Savol va javob orqali bilimlarimiz predmetlar haqida avval hosil qilingan hukmlardan ularni to’ldiradigan, kengaytiradigan hukmlarni yaratishga qarab boradi. Bu jarayon savolni qo’yish va javobni topish orqali amalga oshadi. Savollar so’roq gap orqali ifodalanganligi uchun hukmni ifodalamaydi. hukm predmet xaqidagi ma'lum bilimni qayd qilsa, savol uning yangi xossa va munosabatlarni aniqlashga qaratiladi.Savolning qo’yidagi xususiyatlari mavjud.Birinchidan,savolda ma'lum bir boshlang’ich bilim mavjud bo’ladi; ikkinchidan, savoldagi asosiy bilim noaniq bo’ladi; uchinchidan, savolda predmet haqida to’laroq bilimga ega bo’lish ehtiyoji bo’ladi.
Demak, savol bilimdagi noaniqlikni yo’qotish hamda aniq va to’la bilim hosil qilishga qaratilgan fikrlash vositasidir.Savolning asosi (datum questioins ) unda mujassamlashgan bilimdir.
Savolning qo’yidagi turlari mavjud:
To’g’ri va noto’g’ri savol.
Aniqlovchi va to’ldiruvchi savol.
Oddiy va murakkab savol.
Masala – savolning alohida bir turi bo’lib, uni hal qilish savolning asosini mantiqan o’zgartirishni, yetishmayotgan ma'lumotlar bilan to’ldirishni, muhim jihatlarini ajratishni, muhim bo’lmaganlarini chiqarib tashlashni taqozo etadi.
Savol qo’yishning qoidalari:
Savol til talablariga javob berishi kerak.
Savol aniq va qat'iy ifodalanishi kerak.
Savolning asosi chin hukmlardan iborat bo’lishi kerak.
Javob – predmet haqidagi avvalgi qo’yilgan savolga muvofiq holda aniqlashtirilgan yangi hukm. Javob savolni asosiga tayangan holda yangi bilim hosil qiladi. Javobni maqsadi savoldagi noaniqlikni aniqlashdir.
Javobning turlari:
Bevosita javob – savolda ko’rsatilgan noma'lum sohaga taaluqli mulohaza.
Bilvosita javob – javobni qidirish sohasidan chetlashib, qo’shimcha ma'lumotlarga murojaat qilish orqali hosil qilingan mulohaza.
To’liq javob – o’zida savolning barcha elementlari haqidagi bilimni mujassamlashtirgan mulohaza.
To’liqsiz javob - o’zida savolning ba'zi elementlari haqidagi bilimni mujassamlashtirgan mulohaza.
Chin javobdagi mulohazalar borliqqa muvofiq keladi.
Xato javobdagi mulohazalar borliqqa muvofiq kelmaydi.
qisqa javob “ha” yoki “yo’q” tarzidagi tasdiq va inkor shaklida bitta so’zdan iborat bo’ladi.
Batafsil javob savolning har bir elementini takrorlaydigan mulohaza.
Aniq javob – to’g’ri qo’yilgan savolga bildirilayotgan fikr bo’lib,undagi so’zlar mazmuni aniq bo’ladi.
Noaniq javobda ikki xil ma'noni anglatuvchi so’zlar ishtirok etadi.
Javobning to’g’ri bo’lishi qoidalari:
Javob aniq varavshan bo’lishi kerak.
Javob mantiqan ziddiyatsiz bo’lishi kerak.
Javob yetarli asosga ega bo’lishi kerak.
Javob savoldjagi noaniqlikni kamaytirishi kerak.
Norma amalga oshirilishi lozim bo’lgan yoki istisno qilinadigan hatti-harakatlardir.