4.4. Amortizasiyaga xarajatlardan foydalanish samaradorligini ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirish natijasida o’zgarishining xususiy ko’rsatkichlari:
1) Ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida mahsulotlarning aniq turlari amortizasiyasiga xarajatlar samaradorligini oshishi (amortizasion sig’imni pasayishi );
2) ilmiy – texnik tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida amortizasiyaga nisbatan xarajatlarni tejalishi;
3) ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan bog’liq asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlardan foydalanish samaradorligini o’zgarishidan kelib chiquvchi intensiv va ekstensiv omillar xarakati hisobiga ko’shimcha qiymat, foyda va daromadni o’sishlari ulushlari;
4) qo’shimcha qiymat, foyda va daromadni ularni ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan asoslangan, asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlardan foydflanish samaradorligidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi o’sishlarining umumiy hajmlaridagi intensiv omillar harakati hisobiga shsishlarining ulushlari;
5) ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarni nisbatan tejalishi.
4.5. Ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirish hisobiga boshqa xarajatlardan foydalanish samaradorligini o’zgarishining xususiy ko’rsatkichlari: 1) aniq ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirish hisobiga 1 so’mlik mahslotning aniq turlariga boshqa xarajatlarni pasayishi foizi;
2) ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirish natijasida boshqa xarajatlarni nisbatan tejalishi;
3) foyda, qo’shimcha qiymat va daromadni boshqa xarajatlardan foyalanish samaradorligida o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirilish bilan bog’liq intensiv va ekstensiv omillar harakati hisobiga o’sishi;
4) qo’shimcha qiymat, foyda va daromadni ularni boshqa xarajatlardan foydalanish samaradorligida o’zgarishlar ketirib chiqaruvchi ilmiy-texnik tadbirlar bilan asoslangan o’sishlarning umumiy hajmlaridagi intensiv omillar hisobiga o’sishlarining ulushlari.
Ko’rsatkichlarning taklif qilingan tizimi aniq ilmiy-texnik tadbirlarning ishlab chiqarish samaradorligini to’liq ta’riflaydi. U ilmiy-texnik tadbirlar ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlarini korxona ishlab chiqarish samaradorligi iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan muvofiqlashtirish va ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirishga ajratilgan kapital kiritmalaridan foydalanishning samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi.
Oldin ta’kidlab o’tilganidek, ko’rsatkichlarning ushbu tizimi aniq ilmiy-texnik tadbirlar ishlab chiqarish samaradorligini ta’riflaydi. Xuddi shu vaqtda biznes-rejalarni ishlab chiqish va ularni bajarilishining tahlilini o’tkazish jarayonida barcha ilmiy-texnik tadbirlar umuman korxona ishlab chiqarish faoliyati iqtisodiy samaradorligiga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlash muhimdir. Chamasi, yig’ma ko’rsakichlarni hisoblash uslubiyoti aniq ilmiy-texnik tadbirlar samaradorligini hisoblash uslubiyotidan farqlanishi kerak. Masalan, aniq ilmiy-texnik tadbirlarni mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligiga ta’sirini belgilashda ushbu tadbilarni tatbiq etish uchastkalarida mehnat unumdorligi qancha foizlarga oshganligini bnlgilash muhimdir. Barcha tadbirlarni mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligiga ta’sirini baholashda umuman korxona bo’yicha ushbu tadbilarni o’tkazishdan mehnat unumdorligi qancha foizlarga o’sganligini aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, barcha tadbirlarni umuman korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligiga ta’sirini umumlashtirilgan holda baholash uchun dastavval ularning summar samaradorligini hisoblab chiqish, keyin esa korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini o’zgarishiga ta’sirini belgilash zarur.
Ilmiy-texnik tadbirlar ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlarini belgilash uslubiyotini bayon qilishdan avval bunday hisoblashlarni o’tkazishning ayrim bosqichlaridagi xususiyatlarini ta’kidlaymiz.
Hisobot yilidagi ilmiy-texnik tadbirlarning samaradorligi belgilanadigan birinchi bosqichda yangilik kiritishlar va ilmiy loyihalarning texnik parametrlaridan ularning tegishli pasport ma’lumotlari darajasida, yangi to’liq quvvatda foydalanishi shartlaridan kelib chiqish kerak. Bunda yangilik kiritishlar va investision loyihalarni o’zlashtirishni rejalashtirish (me’yoriy) muddati tugagandan keyingi birinchi yil hisoblash yili uchun qabul qilinadi. Demak, hisoblash yilidagi ilmiy-texnik tadbirlarning yakuniy natijalari qo’shimcha qiymat, daromad, mahsulotni qiymatiy va tabiiy aks ettirilishida ishlab chiqarishini o’sishi va boshqa ko’rsatkichlar tadbirlarni tatbiq etish paytidan yilning oxirigacha hisoblangan yoki yilga hisoblashdagi tegishli natijalarga nisbatan eng katta bo’ladilar. Shuning bilan bir vaqtda, qoidaga ko’ra, hisoblash yilida mahsulot birligiga mehnat moddiy va moliyaviy xarajatlarni tadbir o’tkazilishining birinchi yildagi qisqarishlarga ko’ra ko’proq qisqarishi ko’zda tutiladi.
Hisoblash yilidagi ilmiy-texnik tadbirlar iqtisodiy samaradorligini belgilashning xususiyatlari ulardan ishlab chiqarish samaradorligining istiqbolli rezervlarini aniqlash va investision samaradorlikning baholovchi ko’rsatkichlarini belgilash ilmiy-texnik tadbirlarni o’tkazishga yetarli ekanligi maqsadga muvofiqligi ustidan nazorat qilish uchun foydalanishga imkon beradi. Ilmiy-texnik tadbirlarning yiliga hisoblangan samaradorligi belgilanadigan ikkinchi bosqichda mehnat va moddiy xarajatlarning yangidan kiritiladigan normativlari tadbirini tatbiq etish paytida emas, balki yil boshida ko’rib chiqilganligi, ya’ni butun yil davomida amalda bo’lganligi shartidan kelib chiqish zarur.