Kaliy, natriy, xlor. Bu elementlarning boshqa elementlardan saqlanishidagi farqi shundan iboratki ular tananing suyuq qismida va yumshok to‘qimalarida bo‘ladi. Osmotik bosimning normal bo‘lishida qon va limfaning aktiv reaksiyasining boshqarilishida va organizmda suv boshqarilishida ishtirok etadi.
Kaliy protaplazma tarkibida bikorbanat fosfat va xlorid shaklida bo‘lib etishmaganda ishtaxa yukoladi, sust o‘sadi, yurak ishiga ta’sir ko‘rsatadi (aritmiya), qon bosimi pasayadi, jigar va buyrak ishi buziladi, urg‘ochi hayvonlarda tuhum xo‘jayrasining otalanishi buziladi.
O‘simik ozuqalari, ayniksa yosh o‘t va ildizmevaliklar kaliyga boy bo‘ladi. Etishmaslik xollari kam uchraydi. Erga kaliy o‘g‘itlarining ko‘p solinishi ozuqalarda kaliyning ko‘payishiga sabab bo‘ladi, natijada magniy kamayadi. Bu elementlarning uzaro nisbatini buzilishi hayvonlarda og‘ir kasallik magnemiyani vujudga keltiradi. Organizmda ortiqcha kaliy bo‘lsa tezlik va siydik bilan chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |