ajralishi kuzatiladi. Bu polipeptiddan maxsus fermentlar yordamida formil qoldig‘i ajraladi, shunda (endi u metionindan boshlanadi) yoki formilmetionin butunlayigacha ajraladi (endi u boshqa birorta aminokislotadan boshlanadi). Ozod bo‘lgan ribosoma endi o‘zini subbirliklariga dissotsiatsiyalanadi, butun sikl yana qaytadan boshidan boshlanishi mumkin. Bu qonuniyat bakteriya sistemalarida tasdiqlangan; initsiatsiya va terminatsiya mexanizmlari hayvon va o‘simlik hujayralarida ancha kam darajada o‘rganilgan.
Oqsil sintezi ayrim ribosomalarda emas, balki polisomalarda (poliribosoma komplekslarida) - mRNK ga qator tizilgan ribosomalarda ro‘y beradi. Terminologiya – transkripsiya va translyasiya atamalarni ma’nolarini tushuntirib berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Virus oqsillarini sintezini o‘rganish. Virus nuklein kislotalari hujayra nuklein kislotalaridan farqlanganidek, virus oqsillari hujayra oqsillaridan juda kam farqlanadi. SHuning uchun ham virus oqsillarini hujayra oqsillaridan ajratib olish imkonini beradigan maxsus prinsiplar yo‘q. Har bir ayrim oqsil fraksiyalarga ajratilganda ayrim usullar ishlatiladi, bu usullar avvalgi standart usullar kombinatsiyasidir (tuzlash yordamida cho‘ktirish, xromatografiya, gelxromatografiya, ultratsentrifugalash va h.). Keyingi vaqtda poliakrilamiddagi elektroforez, nishonli izotoplar ko‘p ishlatilayapdi. Undan tashqari ularni analizida immunologiya usullari ishlatilmoqda.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish