Qisqacha xulosalar
Pul to’lov, jamg’arish va qiymat o’lchovi funksiyalarini bajaruvchi, yuqori likvidli tovardir. Pul tushunchasi vaqatgina naqd pullar bilan cheklanib qolmasdan , uning tarkibiy elimentlari likvidlilik darajasi tushib borishiga qarab agregatlarga ajratilgan. Makroiqtisodiy tahlilda e’tibor ko’proq M1 va M2 agregatlariga qaratiladdi.
Pulga bo’lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talab, ehtiyotkorlik vajidan pulga talab va moliyaviy aktivlar uchun pulga talab yig’indisidn iborat.
Pulga bo’lgan talab hajmi YAIM (daromad) hajmi, baholar darajasi, pulning aylanish tezligi va foiz stavkasiga bog’liq.
Pul emissiyasi faqat Markaziy bank vakolatiga kirsada, tijorat banklari ham kredit berib pul taklifini ko’paytirish qobiliyatiga ega.
Tijorat banklarining pul taklifini keltirib chiqarish imkoniyati majburiy zahira normasini belgilash orqali tartibga solib turiladi.
Umumiy pul taklifi nafaqat joriy hisoblardagi mablag’lardan, balki aholi qo’lidagi naqd pullardan ham tashkil topadi. Pul taklifi miqdori majburiy zahira normasi, deponentlash koefitsenti va pul bazasi miqdoriga bog’liq.
Mahsulotlar bozoridagi kabi pul bozorida ham pulga bo’lgan umumiy talab va taklif muvozanat nuqtada kesishadi. Mahsulotlar bozorida muvozanat nuqtani narxlar tengligi asoslasa, pul bozorida esa bunday tenglikni foiz stavkasi belgilaydi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Pulning mohiyatini tushuntiring va funksiyalariga izoh bering.
Pul agregatlari deganda nimani tushunasiz va uni belgilashda qaysi tamoyilga amal qilingan?
Pulga talabning klassik nazariyasi qanday asoslarga tayanadi?.
Pulga talabning keynscha nazariyasining mohiyati nimada va klassik nazariyadan nimasi bilan farq qiladi?
Pul taklifi asosida nimalar yotadi? Bank mul’tiplikatori qanday aniqlanadi?
Pul bazasining mohiyatini tushuntirib bering.
Pul taklifining umumiy modeli mohiyatini tushuntirib bering.
Deponentlash koeffitsenting pasayishi pul mul’tiplikatori va pul taklifiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
Pul bozoridagi muvozanat nuqtasi nimani bildiradi? Pul bozorida muvozanat qay yo’sinda ta’minlanadi?

Do'stlaringiz bilan baham: |