4-rasm.korxonalarida mehnat taqsimoti Kasb malakali mehnat taqsimoti ishchining mutaxasisligi va bajarilayotgan ishining murakkabligini hisobga olib amalga oshirilida.
Bosqichli mehnat taqsimotida ishchilarning kasbi mutaxasisligi boʻyicha sonini eng optimal holga keltirish maqsadida amalga oshiriladi.
Texnologik mehnat taqsimoti ishlab chiqarish jarayonlarining qayta ishlash (peredel) faza va tsikllariga qarab boʻladi. Bunda eng muhimi ularni bajarishning texnologaya jihatidan bir xil boʻlishidir.
Funktsional mehnat taqsimoti qoʻllanilganida ayrimlar asosiy ishni bajarishda ixtisos topadi, boshqalari yordamchi ishni bajarishda, uchinchilari esa tayyorlash, xizmat koʻrsatish ishini bajarishda ixtisos orttiradi.
Sotsial tomon deganda operatsiyalarning shunday strukturasi zarurligi nazarda tutiladiki, unda ish qiluvchining jismoniy va aqliy ishi navbatlashsin yoki qoʻshib olib boriladigan boʻlib, mehnat yoqimli boʻlsin, uning mazmundorligi oshsin, ishning jismoniy qismi kamaysin, jismoniy mehnat bilan aqliy mehnat oʻrtasidagi tafovug kamayib borsin.
Biroq mehnat taqsimoti — bu faqat mehnat faoliyatining bir tomonidir, xolos. U ayrim xodimlar va ular guruhlarining umumiy mehnat jarayonidagi ayrim ishchilar mehnatini birlashtirishni talab qiladi. Barcha darajadagi oʻzaro bogʻlangan mehnat jarayonlarida ayrim ijrochilarning ish oʻrinlaridan tortib butun-butun korxonalar, kichik tarmoqlar va milliy iqtisodiyotning oʻzaro bogʻlangan tarmoqlarigacha birlashtirishni taqozo qiladi.
Bu birlashtirish, mehnat faoliyati jarayonidagi alohida ixtisoslashtirilgan ijrochilar oʻrtasidagi aloqalarning oʻrnatiliish mehnat kooperatsiyasi deb ataladi va mehnat faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi.
Mehnat kooperatsiyasining maqsadga muvofiq tashkiliy shakllarini tanlash — mehnatni tashkil qilishning mehnat taqsimotidan keyingi, ikkinchi muhim masalasidir.
Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida texnikaning rivojlanish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonlari tizimining tashkil etilish xarakteri va usullariga qarab mehnat kooperatsiyasining turli shakllaridan foydalaniladi.
1. Ixtisoslashtirilgan tsexlarning tsexlararo kooperyatsiyasi. Bunda korxonadagi bir necha tsex jamoasining bir xil ishlab chiqarish jarayonida yoki turli boʻlsa-da, bir-biri bilan bogʻliq ishlab chiqarish jarayonlarida rejali ravishda va birgaliqda ishgirok etishi tushuniladi.
Har bir korxonada asosiy ishlab chiqarishni tayyorlash, ishlab berish va chiqarish tsexlari oʻrtasida mehnat kooperatsiyasi mavjud boʻladi. Bunday tsexlararo mehnat kooperatsiyasi shunga asoslanadiki, tayyorlov tsexlarining jamoalari ishlab berish tsexlarini zarur yarim fabrikatlar bilan ta’minlab turadilar, yarim fabrikatlar bu tsexlarda ishlanib, chiqarish tsexiga oʻtkaziladi, chiqarish tsexida esa bu korxona mahsuloti tamomila ishlanib boʻladi. Mazkur tsexlar oʻrtasida maxkam mehnat kooperadiyasi, bundagi jamoalarning mehnat faoliyatida toʻla uygʻunlik boʻlgan takdirdagina istagan bir korxonasida rejali ravishda uzluksiz tayyor mahsulot ishlab chiqarish tamin etiladi.
2. Ixtisoslashtiralgan uchastkalarining tsex ichidagi mehnat kooperatsiyasi. Bu tsex ichidagi bir necha uchastka kollektivlarining bir xil ishlab chiqarish jarayonida yoki har xil boʻlsa-da, bir-biri bilan bogʻliq ishlab chiqarish jarayonlarida rejali va birgalashib ishtirok qilishidir.
Uchastka ichidagi mehnat kooperatsiyasi ayrim ijrochilar va brigadalardagi ishchilar kooperatsiyasidir. Oʻz navbatida brigada ichida ham ishchilarning mehnat kooperatsiyasi tashkil etiladi. Bu mehnat kooperatsiyasining eng oddiy formasi boʻlib, uni ichki uchastka mehnat kooperatsiyasining brigada turi deb yuritiladi. Ishlab chiqarish brigadasi — bu boshlangʻich mehnat jamoasidir, brigada bir yoki bir necha kasblardagi yagona ishlab chiqarish topshirigʻini bajaradigan ishchilarni birlashtiradi.
Kompleks (majmuaviy) brngadalar murakkab ishlarning tugallangan turlarini bajaradigan turli kasb ishchilarini oʻz tarkibiga qamrab oladi.
Kompleks ishlab chiqarish brigadalari uch xil boʻladi:
mehnat toʻla taqsim qilingan kompleks brigada, bunda har bir xodim doimo bir xil ishni bajaradi (masalan: chilangar) svarka ishi, vaqt-vaqti bilan boʻladigan texnologik yoki tashkiliy tanaffuslarda boʻsh qolgan ishchi boshqa oʻrtoqlariga yordamlashadi, chunki bu brigadada ish haqi jamoa (bugun brigada bajargan ish natijalariga qarab toʻlanadi, shuning uchun ham har bir ishchi umumiy natijaning yuqori boʻlishidan manfaatdor boʻladi;
mehnat qisman taqsim qilingan kompleks brigada. Bunda ishchi oʻz ixtisosiga doir operatsiyalarni bajarish bilan birga yana ikkinchi kasbni ham oʻzlashtiradi;
mehnat taqsim qilinmagan kompleks brigada. Bunda brigada a’zolarining har biri ishda boshqasini almashtiradi va topshiriq doirasidagi har qanday ishni ham bajaradi.
Mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning ob’ektiv zarur ekanligini korxonalarni ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi talab qiladi. Xodimlarning va boʻlimlar jamoalarining manfaatlarshsh hisobga olgan holda ularni maqsadga muvofiq ixtisoslashuvisiz, vakolat doirasini qatiy chegaralab, birgalikda ish bajaruvchi barcha qatnashchilarning aniq oʻzaro yordam koʻrsatishni tashkil etmasdan turib, mehnat samarali boʻlishi mumkin emas.
Mehnat taqsimoti va kooperatsiya oʻzaro bogʻlangan hamda bir-birini taqozo etadi. U shu narsada ifodalanadiki, mehnat vazifalarini chegaralab, ularni muayyan xodimlarga (xodimlar guruhiga) biriktirib qoʻyish ularning oʻzaro yordam koʻrsatish predmetini oldindan belgilab beradi. Shuning uchun ham mehnat taqsimoti tushunchasi keng ma’noda undan ajratib boʻlmaydigan kooperatsiya tushunchasini ham ta’riflab beradi. Shu bilan birga odamlarning birgalikdagi faoliyat jarayonidagi oʻzaro yordam koʻrsatish shakllari, oʻz navbatida yakka tartibdagi va jamoa tarzidagi mehnat taqsimotining tegishli chegaralarini belgilab beradi.
Korxonada mehnat jarayonini tashkil etishning boshlangʻich omillarini tahlil qilish: ishlab chiqarish tipini, uning koʻlamlarini, texnologik jaryonlar, mashina va asbob-uskunalarning oʻziga xos xususiyatlarini, mehnatni mexanizatsiyalash, tsexlar, uchastkalar, ish oʻrinlari va shu kabilarni birlashtirish darajasini aniqlashdan iborat.
Ishchilar mehnatining murakkabligshsh tahpil qilish: kasb-malaka darajasiga qoʻyiladigan talablar va uning ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelishi; xodim kasb ixgisosining kengligi hamda kasblarni vaqtincha bajarib turish va mehnat faoliyatini oʻzgartirish imkoniyatlaridir.
Ishchilar mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini tahlil qilish: ishlab chiqarish jarayonining operatsiyalarga boʻlinishini; ayrim operatsiyalarni alohidalash zarurligiga va yiriklashtirish yoki tabaqalashtirish darajasiga baho berish; umumiy ishlab chiqarish jarayoni tarkibida alohida operatsiyalarni bajaruvchi ishchilar oʻrtasidagi aloqalarni oʻrganish; mehnat buyumlarini tashishga va operatsiyalararo turib qolishiga vaqt sarflanishi; ayrim ishlab chiqarish operatsiyalarini birga qoʻshib bajarib turish yoki qismlarga boʻlish, shuningdek xodimlarning oʻz funktsional vazifalariga kiradigan ish bilan bandligini, ish razryadlari va ishchilarning bir-biriga mos kelishini aniqlashdir.
Ish vaqtidan mashinalar hamda asbob-uskunalar ish vaqtidan foydalanishni tahpil qilish: smena ichida ish vaqtining bekor sarf boʻlishini hamda ularning sabablarini aniqlash; ishlab chiqarish jarayonidagi „qaltis joylar"ni aniqlash, bunda mehnat sarfining yuqori boʻlishi yoki ishchilarning ulgurmasligi sababli ayrim operatsiyalarni bajarishda kechikib ketishlar sodir boʻladi, keyingi operatsiyalarda bekor turib qolish va kutib qolishlar, shuningdek mehnat va ishlab chiqarish intizomining buzilishi oqibatida yagona ishlab chiqarish jarayonining borishida uzilishlar roʻy beradi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilishda ish bilan bandlikning mazkur turiga mos kelmaydigan tasodifiy ishlarni bajarish vaqgi ham, asbob-uskunalarning ishini passiv ravishda kuzatib turish vaqti (bu mehnat funktsiyalarini birga qoʻshib bajarish uchun rezerv sifatida qaraladi), jihozlarni sozlashni va rejadan tashqari ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni kutish munosabati bilan ishchilarning bekor turib qolish vaqti ham hisobga olinadi.
Korxonada koʻllaniladigan mehnatni tashkil etish shakllarini tahlil kilish: ishchilar mehnatini taqsimlash va kooperatsiyasi ahvoliga tahlil qilishning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Bu tahlilga quyidagi yoʻnalishlar kiradi: tsexlar, uchastkalar, ish turlari, ayrim operatsiyalar boʻyicha ishchilar soni va kasb-malaka tarkibini oʻrganish va bajarilayotgan ishlar, mehnat funktsiyalari va ijrochi-ishchilarning kasb-malaka jihatidan mos kelishini aniqlash; bajariladigan ishlarning mehnat sarfi darajasini hisobga olgan holda ishchilarni ishlab chiqarishning ayrim uchastkalariga va ish joylariga joylashtirishni tahlil qilish; kasblar, mehnat funktsiyalarini birga qoʻshib olib borish hamda koʻp stanokli xizmat koʻrsatishni amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlash; mehnatni brigada usulida tahlil etish imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligini oʻrganish; mehnat sharoitlarini yaxishlashning asosiy yoʻnalishlarini oʻrganish.