2. Korxona moliyaviy faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlari Korxona moliyaviy faoliyati samaradorligini ta’riflash uchun ko’rsatkichlarning quyidagi tizimidan foydalaniladi:
1) quyidagilarni o’z ichiga oluvchi foydaning umumiy miqdori va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;
- mahsulotlarni sotishdan foyda; boshqa operasion faoliyat bo’yicha saldo; olingan foizlar; boshqa korxonalarda ishtirok etishdan daromadlar;
- sotishdan tashqari operasiyalarning ularning tarkibiga kiruvchi soliqlarni hisobga olmasdan saldosi;
- mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlar; sotishdan tashqari xarajatlar tarkibiga kiruvchi soliqlar;
2) foyda va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi. Foyda, foydaning umumiy summasidan farqli ravishda, mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlarni o’z ichiga olmaydi;
3) sof foyda (faoliyatning oddiy turlaridan foyda) va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;
4) taqsimlanmagan foyda (favqulodda daromadlar va xarajatlar saldosiga tuzatish kiritilgan sof foyda) va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;
5) jamg’arma fondi, sosial soha fondi, iste’mol fondi, dvivdentdlarni to’lash, rezerv sarmoyalariga yo’naltirilgan foyda, hamda bu foydani o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;
6) foydaning jamg’arma fondi, sosial soha fondi va rezerv sarmoyalari, foydaning umumiy summasiga yo’naltirilgan ulushi va bu ulushni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’zgarishi;
7) amalga oshirilgan qo’shimcha qiymat, shu jumladan amortizasiyaning umumiy summasi, va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;
8) amortizasiya, ish haqi, jamg’arma fondi, sosial soha fondi, iste’mol fondi va dividendlarni jamlashga xarajatlarni o’z ichiga oluvchi sof qo’shimcha qiymat va uni o’tgan yilga yoki rejaga nsibatan o’sishi;
9) amorizasiyani o’z ichiga oluvchi sof qo’shimcha qiymatning amortizaisyani o’z ichiga oluvchi qo’shimcha qiymatning umumiy summasidagi ulushi;
10) daromad va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;
11) sof daromad va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;
12) sof daromadning daromadning umumiy summasidagi ulushi;
13) mahsulotning daromadning umumiy summasi bo’yicha hisoblab chiqarilgan rentabelligi va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;
14) mahsulotning sof daromad bo’yicha hisoblab chiqilgan rentabelligi va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;
15) mahsulotning mahsulotni sotishdan foyda bo’yicha hisoblab chiqilgan rentabelligi, va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;
16) mahsulotning taqsimlanmagan foyda bo’yicha hisoblab chiqilgan rentabelligi va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi,
Foydaning umumiy summasi sotishlardan foyda, mahsulot tannarxiga kiritilgan soliqlar miqdoridan katta amortizasiyani o’z ichiga oluvchi amalga oshirilgan qo’shimcha qiymatning umumiy summasi quyidagilarni jamlash yo’li bilan hisoblab chiqiladi:
- ish haqining sosial zaruratiga ajratmalar bilan birga xarajatlari;
- asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning amortizasiyalari;
- foydaning umumiy summasini;
Amortizasiyani o’z ichiga oluvchi sof qo’shimcha qiymat quyidagilarni tanlash yo’li bilan hisoblab chiqiladi:
- ish haqining sosial zaruriyatlarga ajratmalar bilan birga xarajatlari;
- asosiy ishlab chiqarish fondlarining amortizasiyalari;
- jamg’arma, iste’mol, sosial soha fondlari, rezerv sarmoyalari va dividendlarini to’lashga yo’naltirilgan sof foydani.
Daromadning umumiy summasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Korxona buxgalteriya foydasini taqsimlash tartibida amalga oshiriladigan xarajat va ajratmalar
O’tgan yildagi faoliyat yakunlari tasdiqlangandan keiyn korxona ixtiyorida qoluvchi foydalanish tartibida qayta taqsimlanuvchi foyda
Qolgan foyda hisobidanva favquloddavaziyatlarni hisobga olish bilan mablag’lar (mulklarni jamg’arish bilan bog’liq)
Sof foyda qoldig’i
Sof (taqsimlanmagan) foyda
Korxonaning hisobot davridagi foydasi
Korxonaning hisobot yilidagi buxgalteriya foydasi
Favqulodda xarajatlar
Jamg’arish fondiga ajratmalar
Rezerv sarmoyalariga ajratmalar (ixtiyoriy va majburiy)
Korxona mablag’larini sarflanishi bilan bog’liqlar
Dividendlarga hisoblab o’tkazishlar
Iste’mol fondi hisobidan xarajatlar
Korxonaning ta’sis hujjatlariga muvofiq joriy (avansli) xarajatlari
Foydadan yil davomida birinchi navbatdagi to’lovlarga joriy foydalanish tartibida
Moliyaviy intizomni buzganlik uchun jarimalar peniyalar
Foyda hisobidan qoplanadigan boshqa soliqlar bo’yicha to’lovlar
Foydadan soliq bo’yicha to’lovlar
Moliyaviy natija (buxgalteriya foydasini) shakllantirishda e’tiborga olinadigan xarajatlar