3-rasm. Boshqaruv jarayonidagi mehnat taqsimoti turlari
Xususiy mehnat taqsimoti umumiy mehnat taqsimotining sohalar va tarmoqlar ichidagi taqsimotini nazarda tutadi. Masalan, sanoat tarmoqlari, kichik sohalar, birlashmalar, ayrim korxonalarga boʻlinadi; qishloq xoʻjaligi — dexqonchilik va chorvachilikka, ular ichida esa ixtisoslashtirilgan tarmoqlarga (gʻalla, paxta, kartoshka etishtirish, bogʻdorchilik, goʻsht, sut, jun etishtirish va shu kabilarga) boʻlinadi. Sanoatda boʻlgani kabi qishloq xoʻjaligida ham xususiy mehnat taqsimotining pirovard bosqichi ayrim ixtisoslashtirilgan korxona hisoblanadi. Bu xildagi xususiy mehnat taqsimoti noishlab chiqarish sohasining har qanday tarmogʻida: xalq ta’limida, tibbiyotda, davlat boshqaruvi va hokazolarda mavjuddir.
Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarida mehnat taqsimotining har xil shakllari qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |