7
o’zbek kishisiga xos bag’ri kenglik, do’stga, mehmonga borini bag’ishlashdek
fidoyilik
xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiradi.
4. Nikoh –eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy asoslari
Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi deyishadi. Chunki har bir
jamiyat a’zosining, bo’lajak fuqaroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uch jihatni: o’zining
bevosita ko’rinishi bo’lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi
g`amxo’rlikni; bolalar tarbiyasini o’z ichiga oladi:
Avvalo nikoh haqida to’xtalib o’taylik. qonunga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng
muhimlari – nikohga kiruvchilarning o’zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga etganliklari.
Bizda yigitlar-18, qizlar-17-nikoh yoshlari qilib belgilangan. Nikoh
tuzishdan oldin ikki yosh
orasida goh ochiq sevgi-muntazam uchrashuvlar, ahdu-paymonlar va orqa varotdan bir-birini
yoqtirish bo’lishi mumkin. Har ikkala ahvolda ham rozilik o’zgarmas shart hisoblanadi.
Nikoh o’z mohiyatiga ko’ra ahloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa bo’ysundiriladi.
Oddiy birga yashashda esa tabiiy extiyojni qondirish birinchi o’rinda turadi. Nikohda u ikkinchi
darajali mavqe’ni egallaydi. Oilaning yana bir jihati uning o’z mulkiga egaligi.
Agar nikoh
oilaning botiniy ko’rinishi bo’lsa, oilaviy mulkni uning tashqi ko’rinishi deyish mumkin.
Oilaning mavjud bo’lishi uchun ishlab topiladigan mablag` ham zarur. Oila uchun topiladigan
ana shu mablag` shubhasiz axloqiy tabiatga ega: Oila boshlig`i oila a’zolarini halol edirib
ichirishi, kiydirishi lozim.
Oila buzilishi
ham mumkin. Buning turli sabablari bor.
Biri-oilani axloqiy nuqtai nazardan
buzilishi.
Bunda bolalar balog`atga etgach, erkin shaxs sifatida
yangi oila qurishga asos
bo’lishlari-o’g`il bolalarning o’ylantirilishi, qizlarning turmushga chiqarilishi nazarda tutiladi.
Shuningdek
oilaning tabiiy buzilishi
ham mavjud. Unda ota-onaning vafoti tufayli oila
mulkining meros bo’lib bir yoki bir necha farzandga o’tishi munosabati
bilan oila buzilishi
mumkin.
Bundan tashqari
nikoh bekor qilinishi munosabati bilan oila buziladi.
Aslida nikoh ham
diniy, ham dunyoviy nuqtai nazardan buzilmasligi kerak. Lekin o’rtada xiyonat sodir bo’lishi
yoki yana boshqa bir xil sabablar tufayli nikohni faqat axloqiy obro’ga ega,
qonun bilan tan
olingan idoralar, masalan sud va vakolatli ruhoniy bekor qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek,
axloqiy xodisa. Har bir jamiyat mana shu so’nggi turdagi oila buzilishiga qarshi kurashadi.
Bunday oila buzilishi qancha kamaysa, u o’sha jamiyat axloqiy takomillashib borayotganligini
anglatadi. “Muxtasar qilib aytganda,
Do'stlaringiz bilan baham: