Mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati



Download 23,39 Kb.
Sana15.07.2022
Hajmi23,39 Kb.
#801971
Bog'liq
Samandarov Shohzod Hasan o


Samandarov Shohzod Hasan o‘g‘li.
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti
1-kurs talabasi.

“Mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati”


Istiqlol yillarida navqiron avlod vakillarining ta’lim-tarbiyasi, ularning ma’naviy kamoloti masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, bu yo’lda qator maqsadli islohotlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarni har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatli va o’z mustaqil fikriga ega shaxs sifatida voyaga yetkazish pirovard maqsad qilib olingan. Hozirgi kunda yoshlarni shaxsiy rivojlantirish va ularni har sohada yetuk malakali mutaxasis darajasiga ko’tarish uchun keng ko’lamli islohotlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, biz yoshlarning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashimiz, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk inson bo’lib voyaga yetishimiz davlatning asosiy maqsadlaridan biriga aylangan. Ayniqsa bu ta’lim sohasida chuqur ildiz otib, ularni kitobxonlik salohiyatini oshirish uchun harakat qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ana shu maqsadlarga yo’naltirilgan edi. 2018-yilning 3-fevralida uni ijro etish yuzasidan davlatimiz rahbarining “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi qarori e’lon qilindi. Ushbu qonunga binoan 2018/2019 o’quv yilidan boshlab majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshirilishi belgilab qo’yildi. Bundan tashqari Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham ta’lim va sportga juda katta e’tibor qaratilgan. 2017-yilda ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratildi. 12 ta umumta’lim maktabi yangitdan barpo etildi, 320 tasi qaytadan rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital ta’mirlandi. Biz yoshlar tarbiyasida eng asosiy bo’g’in bo’lgan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta o’rni va ahamiyatini e’tiborga olib, maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Shuningdek, ta’lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulug’bek nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuqur o’qitiladigan maxsus maktablar tashkil etildi. Bundan tashqari oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Bu yoshlarga oid davlat siyosatining barchasidan yagona maqsad ko’zda tutilmoqda. Ya’ni O’zbekiston yoshlarini intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo’lib yetishishi uchun zamindir. Bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosan ta’lim-tarbiya sohasiga qaratilganligi sababi shundaki, hozirgi kunda malakali kadrlar juda kamayib ketmoqda. Shu sababda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish orqali ularning bilim darajasini oshirish hamda o’z kasbining malakali kadri bo’lib yetishishi uchun kem qamrovli davlat siyosati olib borilmoqda. Bugungi kunda bilimga chanqoq bolalar juda ko’p bo’lib ular o’z salohiyatlarini namoyon qilish uchun, ularga o’z maktab va o’qish joylarida elektron kutubxonalar, zamonaviy o’rindiqlar kabi shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Hozigi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasi bo’yicha ham katta ishlar qilinmoqda. Yurtimiz yoshlarining sport sohasidagi yutuqlari O’zbekiston deb atalmish bu – jonajon mamlakatimizni dunyoga tanitmoqda.

2017-yil ayniqsa o'zbek milliy


kurashi tarixida yorqin sahifa bo’ldi. Sentabr oyida Turkmanistonda bo’lib o’tgan Osiyo olimpiya kengashi Bosh assambleyasi yig’ilishida ushbu milliy sport turini Osiyo o’yinlari dasturiga kiritish haqida qaror qabul qilindi. Prezidentimiz aytganlaridek endi jahon sport maydonlarida “halol”, “g’irrom”, “chala” , “yonbosh” degan so’zlar jaranglab, o’zbek nomini, O’zbekiston nomini dunyoga tarannum etadi.
2018-yildan boshlab Toshkent Davlat Yuridik Universitetining bakalavir yo’nalishiga hujjat topshirish o’zgacha uslubda olib borilgan bo’lib. Unga ko’ra har bir abituriyent hujjatini o’z viloyati yoki tumanida Davlat xizmatlari markazi orqali topshirdilar. Ko’rinib turibdiki bu ham yoshlarga oid davlat siyosatining bir ko’rinishi bo’lib, undan ko’zlangan maqsad hujjat topshiruvchilarni aynan kelib-ketishi uchun ketadigan mablag’ shuningdek bu oradagi vaqt behuda sarflanmasligi uchun tashkil qilingan. Bundan ko’rinadiki biz ham yevropa andozalariga asoslangan holda katta qadamni qo’ydik. Bu tadbir 2019-yildan boshlab barcha oliy ta’lim yo’nalishlariga tatbiq etilishi ko’zda tutilmoqda. Hozirgi kunda yoshlarimiz ushbu sharoitlar tufayli xorij mamlakatlaridagi ta’lim yo’nalishida olimpiya musobaqalarida ishtirok etib faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqda. Davlatimiz ham bizning bu iqtidorimizni qadirlagan holda biz yoshlarni har tomonlama rag’batlantirib kelmoqda. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinib kelinayotgan yana bir ta’lim sohasidagi o’zgarish bu har bir abituriyent joriy yildan boshlab faqat bir Oliy ta’limga emas balki, bir necha Oliy ta’lim yo’nalishlariga imtihon topshirish ko’zda tutilmoqda. Ko’rinib turibdiki bularning har biri biz yoshlar uchun, biz yoshlarni intellektual salohiyatli qilish uchun olib borilmoqda.
Yoshlarga oid davlat siyosati O’zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo’nalishi bo’lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakillanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo’lida imkoni boricha to’la-to’kis ro’yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasida davlat hokimyati va boshqaruv idoralari, yoshlar nomidan ularning jamoat birlashmalari yoshlarga oid davlat siyosatining subyektlaridir. O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati quyidagi qoidalarga asoslanadi:
Millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar, yoshlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish;
yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish;
milliy, madaniy an’analarning avloddan-avlodga o’tishi , avlodlarning ma’naviy aloqasi;
yoshlarning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, yoshlar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida o’z manfaatlarini amalga oshirish yo’llarini erkin tanlay olishlariga kafolat berish;
jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa respublika yoshlari hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok etishi;
huquq va burchlarning, erkinlik va fuqorolik mas’uliyatining birligi.
Ko’rinib turibdiki bu qonunlar yoshlar uchun tatbiq etilgan bo’lib, yoshlar qaerda bo’lmasin o’z huquqlarini bilish va undan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratib berilgan. 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog’liq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish joiz. Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olgan holda: O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun 30-iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni”, deb e’lon qilindi.
O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki bu tadbirlar va imkoniyatlar hammasi biz yoshlar uchun, yoshlarni qo’llab-quvatlash uchun. Endilikda biz davlatimiz tomonidan olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati uchun, biz yoshlar ham o’z oldimizga katta maqsadni qo’yishimiz va davlatimiz nomini cho’qillarga ko’tarishimiz shart va zarurdir.
Download 23,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish