Mavzuga oid mashqlar.
1-mashk. qo’yidagi tushunchalarni yakka va umumiy, muhim va nomuhim belgilarini ajratib ko’rsating.
Masalan, Mantiq – ijtimoiy fan (umumiy, muhim), tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganadi (yakka, muhim), institutning ikkinchi kursida o’tiladi (umumiy, nomuhim), bu fandan chop etilgan ba'zi kitoblarning muqovasi ko’k rangda (umumiy, nomuhim).
a) O’rik – meva, daraxt, Osiyoda ham o’sadi, shirin ta'mli, institut binosi yonida ekilgan, novdasi butasimon emas, mevasi danakli;
b) AqSh – jahonda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat, quruqlikda Kanada bilan chegaradosh, g’arbi va sharqida Tinch va Atlantika okeanlari joylashgan, aholisining asosiy qismini yevropadan ko’chib kelganlar tashkil etadi, davlat boshlig’i prezident, mustaqillik kuni 4 iyul;.
c) mis – rangli metall, elektr toki o’tkazuvchan, insoniyat tomonidan birinchi mehnvt quroli sifatida qo’llanilgan metall, egiluvchan, suv bilan reaktsiyaga kirishmaydi, elektronika sohasida qo’llaniladi, O’zbekiston hududida ham uchraydi;
d) televidenie – ommaviy axborot vositasi, har bir kishi uning xizmatidan foydalanishi mumkin, XX asrda vujudga kelgan, hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarining eng ko’p tarqalgan shakli, axborotlarni tezkorlik bilan uzatadi, musiqiy dasturlarni efirga uzatadi ega;
e) hukm – tafakkur shakli, gap bilan uzviy bog’liq, asosan darak gap bilan ifodalanadi, tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab, mazmuniga ko’ra chin va xato bo’ladi, mantiq fanida o’rganiladi;
f) Farobiy – Markaziy Osiyolik mutafakkir olim, “ikkinchi muallim” taxallusiga ega, “Fozil odamlar shahri” asarining muallifi, O’tror shahrida tug’ilgan, Damashq shahrida yashagan, falsafaga oid asarlar yozgan.
2-mashq. qo’yidagi belgilarga ega bo’lgan tushunchalarni aniqlang.
Masalan, O’z burchagiga ega bo’lmagan geometrik shakl. Javobi – doira.
a) O’zbekiston bilan chegaradosh, lekin qozog’iston bilan chegaradosh bo’lmagan Markaziy Osiyo respublikasi;
b) miqdoriga ega bo’lmagan son;
c) ong, til va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan tirik mavjudot;
d) o’z hajmiga ega bo’lmagan tushuncha;
e) yopiq tabiiy suv havzasi;
f) tovarlar va xizmatlar uchun ekvivalent;
g) molekulani tashkil etuvchi bo’linadigan zarra;
h) quyosh sistemasidagi eng chekkada joylashgan planeta;
i) aholisi soniga ko’ra dunyoda eng katta qit'a;
j) yevropaning markaziy qismida joylashgan, aholisining asosiy qismi nemislar bo’lgan federativ davlat.
3-mashq. qo’yidagi so’z va so’z birikmalari orasidan tushunchalarni ajratib ko’rsating.
Mikrosxema, yashasin tinchlik, yurib bormoq, kelgin, hamma, nota, Koreya, blok, algoritm, makon, noma'lum ob'ekt, yil mahsuloti, Vatan xissi, muqova, xronologiya, observatoriya, jadval, aksioma, balli, sayoz, eng, katta yo’l, kelajak avlod, oliy mansab, maqsad, ilohiy, asl, yosh, betakror, darkor, ba'zi, balki, yovuz.
4-mashq. qo’yidagi tushunchalarni mazmuni va hajmini ko’rsating.
Masalan, fan tushunchasining mazmuniga tizimlilik, o’z tadqiqot ob'ektiga ega bo’lish, dalil va isbotga asoslanish, kategoriyalarga ega bo’lish va hakozolar tashkil etadi. hajmiga tabiiy, ijtimoiy-gumanitar, aniq fanlar kiradi.
O’zbekiston viloyatlari, donli o’simlik, arxiv, tranzistor, shifoxona, musiqiy asbob, yoqilg’i, oziq-ovqat, firma, birja, huquq, fan, shahar, yirtqich hayvon, gaz, sanoat, materik, fakultet, o’zbek yozuvchilari, toq sonlar, millat, davlat, mutafakkir, tog’, tafakkur shakllari, tushunchaning belgilari, avtobus, ilmiy nazariya, darslik.
5-mashq. qo’yidagi tushunchalardan universal, yakka va bo’sh sinfga oidlarini ajratib ko’rsating.
Masalan, o’quv qo’llanma – universal sinf, Venera planetasi – yakka sinf, hajmsiz buyum – bo’sh sinf.
Tropik meva, Boysun tog’i, ko’l, yo’qlik, ajdarho, payg’ambar, Tailand, o’lka, doiraning boshi, aylana chiziq, Veneradagi oyli tun, mantiq, okeandagi cho’l, ongsiz inson, Kamerun, virus, gazsimon metall, astrologiya, kafedra, Sinay yarim oroli, yassi tog’, ibtidoiy madaniyat, funktsiya, Tunis, Movaraunnahr.
6-mashq.qo’yidagi tushunchalarni jins va tur munosabatida bo’lganlarini toping.
Masala, tabiiy fan tushunchasiga fan tushunchasi jins, biologiya tushunchasi tur munosabatida bo’ladi.
Planeta, dengiz, kitob, elektr stantsiyasi, temir yo’l vokzali, pasport, kimyoviy o’g’it, hajm, ibtidoiy dinlar, teorema, o’simlik ildizi, halqaro tashkilot, hayvon, kino, muzika, yo’lbars, juft son, axborot tizimi, metall, professor, avtomobil.
7-mashq. Yakka va umumiy tushunchalarni ko’rsating.
Masalan, planeta – umumiy tushuncha; Orol dengizi – yakka(chegaralangan) tushuncha.
Surxandaryo viloyati, fuqaro, Rim papasi, Arktika, lotoreya, Vizantiya poytaxti, Mars yo’ldoshi, Xeops piramidasi, trigonametriya, futbol, basseyn, quyosh,
A.Navoiy, O’zbekiston Respublikasi, Osiyo davlatlari, fizika, Navoiy shahri, Mustaqillik maydoni, atom, formula, so’z, daryo, kimyoviy element, Somoniylar davlati, ritsar, agranom, Xitoy, A.Temur, falsafa, futbol komandasi, tarix kitobi.
8-mashq. hajm jihatidan chegaralangan va chegaralanmagan tushunchalarni ajratib ko’rsating.
Masalan, Markaziy Osiyo respublikalari – chegaralangan, molekula – chegaralanmagan.
qit'a, qush, yerning radiusi, Buxoro amirligi, sodda hayvonlar, kosmanavt, yerning sun'iy yo’ldoshi, suv inshooti, harf, kompyuter, mebel, inert gaz, meteroit, Yunoniston shahar-davlatlari, Buyuk Britaniya monarxlari, quyosh nuri, rang, son, geometrik shakl, aloqa vositasi, ikkinchi darajali gap bo’laklari, neytron, fizik olim.
9-mashq. qo’yidagi misollarning qaysi birida tushunchalar ayiruvchi va to’plovchi shaklida kelganligini aniqlang.
Masalan, 1.“qatnashchilarning hammasi konferentsiya materiallari bilan tanishib chiqdi” – tushuncha ayiruvchi ma'nosida kelgan;
2.“Zalda o’tirganlarning hammasi notiqning so’zlarini tinglashdi” – tushuncha to’plovchi ma'nosida kelgan.
a) Ushbu hodisaga nisbatan hamma o’z fikrini bildirdi;
b) Guruhimiz talabalari falsafa fanidan imtihon topshirishdi;
c) jahon aholisining katta qismi Osiyoda istiqomat qilishadi;
d) barcha daraxtlar ham mevali emas;
e) juft sonlarning barchasi ikkiga qoldiqsiz bo’linadi;
f) tushunchalar hajmiga ko’ra yakka va umumiyga bo’linadi;
g) kutubxonadagi kitoblar alfavit tartibi bo’yicha joylashgan;
h) Markaziy Osiyo respublikalari 1991 yil mustaqillikka erishdi;
i) oliy ta'lim tizimining sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda;
j) institutni bitirgandan so’ng har birimiz bakalavr diplomiga ega bo’ldik.
10-mashq. Konkret va mavhum tushunchalarni ko’rsating.
Masalan, Televizor – konkret tushuncha; do’stlik – mavhum tushuncha.
Bilim, tafakkur, iftixor, yozuv, Vatan, farishta, dev, galaktika, argonavt, tabletka, ayiq, vijdon, geliy, sharshara, bazalt, mayit, payg’ambar, qog’oz, poyondoz, allergiya, poydevor, mikrob, huquq, rang, odam, mazmun, gazeta, yevropa, yo’lbars, okean, axborot, harorat, ta'm, xirurg, mehnat, dinozavr, Mars planetasi, advokat, qo’shiq, ijod.
11-mashq. Musbat va manfiy tushunchalarni ko’rsating.
Masalan, Bilimli – musbat tushuncha; bilimsiz – manfiy tushuncha.
Insofli, salohiyatli, farosatli, farovon, layoqatsiz, ilojsiz, e'tiqodsiz, aloqador, muhim, oliy, passiv, real, baxtsiz, imkoniyatli, noumid, vijdonsiz, badavlat, diyonatli, befoyda, adolatli, sadoqatsiz, qat'iyatli, beparvo, antitezis, behayo, savodli, odobsiz.
12-mashq. qo’yidagi tushunchalarni nisbatli va nisbatsizga ajrating.
Masalan, Partiya – nisbatsiz; shifokor – nisbatli.
Parlament, daromad, atrof, ichki, juft, osmon, jahl, sof, taom, geolog, oyna, otash, kasb, talab, raqib, tilovat, qattiq, mikro, kraxmal, defitsit, halq, baland, o’quvchi, kambag’al, chuqurlik, inson, radio, jurnal, aktyor, Amerika qit'asi, kenguru, samolyot, piyola, suv, jism, mavzu, do’st, sport. idora, dastur, xiyobon.
13-mashq. Tushunchalarning to’liq mantiqiy tavsifini bering.
Masalan, Talaba – umumiy, konkret, musbat, ayiruvchi, nisbatsiz tushuncha.
Universitet, Toshkent shahri, metro, sayt, til belgisi, supermarket, xudo, alyuminiy, to’qima, sarkarda, adovat, mikroskop, tennis, kvadrat, bino, cho’l, stol, daftar, jinoyat, bilim, bug’doy, dindor, progress, aybdor, do’stlik, Misr, temir, I. Kant, ijtimoiy fan, yadro, fermer, delfin, aholi, jamoat tashkilotlari, injener.
14-mashq. Sig’ishadigan tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlang.
Masalan, 1. O’zbekiston poytaxti (A), Toshkent shahri (V) – moslik munosabat;. 2 .o’qituvchi (A), yozuvchi (V) – qisman moslik munosabati;
3. fan (A), fizika (V) – buysunish munosabati.
a) oliy o’quv yurti, institut; b) aktyor, qo’shiqchi; c) hayvon, yo’lbars; d) eng yirik okean; Tinch okeani; e) Rim imperatori, Neron; f) davlat boshlig’i, prezident; g) AqSh poytaxti, Vashington; h) eng qadimgi davlatlar, Misr; i)tushuncha, so’z; j)tadbirkor, deputat; k) gap, so’roq gap; l) eng yirik halqaro tashkilot, BMT; m) kasallik davosi, dori; n) yozuvchi quroli, qalam; o) borliq, materiya; p) din, islom dini; q) Amir Temur davlati poytaxti, Samarqand viloyatining ma'muriy markazi.
15-mashq. qo’yidagi tushunchalarga moslik munosabatidagilarni toping.
Xitoy, kesma, qizilqum cho’li, kit, Ibn Sino, Bibliya, uglevod, So’g’diyona, Nil daryosi, A.S.Pushkin, gap tuzilishi, massa, fir'avn, futbol vatani, Moskva, himolay tog’i, o’qituvchi, Aqsh konstitutsiyasi, Vatikan, vodorod, Yuliy Sezar, Avstraliya, din, ong, geometriya, Venera planetasi, vulqon, oltin, arxitektura.
16-mashq. qo’yidagi tushunchalarga qisman moslik munosabatidagilarni
toping.
Yuridik shaxs, halq artisti, shifokor, sportchi, mulkdor, talaba, maydon, deputat, uchuvchi, magazin, telefon, ma'muriy markaz, orol, rahbar, yakshanba, sinfdosh, bezak, botir, rejissyor.
17-mashq. qo’yidagi tushunchalarga buysunish munosabatidagilarni toping.
O’simlik, o’quv quroli, kimyoviy element, haykal, kompozitor, ertak, arxeologik madaniyat, organik modda, vulqon, fasl, bayram, ibodatxona, Buyuk Britaniya qirolichasi, Rossiya shaharlari, o’zbek shoiri, ximik olim, O’zbekiston Respublikasi qonuni, korxona, baliq, gap, tarixiy voqea, jahon chempioni, poytaxt, ertak, jamiyat, tushunchaning turlari.
18-mashq. Sig’ishmaydigan tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlang.
Masalan, O’zbekiston Respublikasi (A), Rossiya Federatsiyasi (V), davlat (S) – birga buysunish munosabati.
a) hukm, tushuncha; b) baland, past; c) dovyurak, qo’rqoq; d) go’zal, go’zal emas;
e) egri, to’g’ri; f) ko’k, ko’k emas; g) insofli, insofsiz; h) fizika, kimyo;
i) aloqador, aloqasiz; j) quyon, bo’ri; k) yumshoq, qattiq; l) yengil, og’ir;
m) neytron, elektron; n) sifat, miqdor; o) yakka, umumiy; p) kino, teatr;
q) kirim, chiqim; r) yangi, yangi emas.
19-mashq. qo’yidagi tushunchalarga birga buysunish munosabatidagilarni
toping.
qonun, kislorod, al-Xorazmiy, Meksika, biologiya, iqtisod, qalam, choynak, apteka, qo’rg’oshin, neolit, poliklinika, Urartu, anor, ruboiy, sonata, tramvay, opera, xokkey, baliq, Tyanshan tog’i, universitet, daryo, inson, olma, tashkilot, siyosiy partiya, stol, tennis, algebra, neft, bank, prezident, Oliy Majlis.
20-mashq. qo’yidagi tushunchalarga zidlik va qarama-qarshi munosabatdagilarni toping.
Nisbat, bevaqt, aybdor, asorat, bilim, osti, boshlanishi, jarohatli, doimiy, mazali, g’aroyib, inkor, sog’lom, qora, qahramon, ilmiy, chin, tabiiy, qiziqarli, mustahkam, uzoq, suyuq, issiq, qonuniy, tekis, sevimli, dindor, qabohat, zaruriy, isbot, tushunarli.
21-mashq. qo’yidagi tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlang va ularni Eyler doirasi bilan ifodalang.
a) yozuvchi, shoir; b) televizor, kompyuter; c) qahramon, general, olim; d) ishchi, dehqon, tadbirkor; e) Osiyo, Afrika, qit'a; f) shaxar, Shanxay; g) parlament, hukumat, davlat boshqaruv organi; h) zavod, fabrika i) katta, kichik; j)doira, geometrik shakl; k) ahloqli, ahloqsiz l) ko’z, quloq, burun; m) Afrika davlati, janubiy Afrika davlati, JAR; o) piyola, chinni buyum; p) shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqat.
22-mashq. Tushunchalarni umumlashtiring.
Masalan, falsafa – ijtimoiy fan.
Kuz, sifat, tarix, laylak, Volga daryosi, Parij shahri, materiya, kutubxona, respublika, boks, Xiva, Bobil, qisqichbaqa, uglerod, psixologiya, rektor, tezlik, monarxiya, qarag’ay, qaror, Chingiz Aytmatov, delfin, esse, to’fon, tuman, qirol, fotosurat.
23-mashq. Tushunchalarni chegaralang.
Masalan, Transport vositasi – avtomobil.
Markaziy Osiyo respublikasi, rangli metall, fizikaviy qonun, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, yopiq suv havzasi, oliy o’quv yurti, hunarmandchilik, irq, tabiiy ofat, soat, xizmat ko’rsatish sohasi, farzand, jamoa, muzey, harbiy bo’linma, tarixiy voqea, halq og’zaki san'ati, muhaddis, kapalak, umurtqali hayvon.
24-mashq. Tushunchalarni umumlashtirishga to’g’ri keladigan misollarni ajratib ko’rsating.
Kislorod – inert gaz; Toshkent – Markaziy Osiyodagi eng yirik shahar; etika – tabiiy fan; kema – eng qadimgi transport vositasi; GFR – prezident respublikasi; Italiya – federativ davlat; Oy – yerning yo’ldoshi; Rossiya – dunyoda hududi bo’yicha dunyoda eng yirik davlat; qush – qanotli hayvon; sambo – yakka kurash sport turi; drama – sahna uchun yozilgan asar; kabuki – yapon san'ati; ot – so’z turkumi; kardiologiya – tibbiyot sohasi; aktyor – san'atkor; London – poytaxt shahar; Mirzo Ulugbek – buyuk rassom.
25-mashq. Tushunchalarni chegaralashni to’g’ri ekanligini tekshiring.
O’zbek adabiy tilining asoschisi – A. Navoiy; iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan Osiyo davlati – Yaponiya; O’zbekistondagi eng kichik viloyat – Guliston; davlat qonunlarini buzish – jinoyat; eng qattiq metall – temir; geometrik shakl – to’rtburchak; aloqa vositasi – telefon; qadimgi yunon dostonlari – “Iliada” va “Odisseya”; paxta yetishtiradigan mamlakat – Ozarbayjon; temuriylar davlatining asoschisi – Amir Temur; til qurilishi qoidalarini o’rganuvchi fan – sintaksis; hissiy bilish bosqichi – idrok; “qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar” asarining muallifi – Beruniy; tushunchani ta'riflash – definitsiya; siyosiy tashkilot – davlat; badiiy asar – roman.
26-mashq. qo’yidagi amallarning qaysilarida ikkinchisi birinchisining
chegaralash natijasi hisoblanadi.
Tabiiy hodisa – zilzila; vodiy – Zarafshon vodiysi; haykaltaroshlik – ta'sviriy san'at sohasi; Rim – Italiyaning poytaxti; halq tabobati – tibbiyot sohasi; Vatikan – diniy davlat; sabzavot – karam; ishlab chiqarish korxonasi – fabrika; demokratik tamoyil – qonunning ustuvorligi; I.A.Karimov asari – “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”; asar – badiiy asar.
27-mashq. qo’yidagi amallarning qaysilarida ikkinchisi birinchisining umumlashtirish natijasi xisoblanadi.
Institut talabasi – talaba; kotib – ilmiy kotib; fuqaro – qadimgi Afina fuqarosi; huquq – fuqarolik huquqi; Afrikadagi yirik daryo – Nil; Sergey yesenin – rus shoiri; sport turi – tennis; kema – paroxod; baliq – seld; sud – xo’jalik sudi; g’oya – milliy g’oya; o’t – olov; yigit ismi – Farxod; bino – binoning birinchi qavati.
28-mashq. qo’yidagi tushunchalarni to’liq chegaralang.
Masalan, san'at – tasviriy san'at – rassomchilik – freska.
Tirik mavjudot, fan, texnika, sanoat, qonun, shakl, huquqiy hujjat, millat, ma'naviy madaniyat, din, kasallik, ilmiy atama, o’yinchoq, asbob, xom ashyo, siyosiy institut, qadimgi davlat, hashorat, tushunchalar o’rtasidagi munosabat, parfyumeriya.
29-mashq. qo’yidagi tushunchalarni to’liq umulashtiring.
Masalan, “Mantiq fani” asari – V.F.Gegel asari – mantiqga oid asar – ilmiy asar – asar.
Erkin Vohidov, Venetsiya, maymun, kubizm, formal mantiq, Nyuton qonuni, to’g’ri burchakli uchburchak, “Alpomish” dostoni, 2,45, Z.M.Bobur, Urmiya ko’li, “Neksiya” avtomobili, yehhT, kriminalistika, natriy, ertak, qotillik, o’zbek millati, “Paxtabank”, aspirin, masjid.
30-mashq. Ta'riflashning turini, ta'riflanayotgan va ta'riflovchi tushunchalarni hamda ularning jins va turini ko’rsating.
Masalan, fan (A) – o’zining ilmiy tushuncha uslublari va metodologiyasiga ega bo’lgan (V) olamni bilish va o’zlashtirishning maxsus usuli, ilmiy bilimlar tizimidir (S) – yaqin jins va turini ko’rsatish orqali ta'riflash.
a) It – sut emizuvchi umurtqali hayvon; b) ontologiya – falsafaning borliq haqidagi ta'limotni izohlaydigan qismi; c) simob – suyuq metall;
d) qozog’iston – Markaziy Osiyoda joylashgan davlat; e) Frensis Bekon – ingliz faylasufi; f) qur'oni Karim – islom dinining muqaddas kitobi; g) karate – sharq yakka kurashi; h) “Monadologiya” – G.V.Leybnitsning falsafa va mantiqga oid asari; i) jaz – XIX asr oxirlarida AqShda vujudga kelgan musiqa san'ati;
j) Ossuriya – qadimgi Sharq davlati; k) nazariya – ma'lum bir sohaga oid tasavvurlar, tushunchalar, g’oyalar, gipotezalarni tizimga soladigan, predmetlarni yaxlit tarzda anglashga imkon beradigan bilim shaklidir.
31-mashq. qo’yidagi tushunchalarni nominal ta'rifini keltiring.
Masalan, 1. Sillogizm yunoncha so’z bo’lib “qo’shib hisoblash” degan ma'noni bildiradi – nominal ta'rif.
Konstitutsiya, parlament, investitsiya, geometriya, lingvistika, monopoliya, simmetriya, karroziya, entsiklopediya, filosofiya, kategoriya, genetika, psixologiya, demokratiya, respublika, senat, Avesto, korparatsiya, shariat, farmakalogiya, Bibliya, metodologiya, semantiqa, polis, megapolis, algebra, madaniyat,biologiya, estetika, definitsiya, profitsit, miqdor, kredit, ma'naviyat, arxeologiya, fiziologiya, mexanika, informatika, dramaturgiya, selektsiya.
32-mashq. qo’yidagi tushunchalarni yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish orqali ta'riflang.
Masalan, Sintaksis – so’zlarning bir-biriga bog’lanishi, gap va uning turlarini o’rganadigan tilshunoslik bo’limidir. So’zlarning bir-biriga bog’lanishi, gap va uning turlarini o’rganishi – jins belgisi, tilshunoslik bo’limi ekanligi – tur belgisi xisoblanadi.
Kenguru, romb, aksiologiya, syurrealizm, makkajo’xori, Suvaysh kanali, feodal, anoganik modda, G. Galiley, geodeziya, kesim, nazm, senat, tralleybus, kuzatish, tajriba, bakalavriat, mehnat huquqi, Kaspiy dengizi, tasavvur, pragmatika.
33-mashq. qo’yidagi tushunchalarning genetik ta'rifini keltiring.
Masalan, Millat – kishilarning umumiy til, urf-odat, an'ana va madaniyatga ega bo’lgan etnik birligi.
Kislota, silindr, yarim orol, ichki yonuv dvigateli, ijtimoiy jarayon, organik modda, jazo, kasallik, monopoliya, konfederatsiya, amaliyot, idrok, tushunchani umumlashtirish, badiiy ijodiyot, ma'naviy komillik, degradatsiya, integratsiya, universal sinf, instantsiya, termin, tasodif, aktsionerlik jamiyati, ekvivalentsiya, avtonom respublika, yuridik shaxs, uyushma, loqaydlik.
34-mashq. qo’yidagi tushunchalarning genetik va operatsional ta'riflarini keltiring.
Masalan, Suv – ikkita vodorod va bitta kislorod atomidan tashkil topgan modda – genetik ta'rif. Suv suyuqlik bo’lib, Q100 ( S da bug’lanadi.
Federatsiya, og’irlik, topografiya, jazo, abstrakt, ideal, gipoteza, tasavvur, noyob, korpus, immunitet, parallel, fazo, tekislik, yorug’lik, paleolit, natural ho’jalik, oxirat, silindr, qattiq, erta, yerosti, mo’l, o’tirish.
35-mashq.qo’yidagi tushunchalarning atributiv – relyatsion (sifat- munosabat) ta'riflarini tahlil qiling va qaysi tushuncha ta'riflanayotganini ko’rsating.
Masalan, O’zining siyosiy mustaqilligiga ega bo’lgan davlatlar halqaro munosabatlarda teng huquqli hamkorlikni amalga oshiradi. O’zining siyosiy mustaqilligiga ega bo’lish – davlatga xos sifat. halqaro munosabatlarda teng huquqli hamkorlikni amalga oshirish – bu yuqoridagi sifatni boshqa tushunchalar bilan munosabatda namoyon bo’lishidir. Ta'riflanayotgan tushuncha – davlat.
a) o’z xajmiga ega bo’lgan predmet fazoda joylashadi; b) har qanday jamiyat a'zosi bo’lgan inson ijtimoiy munosabatga kirishadi; c) bir tushuncha tarkibiga kiradigan boshqa tushuncha unga buysunish munosabatida bo’ladi; d) yuqori jismoniy tayyorgarlikga ega bo’lgan sportchi musobaqada boshqalardan ustun keladi; e) ezgu fikrga ega shaxs boshqalarga yovuzlikni ravo ko’rmaydi; f) o’z hududiga ega bo’lmagan davlat boshqa davlatlar bilan chegaradosh bo’lmaydi; g) aylana shakldagi geometrik shakl romb bo’la olmaydi; h) qarama-qarshi belgiga ega tushunchalar moslik munosabatida bo’lmaydi.
36-mashq. qo’yidagi ta'riflarda tushunchani ta'riflashni birinchi qoidasini (ta'riflash teng xajmli bo’lishi kerak) qaysi jihatlariga rioya etilmaganligini alohida ajratib ko’rsating va to’g’ri ta'rifini keltiring.
Masalan, 1.Fil – to’rt oyoqli hayvon – ta'rif o’ta keng hajmli; 2.Narx – tovarlarni ishlab chiqarish uchun ketgan harajatlar qiymati – ta'rif o’ta tor hajmli; 3.Kompozitor – qo’shiq ijro etuvchi san'atkor – ta'rif kesishuvchi.
a) jinoyatchi – qotillik sodir etgan shaxs; b) uchburchak – geometriyaga oid tushuncha; c) auditoriya – labarotoriya mashg’ulotlari o’tkaziladigan xona;
d) dotsent – pedagogika institutida dars beradigan o’qituvchi; e) sportchi – futbol bilan shug’ullanadigan kishi; f) Xristofor Kolumb – sayyoh; g) mehnat – inson tomonidan o’zi uchun turar joy qurishga qaratilgan jismoniy hatti-harakat; h) animizm – hayvonlarda jon va ruhning mavjudligini e'tirof etuvchi diniy tasavvur; i) N.A.Berdyaev – “Erkinlik falsafasi” asarining muallifi;
j) hindiston – choy ishlab chiqaruvchi mamlakat;
37-mashq. qo’yidagi tushunchalarni ta'riflashning uchinchi qoidasi (ta'rif aylanma bo’lmasligi kerak)ga rioya qilmasdan ta'riflang.
Masalan, Ijodkor – ijod bilan shug’ullanadigan kishi.
Go’zallik, ommaviy madaniyat, realizm, noosfera, sababiyat, haqiqat, politologiya, teorema, kvantor, mafkura, imkoniyat, istiqbol, ateist, firibgarlik, printsipiallik, materialist, liberal, real, ahloqiylik, gumanizm, madaniyatsizlik, zanjirli reaktsiya, arxaik madaniyat, nominal ta'rif, protestant, klassik yozuvchi, operator.
38-mashq. qo’yidagi tushunchalarni ta'riflashning to’rtinchi qoidasi (ta'rif inkor shaklida bo’lmasligi kerak)ga rioya qilmasdan ta'riflang.
Masalan, Gaz – suyuqlik emas.
Zig’ir, metafora, taftologiya, materiya, kraxmal, Gollivud, shimol, Axriman, polisillogizm, dizyunktsiya, umumiylik, vertikal, ahloqsizlik, raddiya, ko’plik, kasaba uyushmalari ittifoqi, o’tmish, bronxit, gigiena, Kipr, turist, sifat, oddiy, sog’lom fikr, aniq ta'rif, javob, behisob, demokratik jamiyat.
39-mashq.Tushunchalarni ta'riflashning to’g’ri yoki xatoligini tekshiring hamda ta'riflashning qaysi qoidasi buzilganligini aniqlang.
Masalan, O’qituvchi – kasb egasi, ta'riflash haddan tashqari keng olingan, (A Vs). To’g’ri ta'rifi: O’qituvch – -o’quvchilarga ta'lim va tarbiya berish bilan shug’ullanadigan kasb egasi (AqVs).
miqdor – predmetning hajmini ifodalovchi o’lcham; b) tulki – ayyor hayvon;
c)siyosat– ijtimoiy xodisadir; d) kategoriya–olamdagi munosabatbog’lanishlarni ifodalovchi falsafiy tushunchadir; e) genetik ta'rif – tushunchalarni kelib chiqishini ko’rsatish orqali ta'riflashdir; f) sonlarni qo’shish – sonlarni bo’lish emas; g) tushuncha – tafakkur shakli; h) analiz – sintezga qarama-qarshi bo’lgan mantiqiy jarayon; i) biznesmen – biznes bilan shug’ullanuvchi kishi;
j) davlat – ijtimoiy tashkilot; k) talaba – pedagogika institutida o’quvchi.
40-mashq. Tushunchani bo’lish turini, bo’linayotgan tushunchani, bo’lish a'zolarini va bo’lish asosini ko’rsating.
Masalan, Davlat boshqaruvining respublika shakli – prezidentlik va parlamentar respublikasiga bo’linadi. Asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lish, “davlat boshqaruvining republika shakli” – bo’linayotgan tushuncha, “prezidentlik respublikasi”, “parlamentar respublikasi” – bo’lish a'zolari, davlat boshqaruvining shakllanishiga ko’ra – bo’lish asosi.
fanlar tabiiy, ijtimoiy va aniq fanlarga bo’linadi; b) badiiy asarda ijobiy va salbiy obrazlar bo’ladi; c) davlat boshqaruv shakliga ko’ra monarxiya va respublikaga bo’linadi; d) kimyoviy elementlar metall va metall emaslarga bo’linadi; e) hayvonlar organizmi sodda va murakkab tuzilishga ega; f) borliqda tabiiy va ijtimoiy hodisalar mavjud; g) uchburchak o’tkir burchakli, o’tmas burchakli va to’g’ri burchakliga bo’linadi; h) banklar davlat banki va xususiy bankga bo’linadi.
41-mashq. qo’yidagi tushunchalarni bo’lishning barcha turlari bo’yicha bo’lib chiqing.
Masalan, Ommaviy axborot vositalari televidenie, radio va matbuotdan iborat. hayvonlar yirtqich va yirtqich emaslarga bo’linadi.
Bino, transport, Afrika davlatlari, san'at, kislota, ijtimoiy ong shakllari, jamiyat, musiqa, tashkilot, ilmiy qonun, elektron zarra, uchburchak, ilon, sug’orish inshootlari, oliy o’quv yurtlari, yuridik normalar, din, fizikaviy xossa, mantiqiy sinf, tushunchalarni bo’lish, ijtimoiy ong, sezgi, hodisa, tushunchaning belgisi.
42-mashq. Tushunchalarni bo’lishning to’g’riligini tekshiring hamda bo’lishning qaysi qoidasi buzilganligini ko’rsating.
Masalan, hayvonlar organizmining tuzilishiga ko’ra sodda, murakkab va umurtqaliga bo’linadi. Bo’lish bir asos bo’yicha olib borilmagan.
a) neft – qora oltin; b) to’rtburchak – uchburchak ham, beshburchak ham bo’lmagan tekis yopiq geometrik shakl; c) vertolyot – og’ir havo uchuvchi apparati; d) yopiq jamiyat – begonalar kirishi taqiqlangan jamiyat; e) tushunchalar mazmuniga ko’ra konkret va mavhumga bo’linadi; f) guruhimiz talabalari a'lochi va iqtidorliga bo’linadi; g) o’qituvchilar oliy ma'lumotli va tarixchilarga bo’linadi; h) tarix qadimgi, o’rta asrlar va eng yangi davrga bo’linadi; i) respublikalar mustaqil va yevropa respublikalariga bo’linadi.
43-mashq. qo’yidagi tushunchalar yordamida sinflarni qo’shing. Amalni chizma ko’rinishida ifodalang va qo’shish belgilari yordamida yozing.
Masalan?g`“O’simlik” (A) va “daraxt” (V) sinflarini qo’shganda “o’simlik” sinfi hosil bo’ladi: uning shakli A V
fan, mantiq; b) oliy o’quv yurti, institut; c) professor, deputat; d) eng katta suv havzasi, okean; e) davlat boshlig’i, prezident; f) chin, xato; g) o’quv maskani, institut, kollej, litsey; h) O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston.
Do'stlaringiz bilan baham: |