So‘lak ajralishini tekshirish metodikasi. Hayvonlardagi so‘lak bezlarining funksiyasini o‘rganish uchun I. P. Pavlov chiqaruv yo‘li fistulasi qo‘yish operatsiyasini taklif qilgan. Buning uchun quloq oldi yoki jag‘ osti bezining papillasi atrofidagi bir parcha shilliq parda bilan birgalikda qirqib olinib, teri jarohatiga chiqariladi va lunjning tashqi yuzasidagi teriga tikib quyiladi. SHunday fistulani o‘rnatib, xayvonda so‘lak ajralishini ko‘p yillar mobaynida kuzatish mumkin. So‘lak bezlari yo‘llarining fistulalari ba’zan (masalan, yarador bo‘lgandan keyin yoki ba’zi kasalliklar oqibatida) odamda ham uchrashi mumkin. Odamda jag‘ osti yoki quloq oldi bezining yo‘li ochiladigan joyidagi shilliq pardaga kichkina metall voronka - Leshli-Krasnogorskiy kapsulasini quyib so‘lak olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |