Shaxsning asosiy tiplari
Ayzenk insonlar haqida ma’lumotlar olish uchun o‘z-o‘zini kuzatish, ekspert baholash, biografik ma’lumotlar analizi, fizik va fiziologik parametrlar, shuningdek, ob’ektiv psixologik testlar singari ko‘plab metodlardan foydalangan. Olingan ma’lumotlar shaxs strukturasini aniqlash uchun faktorli analizda qo‘llanilgan2. O‘zining dastlabki tadqiqotlarida Ayzenk ikki asosiy tipni ajratgan – introversiya/ekstraversiya va neyrotizm/barqarorlik (ba’zi holatlarda bu faktor beqarorlik/barqarorlik deb ham ataladi). Shaxsning bu ikki o‘lchovi ortogonal bo‘lib, ular statistik jihatdan bir-biriga bog‘liq emas. Shunga muvofiq, insonlarni to‘rt guruhga ajratish mumkin. Bunda shaxs o‘zida yuqori yo quyi diapazondagi bir tip bilan yuqori yo quyi diapazondagi ikkinchi bir tip kombinatsiyasini namoyon etadi. Jadvalda ko‘rsatilishicha, har qaysi tip bilan shaxs belgilarini izohlaydigan nomlar birlashtiriladi. Bu 4 guruhni ko‘rib chiqishda 2 ta narsani inobatga olish kerak. Birinchidan, ikkala masofa (diapazon) tiplari me’yoriy taqsimotga ega, uzluksiz hisoblanadi va keng individual farqlar spektrini ko‘rib chiqadi. Ikkinchidan, har bir tipga mos belgi ta’rifi boshqa hodisalarni o‘z ichiga oladi. Ko‘plab odamlar o‘rta nuqtaga yaqin bo‘lishga moyil – ikkala tip masofalarida – va shuning uchun 1-jadvaldagi kabi ekstremal tavsifga uncha ega bo‘lishmaydi.
Ayzenk tomonidan ikki mustaqil parametrlar asosida shaxslarning to‘rt kategoriyasi ta’rifi
Har bir kategoriya o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, introversiya va ekstraversiyaning yuqori va quyi darajasi hamda barqarorlik va neyrotizmning yuqori yoki quyi darajasi kombinatsiyasi natijasi hisoblanadi. 1-jadval
|
Barqaror
|
Nevrotizm
|
Introvert
|
Xotirjam, muvozanatlashgan, ishonchli, nazorat qiluvchan, tinchliksevar, e’tiborli, g‘amxo‘r, passiv
|
Kayfiyati tez o‘zgaruvchan, xavotirlanuvchan, rigid, mulohazali, pessimist, mahdud, muloqotchan emas, indamas
|
Ekstravert
|
Lider, beg‘am, quvnoq, ko‘ngilchan, hozirjavob, muloqotchan, do‘stliksevar, kirishimli
|
Jizzaki, xalovatsiz, agressiv, qo‘zg‘aluvchan, o‘zgaruvchan, impulsiv, optimist, aktiv
|
Jadvaldan shuni ko‘rish mumkin-ki, introvert va barqaror shaxslar, qonun-qoidalarga amal qiladigan, g‘amxo‘r va e’tiborli insonlardir. Va aksincha, introvert va neyrotizm kombinatsiyasi individ xadda-harakatlarida xavotirlanish, pessimistik kayfiyat va mahdudlikka sabab bo‘ladi. Ekstravert va barqaror shaxsning xulq-atvorida mehribonlik, ko‘ngilchanlik va kirishimlilik ko‘zga tashlanadi. Va nihoyat, ekstravert va neyrotizmga moyil shaxslarda agressiv xulq-atvor, impulsivlik hamda tez qo‘zg‘aluvchanlik singari xususiyatlar namoyon bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki, Ayzenk asosiy e’tiborini individual farqlarga qaratgan. Demak, bu kombinatsiyalar ichida birini ikkinchisidan afzallik tarafi yo‘q. Ularning har birini ijobiy va salbiy jihatlari mavjuddir.
Keyinchalik Ayzenk o‘z nazariyasiga shaxsni o‘lchashdagi uchinchi tipni, ya’ni psixotizm – Super-ego kuchini kiritgan. Bu xususiyatga ega shaxslar egotsentrik, impulsiv, boshqalarga nisbatan befarq, jamiyat normalariga qarshilik qilishga moyil bo‘ladi. Ular ko‘pincha xavotirda bo‘lishadi, insonlar bilan muloqotga kirishishga qiynalishadi va boshqalarga ko‘ngilsizliklar olib kelishadi. Ayzenkning fikricha, psixotizm genetik xususiyatga ega bo‘lib, bu holat ayollarga nisbatan erkaklarda ko‘proq uchraydi3.
Do'stlaringiz bilan baham: |