O‘quv-laboratoriya jihozlari, ustaxona anjomlari va o‘quv texnika vositalaridan foydalanishni tashkil etish tartibi
1.1. Ta’lim muassasalarida mavjud jihoz, asbob-uskuna va o‘quv texnika vositalari (avtomobil, traktor, o‘ziyurar mexanizmlar va kompyuter orgtexnika vositalari)dan samarali foydalanish bo‘yicha rahbar va pedagog kadrlar hamda moddiy javobgar shaxslarning majburiyatlari va vazifalari:
a) o‘quv reja va dasturlarga muvofiq amaliy, laboratoriya va o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarini tashkil etishda mavjud jihoz va kompyuter orgtexnikalaridan to‘liq foydalanishni ta’minlash;
b) fanlar bo‘yicha ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda mavjud jihozlardan samarali foydalanishni e’tiborga olish;
v) professor o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining taqvim mavzu rejalaridagi tegishli mavzularga jihozlarni mos ravishda bog‘lash;
g) har bir jihoz, asbob-uskuna va texnikadan bir o‘quv yilida foydalanish yuklamalarini ishlab chiqish va o‘quv yilining yakunida ulardan foydalanish bo‘yicha hisobot tayyorlash;
d) hududlarda jihozlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etish;
e) yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish;
j) jihozlardan foydalanishning texnikaviy xavfsizlik chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
z) byudjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘ topish maqsadida o‘quv jarayonini to‘liq ta’minlagan holda mavjud jihoz, kompyuter va orgtexnikalardan foydalanib, servis xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish.
1.2. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalari, o‘quv-laboratoriya xonalari va fan kabinetlariga berilgan jihozlar oldindan ishlab chiqilgan loyiha asosida joylashtirish va o‘rnatish;
1.3. Ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor va Respublika ixtisoslashtirgan dizayn va rassomlik maktab ta’limi muassasalarida direktor o‘rinbosari umumta’lim fanlari o‘quv va laboratoriya xonalarini, moliya va iqtisod bo‘yicha prorektorlar, kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari maxsus fanlar o‘quv va laboratoriya xonalari, ustaxona, o‘quv-tajriba xo‘jaliklari va avtodromdagi jihozlardan mashg‘ulotlarda to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilib borish;
1.4. O‘quv-laboratoriya xonalari va ustaxonalardagi mavjud o‘quv jihozlaridan mashg‘ulotlarga tayyorlanishda qulaylikni yaratish maqsadida kartoteka tashkil qilish;
1.5. O‘quv-laboratoriya xonalari, fan kabinetlari, va ustaxonalarga mas’ul etib biriktirilgan shaxslar rahbarligida mashg‘ulot o‘tkazadigan professor o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bilan xonalarni jihozlashning istiqbol, yillik rejasi va o‘z kuchlari bilan jihozlashning ish taqsimotlari amalga oshirish;
- xonaga biriktirilgan o‘quv guruhlari bilan birgalikda jihozlarning tozaligi, sozligi va saqlanishi bo‘yicha ish olib borish va har o‘quv yili yakunida mavjud jihozlar inventarizatsiyadan o‘tkazish.
1.6. Jihozlangan xonalarga biriktirib qo‘yilgan xodimlar xonada xavfsizlik texnikasi (mehnat muhofazasi, yong‘in xavfsizligi hamda sanitar-gigiena holati) qoidalarining bajarilishiga, mavjud jihoz hamda materiallardan tejamkorlik bilan foydalanishga va talaba o‘quvchilarni ham tejamkorlikka o‘rgatishga mas’ulligini ta’minlash;
1.7. O‘quv-laboratoriya xonalari, fan kabinetlari, o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalaridagi mavjud jihozlardan foydalanishda talaba o‘quvchilar xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomasi bilan tanishtirish va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish;
1.8. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar vaqtida dastgohlarda xavfsizlik himoya to‘siqlarining mavjudligiga e’tibor qaratish;
1.9. Mashg‘ulotlar tugagandan so‘ng, ish joylaridagi jihoz va asbob-uskunalarning holati ko‘rikdan o‘tkazish, tozalash va ular doimiy saqlash joyiga qo‘yish;
1.10. Ayrim kimyoviy reaktivlar, jumladan, yonuvchi moddalar (natriy, kalsiy, kalsiy karbid, rux, alyuminiy, oltingugurt, temir, temir sulfid chang formalarda) va uchuvchi yonuvchi suyuqliklar (dietil efir, atseton, benzin, spirt, benzol va boshqalar)dan foydalangan holda amalga oshiriladigan tajribalar mo‘rili shkaflarda o‘tkazilishini ta’minlash;
YUqori konsentratsiyali kislota va ishqor (ammiak 25%) eritmalaridan foydalanganda ularni kuydirish va o‘yish xususiyatlarini, nitratlardan foydalanganda esa boshqa kimyoviy moddalar bilan aralashishi natijasida yonuvchi va portlovchi moddalar hosil bo‘lishini hisobga olish ;
1.12. O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi O‘lchash vositalarini qiyolash (asosiy qoidalar) to‘g‘risidagi Davlat standarti (O‘z DSt 8.003:2005)ning 4.6-bandiga asosan “O‘qitish (namoyish) maqsadida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari”ning yaqqol ko‘rinadigan joyiga “O‘” belgisi yozib qo‘yish;
- SHuningdek, Davlat standartining 4.4-bandiga asosan davlat metrologik tekshiruvi va nazorati doirasida qo‘llash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositalari qiyoslashdan o‘tkazish;
1.13. O‘quv texnika vositalari ta’lim muassasalariga etkazib berilgandan so‘ng, o‘n kun muddatda joylardagi tegishli nazorat qiluvchi muassasalar (Davlat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yoki Davlat texnika nazorati inspeksiyasi)da ro‘yxatdan o‘tkazish va bir yilda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash;
1.14. O‘quv texnika vositalariga ishlab chiqaruvchi korxonaning texnikadan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmasida belgilangan muddatlarda tegishli texnik qarov ko‘rsatuvidan o‘tqazish;
1.15.Mutaxassisliklari mavjud ta’lim muassasalariga yakka tartibdagi o‘quv mashqlari hamda o‘quv-tajriba xo‘jaliklarida amaliyot vaqtida foydalanish uchun berilgan va boshqa texnikalardan birinchi navbatda o‘quv maqsadlarida foydalanishga ta’lim muassasalari rahbarlarini shaxsan mas’ulligini oshirish;
1.16. Barcha fan xonalari, laboratoriya, ustaxona, o‘quv-tajriba xo‘jaligi jihozlar va ularning ishga yaroqlilik holati ta’lim muassasasining Pasportida o‘rnatilgan tartibda qayd etib borish;
1.17. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalaridagi nosoz holga keladigan dastgohlarni ta’mirlash soha mutaxassislarini jalb qilgan holda amalga oshirish;
1.18. O‘quv-laboratoriya jihozlari, ustaxona anjomlari va o‘quv texnika vositalaridan maqsadli foydalanish va ularning saqlanishini samarali tashkil etgan professor o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari, fan xonasi mas’ullarini rag‘batlantirish masalasi ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan yarim yillik va o‘quv yili yakuni bo‘yicha ko‘rib chiqish;
1.19. Mas’uliyatsizlik tufayli xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yib, o‘quv-laboratoriya jihozlari va texnikalarning ishlash muddatining qisqarishiga, qismlarining ishdan chiqishiga olib kelgan javobgar shaxslarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy va intizomiy choralar ko‘rish;
1.20. Mavjud jihozlardan samarali foydalanish va ularni saqlash holati ta’lim muassasasining ilmiy va pedagogik kengashlarida o‘quv yilida kamida bir marta muhokamadan o‘tqazish;
Do'stlaringiz bilan baham: |