8-MAVZU: IQTISODIY RIVOJLANGAN DAVLATLARDA TA’LIM TIZIMI.
REJA:
Rivojlangan mamalakatlarda ta’lim tizimining o’ziga xosligi
Amerika qo’shma shtatlarida ta’lim tizimi
Yaponiya va Fransiyada ta’lim tizimi
Tayanch so’zlar:
Hozirgi davrda jahonda ta‘lim tizimining ahvoli. Rivojlangan xorijiy davlatlar ta‘lim tizimini o`rganish maqsadida AqSh, Frantsiya, Yaponiya davlatlarining ta‘lim tizimi tarkibini yoritmoqchimiz.
I. Amerika qo`shma Shtatlarida ta‘lim tizimi quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
-maktabgacha tarbiya muassasalari – 3 yoshdan 5 yoshgacha bo`lgan bolalarni tarbiyalashga xizmat qiladi;
-boshlang`ich maktablar (1-8-sinflar) – 6 yoshdan 13 yoshgacha bo`lgan bolalar ta‘lim oladilar;
-o`rta maktablar (9-12-sinflar) – 14 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan bolalarning ta‘lim olishlari uchun imkoniyat yaratadi. O`rta maktab quyi va yuqori bosqichdan iborat.
-oliy ta‘lim - 2 yoki 4 yil mobaynida kollejlar hamda universitetlarda amalga oshiriladi.
-universitetlar va boshqa oliy o`quv yurtlari tarkibida tashkil etiladigan aspirantura va doktoranturadir.
AqShda majburiy ta‘lim 16 yoshgacha amal qiladi. Mamlakatda faoliyat yuritayotgan o`quv yurtlari davlat, jamoa, xususiy tasarruflar hamda diniy muassasalarga tegishli bo`lishi mumkin.
Amerika qo`shma Shtatlarining maktablari uchun yagona o`quv rejasi yo`q. Xar bir shtat o`z o`quv rejasiga ega. Shunga ko`ra Shtatlarda boshlang`ich ta‘lim 4, 5, 6 va 8 yillik bo`lishi mumkin.
II. Yaponiya ta‘lim tizimi o`z ichiga maktabgacha tarbiya muassasalari, boshlang`ich maktablar, yuqori o`rta maktablar hamda oliy ta‘lim beradigan universitetlarni oladi.
Bolalar bog`chalariga bolalar 3-5 yoshlarida boradilar va 3, 2, 1 yillik ta‘lim kurslariga jalb qilinadilar.
Boshlang`ich maktabga bolalar 6 yoshdan boradai va 6 yil o`qiydi. Boshlang`ich maktabni tugatgandan keyin kichik o`rta maktabda 3 yil ta‘lim oladilar. Yaponiyada 9 yillik bu ta‘lim majburiy bo`lib, barcha bolalar bepul o`qitiladi, ular tekin darsliklardan foydalanadilar.
Yuqori bosqich o`rta maktab Yaponiyada ixtiyoriy bo`lib, uning kunduzgi, kechki va sirtqi turlari mavjud. O`qish muddati 3 yil.
Oliy ta‘limga yuqori bosqich o`rta maktablarni tugatgan bitiruvchilar qabul qilinadilar. Oliy ta‘limni universitetlarda olish mumkin. Oliy ta‘lim tizimiga kirgan bo`lsada, o`rta maxsus ta‘lim beradigan kichik kollej, texnik kollej, maxsus tayyorgarlikdan o`tish imkonini beruvchi kollejlar ham mavjud. Yaponiyada faoliyat olib borayotgan 460 ta universitetning yarmidan ko`pi xususiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |