Xitoyda maktabgacha va boshlang’ich ta’lim.
Xitoyda maktabgacha ta’lim bolalar bog’chalari va maktabacha ta’lim muassasalari hisoblanadi va 3-6 yoshli bolalar qabul qilinadi.
Maktabgacha ta’limining maqsadi bolani maktabga o’qishiga tayyorlashdan iborat bog’chasi mavjud bo’lib, ular davlat va xususiy muassasalarga bo’lingan.Hozirgi kunda hususiy bog’chalar soni jami bolalar bog’chalarining 30 %ini tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim Xitoyda jamiyatning birgalikdagi say-harakatlari natijasida amalga oshiriladi. Davlat mavjud qonunlar asosida bolalar bog’chalarini ochishga xohishi bo’lgan tashkilotlar, nodavlat-notijorat muassasalar, hamda alohida shaxslarni qo’llab-quvvatlaydi.
Xitoy maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanish bosqichlariga nazar tashlaydigan bo’lsak, ikkinchi jahon urushuga qadar Xitoyda bolalar bog’chasi juda kam edi.
Bori ham hususiy muassasalar bo’lib, unga boy oilalarning bolalari enagalari bilan kelishardi.
Urushdan keyingi yillarda XXRning maktabgacha ta’lim tarixi davlatlarining asosiy rivojlanishiga mos holda 4 bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchisi: 1949 – 1957 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davlat tizimining sobiq
Ittifoq tizimiga orientatsiyalangan davri edi. Bu davrda sobiq Ittifoq mutaxassislari
Xitoy mamlakatida bir necha tajriba bolalar bog’chalarini tashkil qildilar. Shundan keyin bolalar bog’chalari soni keskin ortdi.
Bu bog’chalarning asosiy tamoyili “Pavlov yondashuvi” deb nomlanib, refleksiologiya asoslarini ishlab chiqqan rus olimi I.P.Pavlov nomiga qo’yilgan edi.
Pedagogikada “Pavlov yondashuvi” quyidagicha talqin qilinardi: “Bolani rag’batlantirib, tergab to’g’ri tarbiyalasa, unda barcha yaxshi xislatlar va qobiliyatlarini shakllantirish mumkin”
Xitoyda bolalarbog’chasikatta bo’lib, o’rtacha 270 bola va 60 ta tarbiyachilar jamoasidan iborat. Guruhda 26 ta bola bo’lib, ularningbir qismibog’chada kunduzgi soat 8:00 dan 18:00 gacha bo’ladilar va kechqurun uyga ketadilar. Bir qismi (5%) kechasi ham qoladilar. Chorshanba va shanba kunlari uyga ketadilar. Bog’chaga qabul soat 7:45 da boshlanadi.
Ma’lumki, Xitoy aholisi juda ko’p davlat. Shu bois ham Xitoy davlati tug’ulishni rejalashtirish sohasida qat’iy siyosat olib boradi. Har bir oila bittadan ortiq bola ko’rmasligi kerak. Oilada bola sonining chegaralanganligi ota-onaning bolaga munosabatida o’z ifodasini topadi. Xitoy oilasida bittayu-bitta bolasini erkalatadi, yaxshi ta’lim berishga harakat qiladi.
Bolalar bog’chasida qat’iy tartib va intizom o’rnatiladi, bolalar erkaliklari ta’qiqlanadi. Tarbiyachilar bolalarning shaxsiy hususiyatini yaxshi biladilar, lekin bu hususiyatlari tug’ma deb hisoblamaydilar. Yomon intizom ilk ko’rinishidayoq bartaraf etiladi, agar bola o’zini yomon tutsa, tarbiyachi uning yoniga kelib, bu holatini sezganini bildiradi, lekin gapirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |