anglab etish jarayoni so‘nggi o‘n yilliklardagina yuz bergan va endilikda u bilan barcha
mamlakatlar va xalqlar hisoblashishga majbur bo‘lgan borliqdir.
Ayni vaqtda shuni ta’kidlash lozimki, global muammolarning paydo bo‘lishi
qandaydir yanglishish, kimningdir xatosi yoki ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
rivojlanishning ataylab tanlangan strategiyasi natijasi emas. Bu tarix injiqligi yoki
tabiiy anomaliyalar mahsuli ham emas. Ushbu muammolarning ildizlari ancha chuqur
bo‘lib, industrial jamiyat, umuman texnokratik yo‘naltirilgan
madaniyatning keng
miqyosdagi inqirozini yuzaga keltirgan hozirgi sivilizatsiyaning vujudga kelish
tarixiga borib taqaladi.
Mazkur inqiroz odamlarning bir-biri bilan, jamiyat va tabiat bilan o‘zaro aloqalarining
butun majmuini qamrab oldi va deyarli butun jahon hamjamiyatiga, rivojlanayotgan
mamlakatlarga va rivojlangan mamlakatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Insonning atrof
muhitga salbiy ta’siri aynan rivojlangan mamlakatlarda,
asosan bu erda jadal
sur’atlarda va stixiyali tarzda rivojlangan iqtisodiyot bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra
oldinroq va bo‘rtibroq namoyon bo‘ldi. SHu ma’noda 2008 yilda boshlanib, butun
dunyoni larzaga solgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat rivojlangan sanoat
mamlakatlari, balki rivojlanayotgan, ayniqsa bozor munosabatlari qaror topayotgan
davlatlarda ham o‘z salbiy oqibatini o‘tkazmasdan qolmadi. Ayni paytda global
moliyaviy inqiroz jahon moliya bank tizimida jiddiy
nuqsonlar mavjudligi va uni
tubdan isloh qilishning zarurligini ko‘rsatib berdi. Ushbu moliyaviy-iqtisodiy
inqirozning har qanday davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari ko‘pjihatdan bir
qator omillarga, xususan, mamlakat moliya valyuta tizimi nechog‘lik mustahkam
ekanligi, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi,
oltin
valyuta zahirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati, shuningdek,
iqtisodiyotning barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatbardoshlik darajasi bilan bog‘liq.
Darhaqiqat, I.A.Karimov aytganlaridek, «mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining
salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009-2010 yillarga mo‘ljallab qabul
qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O‘zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy
iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi»
2
.
Bu esa
respublikamiz moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining barqaror va ishonchliligi,
ularning himoya mexanizmlarini kuchaytirish uchun, xalqaro moliya inqirozining
mamlakat bank tizimiga ta’siri darajasini e’tiborga olgan holda, Markaziy bankning
pul-kredit siyosati dastaklari, likvidligini tartibga solish instrumentlarini yanada
takomillashtirish, bank xizmatlaridagi innovatsiyalarni
hisobga olgan holda banklar
faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni yanada takomillashtirishni talab qiladi.
Hozirgi kunda bu vazifa bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: