8-Mavzu. Transformator chulg‘amlari ulanish guruhlari



Download 253,38 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2023
Hajmi253,38 Kb.
#905770
  1   2
Bog'liq
8-Мавзу (3)


8-Mavzu. TRANSFORMATOR CHULG‘AMLARI ULANISh GURUHLARI

Shu vaqtgacha transformator vektor diarammalarini qurishda YUK chulg‘ami E.YU.K. va QK chulg‘ami E.YU.K. fazalari mos keladi, deb faraz qilib keldik. Bu faraz faqat transformator­ning barcha chulg‘amlari bir hil yo‘nalishda o‘ralgan va barcha chulg‘amlar boshi va keti bir hil tartibda belgilangandagina xaqiqiy bo‘ladi (2.1,a-rasm).





2.1-rasm. Bir fazali transformator ulanish guruhlari:
a)- 0 yoki 12-guruh; b)- 6-guruh; d)- 6-guruh. A-boshi; X-keti
Agar transformator QK chulg‘amining o‘ralish yo‘nalishi yoki a va x klemmalar o‘rni almashtirilsa, (2.1,b va v-rasmlar), u holda E.YU.K. va vektorlari orasidagi burchak 1800 ga o‘zgaradi. YUK chulg‘ami E.YU.K. va QK chulg‘ami E.YU.K. fazalari orsi­dagi burchakni ulanish guruhi deyiladi. Ushbu burchak 00 dan 3600 gacha o‘zgarganda, ulanish guruhlari orasidagi faza 300 ni tashkil etadi. Shu sababli, ulanish guruhlari 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12 yoki 0-guruhlarni tashkil etadi.
QK chulg‘ami liniya EYUK vektorining YUK chulg‘ami liniya EYUK vektoriga nisbatan siljish burchagini aniqlash uchun transfor­mator ulanish guruhini belgilovchi raqamni 300 ga ko‘paytiriladi. Siljish burchagi YUK chulg‘ami EYUK vektoriga nisbatan soat mili yo‘nalishi bo‘yicha QK chulg‘ami EYUK vektorigacha bo‘lgan burchak bilan o‘lchanadi. Masalan, 5 ulanish guruhi ko‘rsatadiki, QK EYUK vektori fazasi bo‘yicha YUK EYUK vektoridan 5·300=1500 ga kechikar ekan.
Ulanish guruhining qabul qilingan belgilanishini yaxshi tushunish uchun soat mili bilan taqqoslash usulidan foydalanamiz. Bunda YUK chulg‘ami EYUK vektorini soat milining 12 raqamiga qo‘yilgan minut mili (strelkasi) deb, QK chulg‘ami EYUK vektorini esa soat mili deb qabul qilamiz (2.2-rasm).



0 - guruh 6 - guruh 5 - guruh 11 - guruh


2.2-rasm. Ulanish guruhi belgisining soat mili bilan taqqoslash

Shuni ham e’tiborga olish zarurki, va vektorlarning fazalari mos bo‘lishi, soat milining 12 bo‘lganini ko‘rsatishi, 12-guruh ekanligini emas, balki 0-guruh ekanligini anglatadi. Bundan tashqari, shuni unitmaslik zarurki, EYUK aylanuvchi vektor­larining musbat aylanish yo‘nalishi deb, soat miliga teskari aylanishi qabul qilingan.


Shunday qilib, bir fazali transformatorda faqat ikki ulanish guruhi mavjud ekan: va vektorlarning fazalari mos bo‘lgan 0-guruh bilan va vektorlari fazalari 1800 ga silji­gan 6-guruh. Bu guruhlardan Davlat Standarti tomonidan qabul qilgan ulanish guruhi faqat 6-guruhdir.
Uch fazali transformatorlar chulg‘amlarini xar hil ulash bilan 12 hil ulanish guruhlarini hosil qilish mumkin. Ulanish guruhlarini aniqlash uchun birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning bir xil belgilangan liniya EYUKlari orasidagi siljish burchagi orqali aniqlash qabul qilingan. Ulanish guruhlari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish maqsadida “yulduz-yulduz” ulanish usulini ko‘raylik (2.3,a-rasm). Faraz qilamiz, ikkala chulg‘amlar fazalari bir hil yo‘nalishda o‘ralgan va bir hil nomlangan faza chulg‘amlari bir hil magnit sterjenlarida joylashgan, deb. Unda YUK va QK chulg‘amlari faza EYUKning vektorlari 2.3,b-rasmdagidek fazasi bo‘yicha mos bo‘ladilar. va liniya EYUK vektorlari orasi­dagi burchak 00 ga teng. Unda vektorni soat milining 12 raqamiga, vektorni esa 00 burchak ostida qo‘ysak, u 0 (12) raqam­ni ko‘rsatadi, demak, keltirilgan ulanish 0-guruhni anglatar ekan, uning belgilanishi Y/Y-0 bo‘ladi.

2.3-rasm. Uch fazali transformator 0-ulanish guruh sxemasi

Agar QK chulg‘amida a, b, c klemmalarini x, u, z klemmalari bilan mos ravishda (ya’ni a ni x bilan, b ni u bilan va z ni c bilan) almashtirilsa, u holda bir hil nomlangan klemmalar, YUKlari 1800 ga siljiydi. AV va av klemmalar orasidagi liniya EYUKlari va ham 1800 ga siljigan bo‘ladi va 6 - ulanish guruhi paydo bo‘ladi. Sxemaning belgilanishi Y/Y-6 bo‘ladi (2.3,v va g-rasmlar). Chulg‘amlar “yulduz-uchburchak” ulanganda 11-guruh hosil bo‘ladi. Agar QK chulg‘amining boshi va keti o‘zgartirilsa, EYUK vektorlari 1800 ga siljiydi va 5-ulanish guruhi hrsil bo‘ladi.


YUK va QK chulg‘amlari bir hil Y/Y va ∆/∆ ulansa, yana to‘rtta juft guruhlar, bir hil bo‘lmagan ulanishlarda, masalan Y/∆ yoki ∆/Y, yana to‘rtta toq guruhlar hosil bo‘ladi.
Keltirilgan va keltirilmagan ulanish guruhlarining xammasi amaliyotda ishlatilmaydi. Davlat standarti qo‘llash uchun ruxsat etgan ulanish guruhlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Transformatorlar ishlab chiqarilishida yoki ekspluatatsiyasi jarayonida ulanish guruhlarini tajriba usulida tekshirish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bunday tekshiruvlarning birnecha usullari mavjud, ammo eng ko‘p qo‘llaniladigan usul fazometr va voltmetr usulidir.

Davlat standarti qo‘llash uchun ruxsat etgan ulanish guruhlari


2.1-jadval

Chulg‘amlar ulanish sxemasi

EYUK vektor diagrammasi

Shartli belgisi

YUK

QK

YUK

QK









Y/Y0 - 0










Y /Δ - 11











Y0 / Δ-11



Fazometr usuli. Transformator YUK va QK chulg‘amlarining liniya kuchlanishlari (EYUK) orasidagi faza siljish burchagini 2.4,a-rasmda keltirilganidek bevosita fazometr yordamida o‘lchashga asoslangan. Fazometr U-U parallel chulg‘amini YUK tomoniga, I-I ketma-ket chulg‘amini esa QK tomoni liniya kuchlanishiga ulanadi. Ketma-ket chulg‘amda tok miqdorini cheklash maqsadida, unga ketma-ket qo‘shimcha rqo‘sh reostat ulanadi. So‘ngra transformator tarmoqqa ulanadi. O‘lchash amallarini qulaylash­tirish uchun, fazometr to‘liq (3600) shkalaga ega bo‘lsin.Voltmetr usuli. Ushbu usul liniya kuchlanishlari (EYUK) fazalari siljishi burchagini o‘lchash imkoniyatini bermaydi. Bu usul bilvosita usuli bo‘lib, voltmetr yordamida YUK va QK chulg‘amlarining bir hil nomlangan klemmalari orasidagi kuchlanish (EYUK)larni o‘lchashga asoslangan.
Agar Y/Y-0 guruhi tekshirilayotgan bo‘lsa (2.4,b-rasm), u holda A va a nuqtalar ulanib, V va b klemmalar orasidagi Ub-B hamda s va S klemmalar orasidagi Uc-C kuchlanishi o‘lchanadi. Agar tahmin qilinayotgan ulanish guruhi Y/Y-0 asl ulanish guruhiga mos bo‘lsa, u holda kuchlanish Voltda quyidagicha bo‘ladi


Download 253,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish