8-mavzu. O’zgaruvchan muhitga tashkilotlarni moslashtirish


Muvozanatlashgan qarorlarni



Download 55,38 Kb.
bet13/15
Sana01.06.2022
Hajmi55,38 Kb.
#626349
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
8-mavzu. O’zgaruvchan muhitga tashkilotlarni moslashtirish

Muvozanatlashgan qarorlarni odatda mazkur muammoni obdon bilgan, xar bir xarakatini "etti o‘lchab bir kes" qabilida ish tutadigan, o‘zining xatti-xarakatlariga tanqidiy nuqtai nazardan ¸ndoshadigan menejerlar qabo‘l qiladi. Bunday boshqaruvchilar qarorni qabo‘l qilishdan oldinroq u to‘g‘risida o‘zining tayanch fikriga ega bo‘lgan bo‘ladi.
Turtki beruvchi (impulsli) qarorlarni qabul qiluvchilar boshqaruvchilar rangma-rang fikr, g‘oyalarni osonlik bilan o‘ylab topadigan, ammo ularni aniqlash, baxolash, tekshirishga imkoniyat topaoladigan raxbarlardir. Shu sababli bunday qarorlar birdaniga qabul qilingan qarorlar bo‘lib etarli darajada asoslanmagan va ishonchsiz bo‘ladi.
Tinch xolatni saqlovchi (inertli) qarorlar chuqur izlanishlar natijasida qabul qilinadi. Bu erda tezkor g‘oyaning paydo bo‘lishdan ko‘ra ko‘proq aniqliq kiritish, nazorat qilish asosida qaror qabo‘l qilinadi. Shu sababli bunday qarorlarda novatorlik, originallik va juda sozlik alomatlari o‘z aksini topmaydi.
Tavvakal (riskli) qarorlar impulsi qarorlardan farqi shundaki uni qabul qiluvchi boshqaruvchilar o‘z taxminlarini asoslashga o‘rinmaydilar. Ular o‘zlariga oshingan xolda xar qanday xavfdan qo‘rqmaydilar.
Exti¸tkorona qarorlar o‘z ishiga nixoyat puxta ¸ndoshadigan, unga tanqidiy nuqtai nazardan qaraydigan, turli variantlarni baxolab ish tutadigan menejerlar tomonidan qabul qilinadi. Bu qarorlarda inetli qarorlardan xam ko‘proq originallik va yangilik alomalari o‘z aksini topmaydi.
Qayd qilingan qarorlar odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy taxlillab optimallashtiririshga asoslangan oqilona qarorlar qabo‘l qilinadi.
Qarorni ishlab chiqish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Albatta, raxbar uchun qaror qabo‘l qilish shunchaki ¸lgiz ¸ki chegaralangan maqsad emas. Bu erda bosh masala muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldiga qo‘yilgan maqsadning oqilona echim yo‘lini topishdan iborat. Shu sababli qarorni ishlab chiqish jara¸ni ayrim unsurlar mazmuni va ko‘lamiga ko‘ra xilma-xil va ancha murakkabdir. Qarorni ishlab chiqish jara¸ni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Ravshanki, bunday sxemani taxminiy deb bilmoq lozim. U vaziyatning xususiyatlariga va xal qilina¸tgan xolatning ko‘rinishiga qarab o‘zgarishi mumkin. Umuman qarorni ishlab chiqish jara¸nida quyidagi savollarga to‘g‘ri javob topish uta muximdir:
* nima qilmoq kerak (ob’ekti miqdori va sifati);
* qanday xarajat (resurslar) evaziga;
* qanday tarzda (texnloogiyada) bajarmoq keraq
* kim uchun bajarmoq kerak
* qanday muddatda bajarish lozim;
* kim tomonidan bajarmok kerak
* qaysi joyda bajarmoq lozim;
* qanday (iqtisodiy, sotsial, texnikaviy, ekologik) samara beradi.
Agar ish savollarga miqdor nuqtai nazardan to‘g‘ri javob topib, ularni makon va zamon bilan shuningdek, resurs va bajaruvchilar bilan bog‘lay olsangiz, bilinki siz qarorni ishlab chiqish texnologiyasini to‘liq uddalay olgan bo‘lasiz.
Vaziyatni taxlil qilish va muammoni aniqlashda ko‘p omillarga e’tibor qaratish kerak. Chunki, qarorni ishlab chiqish jara¸ni vaziyatni taxlil qilish va vazifani aniqlab olishdan boshlanadi. Vaziyatni taxlil qilish quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi:
*taxlil qilina¸tgan ob’ekt xolatinib uning sifat jixatlarini, resurslar bilan ta’minlanganligini taxlil qilish;
*mazkur ob’ekt samaradorligini jaxonning eng yuqori samaraga ega bo‘lgan mos ob’ekt bilan taqqoslash;
*taqqoslana¸tgan ob’ektlar ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovutlar sababini aniqlash;
*adabi¸tlar manbaini, ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha xisobotlarni, patent fondi, iste’molchilar imkoniyatlari va davolarini taqlil qilish;
*ishlab chiqaruvchi va iste’molchilardagi ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasini taxlil qilish;
*mazkur ob’ektning taraqqi¸t yo‘nalishini shakllantirish va x.k.
Boshqarish jara¸ni xamisha biron-bir masalani xal qilishdir, chunki tashkiliy jara¸nlar buzilishi tufayli belgilangan parametrlardan og‘ish sodir bo‘ladi, yangi tashkiliy jara¸nlarga zaruriyat tug‘iladi, natijada ishlab chiqarish sharoitlari o‘zgaradi. Binobarin, birinchi navbatda ishlab chiqarish oldida kanday muammo paydo bo‘lganligini bilish, uni umumiy taxlil qilish va xal etish zaruriyatini aniqlash kerak.
Qaror qabul qilish zaruriyati va taxdid qilina¸tgan ob’ektdagi aniq vaziyat aniqlangach turli yo‘llar bilan erishiladigan qaror maqsadida shakllantiriladi va uning echimi bo‘yicha vazifalar belgilanadi. Qaror maqsadi yuqori organ tomonidan ko‘rsatib berilishi ¸ki mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatga belgilanishi mumkin. Masalan, respublikamiz uchun g‘alla etishtirishni keskin ko‘paytirish va bir qator muloxazalarga ko‘ra, donni etishtirishga eng yaxshi moslashadigan tumanlar aniqlanadi. Vazirlik ularning ixtisoslashuvini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buning uchun u tumanlarni don etishtirishga ko‘chirish rejasini ishlab chiqadi. Tuman raxbarlari topshiriq olgach, qaror ishlab chiqishga xar tomonlama tay¸rgarlik ko‘radi.
Bu erda asosiy maqsad va vazifa xalq xo‘jaligiga zarur don maxsulotini etishtirishdir. Shunday qilib muammoni aniqlash quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Mezonlarni tanlash vazifalarning xar xil variantlarini muxokama qilish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniklashdan boshlanadi. Bu masalani xal qilishda taklif qilingan variantlarni iktisodiy tax,lil qilish muxim axamiyatga ega. Berilgan variantlarni echishda matematik, grafik, mantikiy va boshqa usullar qo‘llaniladi.
Tanlab olingan variantning muvofiqligi va afzalligi iqtisodiy, ijtimoiy, si¸siy, texnik va boshqa mezonlarni bo‘yicha umumiy tarzda baxolanadi. Eng kulay qarorlarni ishlab chiqish ko‘p jixatdan omilkor kishilarning va ayniqsa kelgusida shu qarorni bajaruvchilarning fikri nakadar to‘la xisobga olinganligiga bog‘liq.
Mezonlar tanlab bo‘lingach endi anik omillar va sharoitlarni tanlashga o‘tiladi. Zero, ishlab chiqarish natijalari va maqsadning amalga oshuvi shularga bog‘lik bo‘ladi. Bularga yana resurslar (moddiy, moliyaviy, mexnat), texnika va texnologiya, topshirikni bajarishga ketadigan vaqt, xom-ash¸ etkazib beruvchilar, o‘zaro aloqalar va xakozalar kiradi.
Mezonlar aniqlanib bo‘lingach qaror tay¸rlashning navbatdagi bosqichiga o‘tiladi. Bu bosqichda kuyilgan vazifani bajarish modeli ishlab chiqiladi.
Model - bu botsshcharish oldida turgan vazifani xal etish sxemasidir.
Model oddiy ¸ki programmalashni talab qiluvchi murakkab bo‘lishi mumkin. Murakkab qarorlarni qabul qilishda matumatik ¸ki statistik modellardan foydalaniladi. Bu modellar muammolarni miqdor jixatdan tavsiflaydi va optimal variantli boshqarish qarorini qabul qilish uchun asos xizmatini o‘taydi.
Modellashtiroish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
taxlil qilinadigan muammolar tarkibiy qismlarga bo‘linadi, omillar aniqlanadi;
Tanlab olingan omillarning o‘zaro aloqasi aniqlanadi, o‘zaro ta’siri baxolanadi, vazifani xal etish modeli belgilanadi;
*tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi;
*qarorlar variantlarning samaradorligi ularni amalga oshirish yo‘llari aniqlanadi.
Bularni quyidagi sxemada ifodalash mumkin:
Qaror modeli ishlab chiqish
Qarorni modellash
Model mak, bo‘lligini baxolash
Algoritm tuzish
Dastur tuzish
Qarorlarni tanlash va ularni uzil-kesi qabo‘l qilish raxbarlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda raxbar qarorni yakkaboshchilik asosida qabo‘l qilishi mumkin. Odatda yakkaboshchilik kupchilik fikri bilan kushib olib boriladi, ya’ni:
*tanlangan qaror variantini tegishli tashkilotlar bilan kelishib olinadi;
*qaror uzil-kesil qabo‘l qilinadi va xujjat (buyruk, farmoyish berish, rejani tasdiklash va x. k.lar) bilan rasmiylashtiriladi;
*qaror aniq ijro etuvchi shaxslarga etkaziladi. Xar bir qarorni qabo‘l qilishda raxbar boshqaruv mutaxasssislari tavsiya etgan kuyidagi Yuta tamoyilga amal qilsa foydadan xoli bo‘lmas edi:
Tafsilotlarni bilib olishdan oldin muammoni to‘laligicha tasavvur qil.
Extimol tutilgan xamma variantlarni ko‘rib chiqmaguncha qadar qaror qabul qilish.
Xatto xamma tan olgan xaqiqatlarga xam shubxa bilan qara, ularni rad etishdan qo‘rqma.
Muvaffaqiyat juda oz bo‘lib ko‘ringanda xam oldinda turgan muammoga turli xil nuqtai nazarlardan qarashga intiladi.
Xal qilinadigan muammoning mohiyatini yaxshiroq tushunib olishga o‘xshashlikni izla.
Xaqiqatga yaxshilashish uchun imkoni boricha ko‘proq savollar ber.
Xa¸lingga kelgan birinchi qaror bilan kanoatlanib qolma.
Uzil-kesil qaror qabul qilishdan oldin o‘z muammolarning xaqida biron bir kishi bilan gaplashib ko‘r.
O‘z sezgi va xayajoningga e’tibor bilan qara.
Xar bir kishi xa¸tga va xar kuni paydo bo‘lib turadigan muammolarga o‘z nuqtai nazaridan qarashini unutma.
Imkoni boricha kamrok farmoyish berish kerak. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, farmoyish qanchalik ko‘p bo‘lsa, uni bajarish va ijrosini nazorat qilish shunchalik qiyin bo‘ladi. Bir vaqtda bir necha farmoyish berish tavsiya etilmaydi. Topshiriklarni xar xil vaqtda bajarilish izchilligiga qarab berish maqsadga muvofikdir.

Download 55,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish