Me’da sekretsiyasining me’da va ichakka taallukli fazalari. Kiska vakt (8-10 minut) davomida yolgondan ovkatlantirish me’da sekretsiyasini 2-3 soatga kuzgatadi, me’dadan shira chikishi normal sharoitda 6-8 soat va undan uzokrok davom etadi. Demak, me’dadan shira chikish davrini ogiz bushligi bilan xalkum, shuningdek kuz, burun va kulok retseptorlarining kuzgalishidan kelib chikadigan reflektor ta’sir bilan tushuntirib bulmaydi. Bundan, me’da sekretsiyasining boshka mexanizmi bor, degan xulosa chikishi tabiiy. Bu mexanizm me’daga ovkat tushgandan keyin sekretsiyasining me’daga taallukli fazasida va ichakka ovkat utgandan keyin ichakcha taaalukli fazasida ruyobga chikadi. Ogiz bushligi retseptorlari ta’sirotdan maxrum kilinganda (masalan, ovkat itga bilintirmay me’daga fistula orkali kiritilganda) me’da shirasining chikishi shundan guvoxlik beradi. Me’daga gusht kiritilganda sekretsiyasining latent davri 30 minut va undan ortik davom etadi, ajralgan shira esa odatdagicha ovkat berishdagiga karaganda 2-3 baravar kam buladi. Ovkatning ba’zi turlari – gusht shurvasi, karam suvi, sut – ichakcha kiritilganda me’da bezlari sekretsiyasiga sabab buladi.
Ovkat me’daga tushganda me’da bezlari sekretsiyasini mexanik va ximiyaviy ta’sir kursatib kuzgaydi, ichakka tushganda esa fakat ximiyaviy yul bilan kuzgaydi. Odam me’dasining shillik pardasiga mexanik yul bilan ta’sir etib olingan me’da shirasi tarkibi va xossalari (kislotalar mikdori va xazm kuchi) jixatdan reflektor ta’sirotda chikadigan shiraga uxshaydi.
Me’da mexanik yul bilan ta’sirlanganda refleks yuli bilan shira chikadi, bu refleks me’da devoridagi mexanoretseptorlarning ta’sirlanishidan vujudga keladi. Adashgan nervlar kirkib kuyilganda bu refleks yukoladi. Bundan tashkari, me’da devoriga mexanik yul bilan ta’sir etilganda sekretsiya gumoral yul bilan xam kuzgaladi, chunki bunday ta’sirot pilorusda me’da sekretsiyasini kuzgatuvchi ximiyaviy modda xosil kiladi, bu modda esa konga surilib, keyin bez xujayralariga ta’sir kursatadi.
Me’daning sekretor apparatiga ta’sir kursatuvchi gumoral, ximiyaviy ta’sirotlar borligi Geydengayn usulida kichik me’dacha ajratilgan itlar ustidagi tajribalarda isbot etiladi. Operatsiya vaktida me’daning me’dacha ajratiladigan kismini innervatsiyalovchi tolalar (nn. vagi tolalari) kirkilgani va bu kismining kon bilan ta’minlanishi saklab kolingini uchun bu me’dachada shira ajralishining reflektor mexanizmi bulmaydi va fakat gumoral mexanizm saklanib qoladi.
Me’dachasi ajratilib, denervatsiyalangan, ya’ni markaziy nerv sistemasi bilan alokasi uzilgan itga ovkat berilsa, kichik me’dachadan shira ajralishi ovkatlanishdan 30-50 minut keyin boshlanadi. Katta me’da sekretsiyasi esa erta boshlanadi va katta me’da xujayralari sekretsiyasining intensivligi kichik me’dacha xujayralarinikiga karaganda ancha yukori buladi. Ovkat xazm kilishning keyingi soatlarida katta me’da bilan ajratilgan me’dacha bezlaridagi sekretor protsess intensivligi bir xil.
Me’dada ovkat xazm bulishi vaktida unda vujudga keladigan va konga utib me’da sekretsiyasini kuzgatadigan ximiyaviy birikmalar kichik me’dachadan shira chikishiga sabab buladi. Denervatsiyalangan kichik me’dachadan shira chikish intensivligi birinchi ikki soatda kamligiga sabab shuki, sekretsiyasining bu vaktda muxim rol uynaydigan reflektor mexanizmi bulmaydi.
Gastrinning ximiyaviy modda ekanligini 1964 yilda R.A. Grigori aniklagan. U buka me’dasining pilorik kismidan shillik pardadan ikki polipeptidni ajratib olishga erishdi. Bular itning terisi ostiga yuborilganda me’da sekretsiyasini kuchli ravishda kuzgaydi. Bu polipeptidlarning ximiyaviy tuzilishi aniklangan. Ulardan biri it va odamning me’da sekretsiyasini kuzgatuvchi modda bulib, ma’lum tartib bilan uzaro birikkan 17 ta aminokislota koldigidan iborat. R.A. Grigori va xamkorlari gastrin degan aktiv preparatni ximiyaviy sintez yuli bilan olishdi. Xayvonga sintetik preparat yuborilganda me’dadan birtalay nodon shira chikadi, shuningdek me’da osti bezi sekretsiyasi kuchayadi, me’da va ichakning xarakatlantiruvchi apparati kuzgaladi. Gastrin me’da sekretsiyasini kuzgatuvchi kuchli modda – mashxur gistaminga karaganda 500 baravar aktivrok bulib chikdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |