8-mavzu: O’zbek modern hikoyalari Reja



Download 157,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana02.03.2022
Hajmi157,67 Kb.
#478180
  1   2
Bog'liq
8-maruza (1)



8-mavzu:
O’zbek modern hikoyalari

Reja: 
1.
Modern ruhidagi hikoyalarning yuzaga kelishida rol o`ynagan omillar. 
2.
Modern ruhidagi hikoyalar xususiyati. 
3.
Totalitar tuzumda modern ruhidagi asarlarning keng quloch yozmaganligining ob’ektiv va 
sub’ektiv sabablari.
4.
“Maymun yetaklagan odam” hikoyasi qahramonlari qismatida davr ifodasi.
5.
“Tobut”,’’Xaroba shahar surati’’,’’Sharpa’’ hikoyalarining o`zgacha talqini.
6.
U.Hamdam hikoyalari tahlili.(’’Bir piyola suv’’,’’Haykallar oroli’’)
Adabiyotlar 
1.
A.Otaboyev. Shu kunlar nafasi. “O`zbekiston adabiyoti va san’ati”, 1990 yil, 23 fevral.
2.
A.Mamarasulov. N.Eshonqul hikoyalari haqida. “O`zb. adab. va san’ati”, 1996 yil, 29 mart. 
3.
Q.Rahmon. Ruh ramzga ko`chganda. “Vatan”, 1993 yil, 22 sentyabr.
4.
Dovurboyeva N. “Jajman”ning jilvalari. “Yoshlik”, 1991 yil, 5-son. 
5.
B.Ro`zimuhammedov. Nasrimizga befarq qaramayapmizmi?, o`z AS, 2001 yil. 7 dekabr. 
6.
Nazar Eshonqul. Maymun yetaklagan odam. T.,”Yangi asr avlodi”, 2004 yil. 
7.
Salomat Vafo. Tilsim saltanati, “Sharq”, 2004 yil.
8.
Har bir davr o`zining yangi qarashlari va tamoyillarini yuzaga keltirishi tabiiy hol. Modern 
ruhidagi asarlarning yuzaga kelishi va birmuncha jonlanishi shuning mahsulidir. To`g`ri, 
modernizm umuman olganda adabiyotda yangi yo`nalish emas. U g`arb adabiyotida 
allaqachondan beri mavjud. Lekin u o`zbek adabiyotida yangi tamoyildir. Bizning adabiyotga 
uning kech kirib kelishining ob’ektiv va sub’ektiv sabablari bor. Ob’ektiv sababi shundaki, modern 
ruhidagi asarlar zamirida kuchli g`ayritabiiy psixologik holat yotishi bilan birga, ramziy voqea-
hodisa tasvirida, ramziy manzaralarda g`ayritabiiy olam ifodasida o`zi yashab turgan jamiyat 
illatlarini kuchli tanqid ostiga olishi va fosh qilish xarakteri mavjudligi, shuningdek, uning yuzaga 
kelish va urchishiga sababchi shaxslarning qiyofasini shafqatsiz ochib tashlash xususiyatiga 
egaligi. Ma’lumki, totalitar jamiyat bunga yo`l qo`ymasdi. Sub’ektiv sabab esa, modernizmning 
xususiyatini, uning yo`nalishi va mohiyatini o`zlashtirgan ijodkorning yetishib chiqmaganligi. 
Buning sababi tuzum siyosati va mafkurasiga borib taqaladi. Bizning adabiyotda modernizm 
mustaqillik arafasida shakllana boshladi. Mustaqillikdan so`ng ancha rivojlandi, turli xilbahslarga 
sabab bo`ldi. Nasrda modernizm yo`lini boshlab bergan va eng ko`p asarlar yozgan Nazar 
Eshonquldir. Uning bu boradagi hikoyalaridan birinchisi “Maymun yetaklagan odam”dir. To`g`ri, 
u mustaqillikdan bir oz oldin, 1989 yilda yozilgan. Hikoya bosilishi bilan birdan shov-shuvga 
sabab bo`ldi. Chunki u ko`p yildan beri mavjud usulni buzib yuborgan edi.
Hikoya qahramoni chol (Yozuvchi ism qo`ymagan. Nazarimizda ataylab shunday qilgan. 
Hikoya finaliga yetgach, uning mohiyati anglashiladi, ya’ni uning qismati bitta o`ziga emas, 
ko`pchilikka tegishli ekani oydinlashadi) o`ziga simpatiya uyg`otmaydi. Omadsiz, hayot unga 
kulish u yoqda tursin, jilmayib ham boqmagan, shundan asabiy, alamzada odamday ko`rinadi. 
Yozuvchi u haqida shunday yozadi: “U qoboqlari soliq, soqoli qirilmagan, bir paytlar semiz 
bo`lgan, ajinlartaram-taramqilib tashlaganko`rimsiz yuzi tarix kitoblarida tasvirlangan badjahl 
ma’budlarning haykaliga o`xshab ketar, unga qaragan odamning yuragi orqaga tortardi. Ko`zlari 
hissiz va ifodasiz...”. Tasvir yanada quyuqlashib, qora bo`yoqlar ortib boradi. Bu esa uning qanday 
shaxs ekanligini bilishga qiziqishni orttiradi. Voqeani hikoya qilayotgan qahramon ijara turgan uy 
bekasi uni “cholning bir paytlar tuzukkina rassom bo`lganini va hozir ham surat chizib” turishini 
aytgach, uning fe’li, tabiati emas, qismatining mohiyati e’tiborini tortadi. Bir kuni kampir 
ijarachiga cholga ovqat olib chiqib berishini aytadi. Yozuvchi uning nigohi orqali chol uyining 
ko`rinishi va u yerdagi muhitni shunday tasvirlaydi: “Cholning uyi hashamatli, keng, lekin tashlab 
ketilgan maydonday huvillab yotardi. Ustun va romlar chirigan, umuman, hovlidan chirkin va 
badbo`y hid kelardi. Chirkin hid daraxtdan, qor ostida qolib qarovsizlikdan xazonlikka yuz tutgan 


gulzordan, uyning yog`ochlaridan va ayvonda qalashib yotgan har xil rasmlar uyumidan 
kelayotgan edi” (121-bet). Dastlab, o`qiganda bu ko`rinish cholning muhiti uning yashash tarzi, 
tabiatini belgilaydigan asosday tuyuladi. Lekin hikoya finaliga yetgach, bu tasvir ijtimoiy 
xarakterga egaligi aniq bo`ladi. Ya’ni chol e’tiqod qo`ygan, ishongan tuzum qiyofasi ekanligi 
yaqqol namoyon bo`ladi. Bu narsa hikoya syujet chizig`i tasvirida o`z tasdig`ini topadi.
Voqea bayonchisi cholning rassom ekanligini bilgach, nimalar chizganini, qanday suratlari 
mashhurligini surishtirganda, san’atdan xabardorlar yigirmanchi yillardagi ijodi yaxshi ekanligini 
aytishgan edi. Shundan u ovqat olib kirganda, rasmlarini ko`rishga ruxsat so`raydi. U loqaydlik 
bilan ayvonga ishora qiladi. “Ayvon uzun bo`lib, suratlar chizilgan yillariga qarab, ko`rgazmaga 
qo`yilgandek terib qo`yilgan, to`g`rirog`i, bor-yo`g`i qirqqa yaqin suratva eskizlar “1957”, “1947”, 
“1928”, “1926” va hokazo tartibda terib qo`yilgandi...” 1921 yil sanasi yozib qo`yilgan rasmda 
quyuq o`rmondan maymunni yetaklab chiqayotgan barvasta yigit tasvirlangan edi. “Yigitning 
ko`zlari tiyrak va ishonch bilan porlab turar, maymunning bo`yniga solingan kishan tarang 
tortilgan edi” (123-bet). Boshqa suratlarda qora rangning mo`lligi mavhumlik kasb etishi bilan 
birga,butun hayotni zulmat o`rab olganday kishi qalbini qandaydir noxushlik chulg`ab olardi. 
Suratdan suratga o`tgan sari bu rangning ortib borishi kishini o`ylantirib qo`yadi. Mushohadaga 
berilasiz, natijada sanalar bejiz qo`yilmaganligini, ular zamirida katta g`oya yotishini kishi anglay 
boshlaydi. Ya’ni sanalar qo`yilgan davrdagi talato`mlar, “dushman izlashlar”, qatag`onlik, 
qadrsizlik, adolatsizliklarni yodga soladi. Ong oqimi miyaning puchmoqlariga tarqalgan sari 
rasmlar mohiyati oydinlasha boshlaydi, ularda cholhayotining o`z ifodasini topganligi, u orqali 
xalqning fojiasi naqshlanganligi anglashiladi. Va rasmdagi ramzlar pardasi ko`tarilganday bo`ladi. 
Nigoh maymun yetaklagan odam rasmiga qadaladi, unda nima ifodalangan, nima 
deyilmoqchiligini bilish uchun miyani chatnash darajasida fikrlashga majbur etadi. Natijada 
topganday bo`lamiz. Maymun bu tabiat, yigit esa jamiyat timsoli. Ma’lumki, ko`p yillar davomida 
tabiatni bo`ysundiramiz, o`z izmimizga solamiz, deb unga zug`um qildik. Bu olib borilgan 
valyuntaristik siyosat oqibatida faqat tabiat emas, uning bir bo`lagi bo`lgan insoniyat ham jabr 
tortdi. Cholning qismati, fojiasida shu narsa o`z ifodasini topgan. Asta-sekin cholning 
darg`azabligi, hayotdan noroziligi sababi aniq bo`ladi. Bu o`zi mehr qo`ygan, kelajagim, taqdirim 
shuning qo`lida deb bilgan jamiyatning mohiyatini anglaganidan. Bu narsa quyidagi suhbatdan 
aniq bo`ladi. Ijarachi yigit bilan o`zaro suhbat ketadi, yaxshilik va yomonlik haqida bahslashadi. 
Chol bu o`rinda juda falsafiy, mantiqli fikr yuritadi. E’tiqod masalasiga kelganda, u shunday javob 
beradi:
-
E’tiqod!-dedi u g`ussali ohangda,- agar bir umr e’tiqod qo`yib yashasangu, 
bir kuni e’tiqod qo`ygan narsangiz puch, yolg`on va puflab shishirilgan sharday 
omonat, siz ezgulik deb sig`ingan narsalar asli razolat ekanini anglab qolsangiz, 
bunday demasdingiz; ana shunda umringiz yomonlik bilan yaxshilikning farqi 
qolmagan, xuddi yo`ldan chiqib ketgan shuldur-shuldur, bo`m-bo`sh aravaga 
aylanardi” (128-bet). Butotalitar tuzum qiyofasidir. O`z jamiyati taraqqiyoti uchun jon 
kuydirganlarning qadriga yetmagan jamiyat, albatta, tanazzulga uchraydi. SHunday 
ham bo`ldi. Bu narsani so`nggi rasmida ifodalagan. Suratda xuddi birinchi rasmdagi 
o`rmon aks ettirilgan. Faqat bu suratda maymun umidsiz, ko`zlariga g`am cho`kkan, 
yuz-ko`zidan hayotdan nishona qolmagan, munkaygan cholni o`rmon sari yetaklab 
ketardi” (131-bet). Bunda ikkita falsafiy haqiqat o`z mujassamini topgan. Birinchisi, 
tabiat ustidan hukmronlik qilaman degan jamiyatning o`zi uning yetoviga tushib 
qolganini ko`rsatsa, ikkinchisi, dialektik qonuniyatga qarshi borgan jamiyat-
tuzumning mag`lubiyatifojiasidir. Demak, hikoya o`zi bosib o`tgan yo`llari, 
shuningdek, o`zi yashayotgan jamiyat odamlari qismati haqida mulohaza yuritishga 
da’vat etadi.
Ma’lumki, modern adabiyotining muhim xususiyati, muallif asari orqali aytmoqchi bo`lgan 
fikrini, ilgari surmoqchi bo`lgan g`oyasini ramzlarga yuklaydi. Sabab, muammo asar qahramoniga 
qanchalik jumboq, boshqotirma bo`lsa, kitobxonga ham shunday bo`ladi. Natijada kitobxon bilan 
qahramon birday o`yga, mulohazaga beriladi. Ong miya asab tolalaridan oqib, har bir puchmoqiga 


boradi. Lekin muammo yechimi topilmaydi. kitobxon endi har bir jumlani, tasvirni sinchiklab, 
mushohada qilib o`qiy boshlaydi. Va nihoyat, asar finalga kelgach, yechimni topganday bo`ladi. 
Ha, topganday! Chunki u o`tmish haqidagi o`zbek hikoyalari kabi bitta g`oya bilan cheklanmaydi. 
U ko`p fikrli va ko`p qatlamiydir. Bu fikrga “Tobut” hikoyasi yaqqol misol bo`ladi.
Hikoya uchinchi shaxs tilidan olib boriladi. Uning sababi noaniq, o`lim ko`paygan shaharga 
ketayotgan tekshiruv guruhiga qo`shib qo`yishadi. U bu holatdan o`zi hayron “...me’morchilikning 
o`latga qanday aloqasi bor (bizga hali siri aniqlanmagan o`lat deb tushuntirishdi), to`g`risi, 
hozirgacha aqlim yetmaydi”,-deydi. Qahramondek, kitobxon o`ziga savol beradi. Shaharga yetib 
kelgach, u yerda avval hayot yaxshi bo`lganini o`lim besh oycha burun boshlanganini, kun sayin 
ko`payganini, vrachlar hech qanday xulosaga kelishmaganini, chunki yuqumli kasallikdan darak 
beradigan biron alomat topisha olmaganligini aytishadi. Yana jumboq. Shahardan esa badbo`y hid 
kelardi. Shaharga kelganlar o`latni xuddi mana shu ufunotdan izlash kerak, deyishganda shahar 
boshlig`i “... hid shahar qurilgandan beri bor. O`lim esa besh oy oldin paydo bo`ldi”,- deydi.
O`limning sababini kelgan tekshiruv guruhi ham topa olmadi. Professorning hafsalasi pir 
bo`lib, loqaydlashib qoldi. Endi u bahslarga qo`shilmas edi. Bir kuni kimyogar hikoya 
qahramoniga professor sizga mana bu narsani berib yubordi, kecha bir telba o`lgan ekan, o`shaning 
cho`ntagidan chiqibdi”,- deb sarg`ayib ketgan xarita nusxa qog`oz chiqarib uzatdi. Telba shahar 
loyihasini tuzgan me’mor edi. U shoshib qog`ozni ochdi. Avvaliga hechnarsa tushunmadi. Uch-
to`rt marta aylantirib, sinchiklab qaragach, hayrat va dahshatdan nafasi ichiga tushib ketdi. Chunki 
u o`latning tub sababini anglagan edi. Chizma shu shaharning loyihasi bo`lib,shahar tobut shaklida 
qurilgan edi. Bu loyihada yaqqol ko`rinib turardi. Demak, shahar aholisining hammasi tobut ichida 
yashashgan, jumladan, tekshiruvga kelgan odamlar ham uning ichida kezishgan.
Xo`sh, yozuvchi nima demoqchi?! Agar har bir jumlalar zaminida yashiringan ramzlarga 
e’tibor berilsa, yozuvchi niyati oydinlashadi.
Shahar loyihasini chizgan me’mor shunday deydi: “Dunyoda eng ulkan va odamzod hali 
xayoliga keltirmagan shahar quramiz”,-deb xitob qilardi. Bu kommunizm qurish g`oyasini 
eslatmaydimi?Aynan o`zi. Bu sovet tuzumining birdan bir g`oyasi edi. Unga intilgan sari 
yomonlasha boshladi.Keyinchalik esa butun dunyoda sotsializm qurish harakati boshlandi. Buning 
natijasi ayanchli bo`ldi. Bu chirkin g`oya, chirkin falsafa edi. Demak, shahardan kelayotgan 
badbo`y hid bu totalitar tuzum siyosati, mafkurasidir. Chuqur o`ylanmagan, dialektik qonunga 
asoslanmay qurilgan, valyuntaristik siyosat olib borilgan tuzumning kelajagi yo`qdir. Bunday 
tuzum o`zini o`zi yemirib boradi. Shunday ham bo`ldi. “Tobut” bu kechagi sotsialistik tuzumdir.
“To`zon” hikoyasining zamiridagi yozuvchi kitobxonga yetkazmoqchi bo`lgan fikrni 
anglab olish qiyin.
Hikoya shunday boshlanadi: “Yaqinda bir tanishim bir to`da qo`lyozma ko`tarib, ” Shu 
qo`lyozmalarni bir ko`zdan kechirsangiz. Muallif ikki oy burun qazo qildi. Juda yosh edi, to`plam 
qilishga ham ulgurmagan ekan. Nimadan o`lganini ham aniqlashgancha yo`q” (132-bet). 
U ikki oydan so`ng qo`lyozmani o`qiy boshlaydi. Oldin ham marhumni ikki-uchta 
hikoyasini o`qiganini eslaydi. Bu eslash marhum xususida taassurot uyg`otadi. U haqida shunday 
deydi: “Muallif tushkunlik, umidsizlik, ikkilanish, jur’atsiz, hijolat, xavotir va mavhumliklar aro 
o`ziga shunday yo`l ochib olgandiki, uni endi bu yo`ldan surib chiqarish mumkin emasday bo`lib 
tuyulgandi menga ” (132-bet). Qo`lyozma haqida ham juda ko`tarinki fikr bildiradi, ya’ni 
“majozlari, manzaralari va ramzlari mening ko`nglimni lopillab yoritib yuborgan”,-deydi. Bu 
ramzlar quyidagilardir: “... ko`chalarda o`lja izlab, uvillab yurgan o`lim, qabrlari ochilib yotgan 
mozoriston oxiri jarlik bilan tugaydigan yo`l, qaygadir shoshib ketishayotgan boshsiz odamlar, 
ko`zlari chippa ko`r bobolari izidan oq qasrni izlab borishayotgan bolalar, faqat qo`zichoq 
tug`adigan ayol, egasiz va qarovsiz daydib yurgan otlar, umr bo`yi hech kim sotib olmaydigan 
hanjar yasab o`tirgan usta, donishmandning boshini koptok qilib tepishayotgan olomon haqida 
so`z borar va ular odamning ko`nglida achchiq xo`rsiniq uyg`otar edi” (133-bet). Ko`rinib 
turibdiki, har bir jumla ramziylikka ega. Buning tagiga yetish uchun mushohada va yaqin 
o`ttmishni ko`z oldiga keltirmoq lozim. Ko`chalarda o`lja izlab, uvillab yurgan o`lim bu— kishini 
o`zligidan mahrum etgan, ma’naviy o`ldirgan totalitar tuzum siyosati, mafkurasi, “qabrlari ochilib 


yotgan mozor” – milliy urf-odat, diniy e’tiqoddan judolikdan qalbning vayron bo`lishi. Jarlik bilan 
tugaydigan yo`l-tuzumning olib borayotgan yo`lining nihoyasi tanazzul. Qaygadir shoshib 
ketayotgan boshsiz odamlar – fikrlashdan mahrum, o`z fikriga ega bo`lmagan omma, oq qasr esa 
– adolat, najot, farovonlik ramzi. Unga muyassar bo`lishga bobolar intilgan edi. Endi yangi avlod 
intilyapti. Ma’lumki, faqat intilish bilan unga erishib bo`lmaydi. Qo`zichoq tug`adigan ayol — 
mute’lik ruhiyatini yuzaga keltirgan mashina — jamiyat. Otlar esa shijoatkorlik ramzi, ularning 
daydib yurishi bu tuyg`uning so`nishi, ya’ni qanotning qayrilishi. Hanjar yasayotgan usta ahvolida 
esa – xalq amaliy san’atiga e’tiborsizlik, uni so`ndirish. Yaroqsiz bir matohga aylantirish, millatni 
qiyofasizlantirish, milliy qadriyatlaridan mahrum qilishdir. Donishmandga bo`lgan munosabatda 
– ma’rifatsizlik ifodasi. Buni anglash kechagi tuzumni butun qiyofasi bilan ko`z oldiga 
keltirmoqlikdir.
Ma’lumki, insoniylikka zid bo`lgan illatlarning vujudga kelishiga faqat jamiyat, tuzum 
aybdor emas, balki insonlarning o`zi ham sababchidir. Hikoyada bu haqiqat ramzda emas, haqiqiy 
hayotiy tasvirda o`z ifodasini topgan. Qo`lyozmada shunday yoziladi: “Bugun yozuvchi A. bilan 
uchrashuv bo`ldi, zal odamga to`lib ketdi: “Taniqli yozuvchilar A.ni... ustoz, deb maqtadi... 
kasalligim uchun bugun meni ishdan bo`shatishdi. Miyamda o`zgarish bor ekan”.
Qo`lyozmada o`z davri uchun dasturamal bo`lgan kitob haqida yoziladi. U haqida shunday 
deyiladi: “Kitobda aytarli hech voqea yo`q, til ham zanglagan kosov kabi quruq, joziba va 
nafosatdan xoli, dag`dag`a va vahm to`la manzaralar joy olgan, ko`rimsiz, aytish mumkinki, 
g`oyatda dag`allik bilan yozilgan zil-zambil jumlalardan iborat edi”.
Bu kitob o`sha davrda barcha bilishi zarur bo`lgan, lekin shuurga shuur qo`shish o`rniga 
miyani g`alvirak qiladigan “KPSS tarixi” va “Ilmiy kommunizm” darsliklaridir. Mazkur kitoblarni 
miyaxo`r desa ham bo`ladi. Chunki u ongdagi ilmiy fikrlarni, ilm bazasini siqib chiqaradi. 
Oqibatda miya fikrlash o`rniga unda to`zon o`ynaydi. Bu to`zon ko`p narsani domiga tortadi. 
Undan fikrlovchi odamning omon qolishi dushvor. Qo`lyozma muallifi ham qololmagan.
“O`lik mavsum” hikoyasi, dastlab, an’anaviy usulda yozilganday tuyuladi. Voqealar aniq 
hayotdagidek. Talabalar ozg`in, qiltiriq domlasining ma’ruzalarini yaxshi ko`rishadi. Uni 
tinglovchilar safi kundan-kunga ko`payib boradi. Chunki boshqa fakultetlardan domlaning 
ma’ruzasini tinglagani talabalar kelishadi.
Domlaga savollar berishar, bahslashardi. Talabalar har safar domlaning mantiqiy javoblariga 
tan berishardi. Shundan u talabalar ko`nglidan shunchalik joy oladiki, unga bag`ishlab she’rlar 
yozishadi. Yozgi ta’tilda qahvaxonadagi yig`inga ustozni taklif qilib, u bilan yaqindan tanishib 
olish g`oyasi tug`iladi. Uning uyini hech kim bilmasdi. Xodimlar bo`limidan manzilini zo`rg`a 
aniqlab, u yerga borganda, qabriston tepasidagi raqam ustoz uyi ko`rsatilgan raqam bo`lib chiqadi.
Demak, talabalarga o`lik ustozlik qilgan ekan. Ular o`likka mehr qo`yishgan. Shunday 
bo`lishi mumkinmi?! Sirtdan qarasa, g`ayritabiiy hol. Mushohada qilinsa, haqiqatga yaqinligini 
sezamiz, hatto haqiqat deyishga asos bor. Biz bilimni, ma’rifat va ma’naviyatni faqat jismoniy 
tirik odamlardan olmaymiz. Agar shunday bo`lganda, ilmimiz ko`lami torayib qolardi. Bizga keng 
miqyosda fikrlashga izn beradigan vosita kitob va tarixiy manbalardir. Ularni yozganlar esa 
allaqachon dunyodan o`tib ketishgan. Lekin ularning fikrlari hayot hodisalarini idrok etishga, 
mohiyatini anglashga dasturamal bo`lib kelyapti. Chunki to`g`ri falsafiy haqiqat hech qachon 
o`lmaydi. Shu ma’noda, ular bir qadar ustozlik rolini o`tashadi. Yozuvchi hikoyada shu haqiqatni 
nazarda tutib, “o`lik ustozlik qilibdi”,- deganda bir qadar haq. Haqiqatan ham, qatag`onga 
uchraganlar — Behbudiy, Fitrat, Sotti Husayn, Otajon hoshim, Vadud Mahmud va boshqalarning 
ilmiy-tadqiqot ishlari bugungi kunda haqiqatni anglashda qo`l kelyapti, ya’ni ustozlik rolini 
o`tayapti. Yozuvchi shularni nazarda tutgani ehtimoldan holi emas.
“Og`riq lazzati” hikoyasi polifonik xususiyatga ega. Uning leymotivini bitta fikr yoki g`oya 
bilan izohlab bo`lmaydi. Hikoyaning qisqa syujeti shunday. Ustilari uvada-chuvada, tanalari yara-
chaqa mahkumlar har qanday qiynoqqa solishmasin g`ing deyishmaydi, qaytaga yuzida nim 
tabassum paydo bo`ladi.
Mazkur hikoyaga ikki tomonlama, ya’ni dunyoviy va naqliy tafakkur jihatdan yondoshish 
lozim. Dunyoviy ilm jihatdan yondoshganda qiynoqqa solingan mahkumlar timsolida hayotda, 


jamiyatda ro`y berayotgan voqea-hodisalar mohiyatini teran idrok etishga qodir shaxslarning 
iztirobi inkishof qilingan degan xulosaga kelish mumkin. Ma’lumki, jismoniy og`riq tuzaladi. 
Ruhiy iztirob esa abadiy, ayniqsa, totalitar jamiyatda og`ir kechadi. Mahkumlarning qiynoqlarga 
qaramay, tabassum qilishi esa ikki marta qatag`onlik(hatto uch marta deyish mumkin)ni boshidan 
kechirgan ziyolilarning ahvoli va qiyofasiga ishoradir. Shuningdek, ularning qanday azoblarga 
duchor bo`lganliklarining yorqin manzarasi hamdir.
Naqliy jihatdan esa yorug` dunyo azoblariga bardosh berishlik Allohning sinovidan o`tib, 
oxirat saodatiga erishmoqlikdir. Sinovlarga bardosh berishlik, ruhiy poklanishdir. Ruhiy 
poklangan odamning boqiy dunyodagi makoni jannatdir. Gullarga ko`milishi shunga ishoradir. 
Hikoya mana shunday dunyoviy va ilohiy haqiqatni anglatishi bilan ahamiyatlidir.
Salomat Vafo hikoyalarida ham modern yo`nalishiga moyillik kuchli. Uning hikoyalari 
ruhiyat tasvirining quyuqligi, ayollar olami, qismati, taqdiri ta’sirchan yoritilgani, shuningdek, fikr 
va g`oyada islom falsafasiga suyanganligi bilan ajralib turadi. “Qora beva” shu tamoyildagi 
hikoyadir. Ma’lumki, kishining oilaviy baxti, undan mamnunlik, uning umumhayotiy baxtini, 
jamiyatda qozonadigan mavqeini ham belgilaydi. Chunki bunday odamning ko`ngli ko`tarinki, 
ruhiy tetik bo`ladi. Yolg`izlikka mahkum kishining esa ko`ngli doim siniq, ruhiyati esa mahzundir. 
Bunday kayfiyatdagi odamning ishonch tuyg`usi so`niq bo`ladi, kelajagiga ko`p ham umid 
qilmaydi. Bunday ruhdagi odam mavqe’ pog`onalaridan ko`tarilish o`rniga, tobora pastlashib 
boradi. Uning oqibati esa ham ma’naviy, ham jismoniy tanazzuldir. Hikoyadabu falsafiy va 
hayotiy haqiqat qo`shiqchi ayolning ruhiy kechinmalari tasvirida inkishof etilgan.
Hikoya shunday yakun topadi: “Beka havo yetishmayotganday atrofga alangladi, qo`llari 
bilan paypasladi... yapasqi shisha ilashib chiqdi, atir shishasini bor kuchi bilan ko`zguga otdi... 
ko`zgu ham taqdirga tan berganday “chil-chil” bo`ldi. Sukunat, xotir, kulgu va xansiroq 
maydalanib ketdi. Ayvonning oqarib qolgan derazasi qora mazutday yaltirayotgan shisha 
sizirillab, qaydadir xo`roz qichqirdi, qaydadir baland pardada palag`da qo`shiq yangradi. Akatsiya 
ingrayotganday sonsiz barmoqlarini iltijo va o`kinch bilan deraza tomonga cho`zdi” (173-bet).
1
Bu holat tasviri ko`p ramzlarga ega. Ko`zgu bu ayolning o`tmish hayotining ramzi. Uning 
sindirilishi o`tmishi bilan xayrlashishiga ishora. Palag`da qo`shiq aytayotgan kimsa esa farrosh 
ayol. U hayotda katta mavqega ega bo`lmasa-da, turmush tarzidan mamnun. Qo`shiq aytishi 
ko`rsatadi. Akatsiya daraxti esa yolg`izlikni ifodalaydi. U beka derazasi qarshisida yolg`iz o`sadi. 
Uning hayoti va iztiroblaridan xabardor. O`zi yolg`iz o`sgani uchun yolg`izlik olamini teran his 
kiladi. Barmoqlarini iltijo va o`kinch bilan cho`zishining boisi shundan. Hikoyani «Qora beva» 
deyilishi bevaning qismati va hayotining zulmatda kechganiga ishoradir.
Qur’oni karimning «Zumar» surasini 53-oyatida shunday deyiladi: «Ey, Muhammad, turli 
gunoh-marsiyatlar qilish bilan mening o`z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: 
«Ollohning rahmat-marhamatidan noumid bo`lmangiz! Albatta Olloh (o`zi hohlagan 
bandalarining) barcha gunohlarini mag`firat qilur. Albatta, Uning o`zigagina mag`firatli, 
mehribondir». Yana bir o`rinda esa, «Zulm yo`lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar 
(ergashmanglar) aks holda sizlarga do`zax o`ti yotar... Albatta yaxshi amallar yomonlik-
gunohlarni ketkazur» («Hud» surasi, 113-114-oyatlar). 
Salomat Vafoning «Qaytish» hikoyasi islomiy falsafaga suyanib yozilgan. Hikoya syujeti 
shunday. Bir oila – ikki qiz, ota tongda toqqa chiqishib, na manzilga yetadi, na o`z makonini topa 
oladi. Hikoya voqeasida ismi aytilmagan kimsa shunday deydi: «Ertalabdan otam, singlim va men 
ikki – uch marotaba talashib, urishib olgan edik». Bu gap ularning sargardonligining sababini 
ochib beradi. Ular millatimizning umuminsoniy axloqiga zid yo`l tutishgan. Hikoya faqat mazkur 
oilaning hayoti bilan cheklanib qolmaydi. Uning vositasida boshqa odamlar qismatiga to`xtaladi. 
Oqibatda hikoyaga yuklatilgan fikr toshi ortib boradi.
Ular qabrlarga duch keladi. Ota tilovat tushiradi. Bu haqida har kim har qanaqa fikrlar 
aytadi. Aslida esa ular yomonlikka yomonlik bilan kurashgan odamlar qismatidir. Hikoya so`ngida 
oila o`z yo`lini topib, makoniga yetib kelishadi. Sababi ular qo`rqinchli hodisalar oldida dovdirab, 
1
Salomat Vafo. Tilsim saltanati. “Sharq”. BT., 2004 yil. Bundan keyingi misollar sham shu nashrdan olinadi va faqat beti 
ko’rsatiladi. 


o`zligini yo`qotib qo`yishmadi, ba’zi odamlar qismatidan ta’sirlanib, o`zlariga zulm qilmadilar. 
Balki Allohning rahmatidan noumid bo`lishmadi. Shundan yaratgan ularga mag`firat ko`rsatdi. 
Yozuvchining hikoya voqeasidan keltirib chiqaradigan xulosasi shudir. Bu milliy ma’naviyat va 
naqliy bilim nuqtai nazaridan yondoshganda to`g`ridir. 
Lekin Saloma Vafoning hikoyalarini Nazar Eshonqul hikoyalariga tenglashtira olmaymiz. 
Chunki ramzlarda berilgan masala barcha o`rinlarda ham hikoyaning umum syujetiga singishib 
ketmagan, shuningdek, ular teran ijtimoiylikka ega bo`lmagani uchun fikrlashga da’vat etadigan 
keng ko`lamga ham ega emas. Shundan kitobxon fikrini bir nuqtaga jalb qilshi qiyin kechadi, 
yechim esa oson. Bundan ko`rinyaptiki, yozuvchi modern yo`nalish tamoyillarini o`zlashtirish 
uchun ancha mehnat qilishi lozimdir. 

Download 157,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish