T a ya n ch t u sh u n ch a l a r:
Uyushiq bo’laklar - gapda bir xil so’roqqa javob bo’lib, bir xil sintaktik vazifani bajarib,teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi bilan bog’langan bo’laklardir.
Uyushiq egalar - bir sodda gap tarkibida birdan ortiq kelgan egalar
Uyushiq kesimlar - bir yoki bir necha egaga baravar tobe bo’lgan kesimlar
Uyushiq to’ldiruvchilar – to’ldirilmishga bir xil ma’no hamda bir xil grammatik aloqa usuli va vositasi bilan bog’langan to’ldiruvchilar
Uyushiq hollar - bir mazmun munosabatini bildiruvchi birdan ortiq hol
Umumlashtiruvchi so’z - uyushiq bo’laklar uchun umumiy tushunchani ifodalaydi, ularni tinglovchi shaxsga qaratilgan bo’ladi.
Ajratilgan bo’lak - gapning mazmun va ohang jihatdan ajratilgan bo’lagi
Ajratilgan aniqlovchi - gapda o’zidan oldingi aniqlovchining ma’nosini izohlab, alohida ohang, urg’u va pauza bilan aytiladigan bo’lak
Ajratilgan to’ldiruvchi - gapdagi biror to’ldiruvchining ma’nosini ta’kidlab, unga izoh berib, alohida ohang bilan aytiladigan bo’lak
Ajratilgan hol - gapda o’zidan oldingi holning ma’nosini izohlab, ta’kidlab, maxsus ohang bilan aytiladigan bo’lak.
Do'stlaringiz bilan baham: |