Romitan — Buxoro viloyati Romitan tumanidagi shahar (1981-yildan), tumanning ma’muriy markazi. Yaqin temir yo‘l stansiyasi—Kogon (30 km). Viloyat markazi (Buxoro)dan 17 km. Aholisi 15 ming kishi (2003), asosan, o‘zbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, tatar, rus va boshqa ham yashaydi. R. O‘zbekistonning qad. shaharlaridan biri. Romitan nomi mahalliy rivoyatga ko‘ra, “Romitan” — “Tan oromi” dan deyiladi. “Romitan” atamasi turkiy mitan urug‘i nomidan kelib chiqqan degan taxminlar ham mavjud.
Narshaxiy yozishicha, Romitan katta bir ko‘handizga ega va mustahkam bir qishloq bo‘lib, Buxorodan qadimiyroqdir. Ba’zi manbalarda bu qishloqni Buxoro deb ataganlar. Romitanda qadimda hukmdorlar turar joylari bo‘lgan. Buxoro shahri vujudga kelgandan so‘ng ular Romitanda faqatgina qish faslida yashaganlar.
Arab sarkardasi Ubaydulloh ibn Ziyod qo‘shini 674 yilda Romitanga bosqin uyushtirgan. Buxoroliklarning arab qo‘shini bilan bo‘lgan hal qiluvchi jangi Romitan yaqinida Vardonze hududida bo‘lib o‘tgan. Tabariyning yozishicha, 707 yilda Qutayba Romitanni bosib olgan. Xuroson voliysi Abu Muslim Buxoroga har gal kelganida o‘z qarorgohini Romitanda joylashtirgan. Arab geograf va sayyohlari X a.da Buxoro vohasidagi 30 ga yaqin shaharlar qatorida Romitan nomini ham tilga olishgan.
Mahmud ibn Banuwmx: "Bahr al-asror" (XVII a.) asarida yozishicha, Romitan Buxoro viloyatidagi 10 ta tumanning biri, o‘rta asrlarda “Samjon” (Romitan tumanining 2-nomi) deb atalgan.
Romitan Toshkent — Samarqand — Urganch, Toshkent — Nukus avtomagistral yo‘li yoqasida joylashgan. Aholisi va xo‘jaliklari Amu — Buxoro mashina kanalidan suv oladi. Shaharda g‘isht va paxta tozalash zdlari, to‘quvchilik fkasi, bosmaxona, dehqon bozori, novvoyxona, mehmonxona, aloqa bo‘limi, bank, madaniy savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bor. Umumiy ta’lim maktablari, qishloq xo‘jaligi kasbhunar kolleji, madaniyat saroyi, kutubxona, stadion, "Xotira va Qadrlash" madaniyat va istirohat bog‘i, kasalxona va dorixonalar mavjud. "Motamsaro ona" yodgorligi qurilgan.
Romitanda me’moriy yodgorliklardan Mulla Mir Hakim xonaqosi, Xoja Ali Romitaniy (Xojai Azizon) va Xoja Muhammad Boboyi Samosiy maqbaralari (XIII-XIV a.lar), Zarafshon daryosi ustida qurilgan CHoriqulboy ko‘prigi saqlangan. Hazrati Xoja Ubbon va Xoja Za’faron qadamjo (ziyoratgoh)lari bor.
Poykend, Poykand — qad. karvon yo‘li ustida qad ko‘targan shahar harobasi (miloddan avvalgi IV-III milodiy XI asrlar). Buxorodan 44 km jan.-g‘arbda, Jondor va Qorako‘l tumanlari tutashgan xududda joylashgan. O‘rta asr yozma manbalarida shahar Boykand, Xitoy solnomalarida esa Bi nomlari bilan tilga olinadi. Uning nomlari "Quyi shahar" ma’nosini anglatadi. Poykend tashqi devorlarining nihoyatda mustahkamligidan sha-har ilk o‘rta asrlarda "Shahristoni Ro‘in", ya’ni "Jezdan qurilgan shah-riston" (Jez shahar) nomi bilan shuh-rat topgan.
Poykend o‘tmishda 4 qism: 1) darvozali ark (maydoni 1 ga); 2) darvozali ichki shahriston (maydoni 11 ga); 3) darvozali tashki shaxriston (maydoni 6 ga); 4) Sharq, g‘arb hamda jan. tomonlarida qad ko‘targan (maydoni 100 ga dan oshiqroq) ulkan ra-bodlardan iborat bo‘lgan. Arqsa qad. ibo-datxona, podshoh saroyi, IX-X a.larda qad ko‘targan koshinkor mehrobli jome maejidi, ichki va tashki shaxristonlarda savdogar va hunarmandlarning turar joy, mahalla-ko‘ylari, ichki bozor, us-taxona, nonvoyxona va dorixonalar kabi bino va inshootu korxonalar joylashgan. Shaharning rabod qismida esa 50 dan ortiq naus (ostodonlar xilxonasi)lardan iborat otashparastlarning qabristoni (nekropol), tashki bozor va bir necha (Narshaxiyning ko‘rsatishicha, mingdan ortiq) rabotlar, ya’ni karvonsaroylar qad ko‘targan. Manbalarda qayd etilishicha, islomiyat davrida ham Poykend nauslari ochiq bo‘lgan. Otashparastlar o‘z marhumlari ustuxonlarini hatto, Buxoro shahridan P. nauslariga eltib dafn etganlar.
Ayrim ma’lumotlarning guvohlik berishicha, Poykend qadimgi Buxoro hukmdorlarining qarorgohi bo‘lgan. Har bir podsho o‘zi uchun bu shaharda o‘rdugoh barpo etgan. Eftaliylar davlati hukmronligi davrida (V asrning 2-yarmi va VI asr boshlari) u poytaxtga aylantirilgan. Nar-shaxiyning yozishicha, shahar aholisining aksariyati savdogar bo‘lib, ular Xitoy va dengiz bo‘yi mamlakatlari bilan savdo qilganlar va juda davlatmand bo‘lgan. Shu boisdan arab geograflari Ibn Hurdodbeh va Ibn al-Faqihlar Poykendni "Madina at-tujjor", ya’ni "Savdogarlar shaxri" nomi bilan ta’rif etadilar.
Poykend o‘z tarixi jarayonida Buxoro voha-sining nafaqat yirik savdo markazlaridan biri sifatida, balki tutgan geografik o‘rni jihatidan G‘arbiy Sug‘dning siyosiy hayotida strategik tomondan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Vohaning jan.-g‘arbiy chegarasida harbiy istehkom sifatida bino qilingan Poykend ilk o‘rta asrlarda Buxoro viloyatining atrofi yagona mudofaa inshooti — Kanpir devor bilan o‘rab olingunga qadar u janubi-g‘arb, dasht hududlaridan muttasil sodir bo‘ladigan ko‘chmanchi qabilalarning chopkunlarini qaytarish va tashqi dushman hujumlarining yo‘lini to‘sib, ularga dastlabki zarbalarni berishda mustahkam harbiy qarorgoh vazifasini o‘tagan. Uning mudofaa inshootlari nihoyatda mustahkam qurilgan bo‘lib, zamonasining har qanday qamaliga bardosh bera olgan.
Poykend arki, ichki va tashqi shahristonlarining har biri alohida qalin (3,5– 5 m) va baland devorlar halqasi bilan o‘ralgan. Devor bo‘ylab har 60 m masofada va tashqi burchaklarda baland (11,5—12,5 m ) 2 qavatli burjlar o‘rnatilib, darvoza atrofi mudofaa inshootlari (labirint) bilan mustahkamlangan. Shahar devorlari va burjlari har 1,6 m oralig‘i bo‘ylab shaxmat uslubida 3 qator nishon tuynuklari (tirkash) o‘rnatilgan.
674 yilda Poykend Arab xalifaligi lashkar-boshisi Ubaydulloh ibn Ziyod tomonidan fath etiladi. 707 yilda esa Poykend xalifalikning Xuroson voliysi Kutay-ba ibn Muslim tomonidan qamal qili-nadi. Poykendliklar qattiqturib arablarga qarshilik ko‘rsatadilar. Qamal 50 kun davom etadi. Kuch bilan Poykendni qo‘lga kiri-ta olmagan arablar shahar devori ostidan lahim (tunnel) qazib ichkariga bostirib kiradilar. Poykend arablar kuliga o‘tadi. Poykendliklar kattagina boj to‘lab Qutayba bilan sulh tuzadilar. Biroq shaharliklarning qo‘zg‘oloni oqibatida Poykend qayta egallanib, vayron etiladi. Juda katta miqdorda oltin va kumushdan yasalgan but va jomlar bilan bir qatorda ko‘plab qurolyarog‘ hamda harbiy an-jomlar o‘lja tarzida olinadi. Qutayba askarlari bu qurol-aslahalarning bir qismi bilan qurollanib oladilar. Tabariynyant yozishicha, shaharning boyligidan arablar hayratga tushganlar. Xatto, eritilgan oltinkumush anjomlar va butlarning tosh qolipidan 150 ming misqol miqdorda yombi ajratib olingan.
9-asrning oxirgi choragi va X asr mobaynida Poykend va uning dehqonchilik vohasi ravnaq topadi. Ichki va tashqi savdo munosabatlari kengayib kulollik, shishasozlik, koshinkorlik, misgarlik va binokorlik taraqqiy etadi. Ilm-fan, ayniqsa, fiqhshunoslik rivojlanib, bir guruh poykendlik fiqhshunos olimlar etishib chiqadi. Ammo somoniylar hukmronligi barham topgach, XI asrda Poykendning sug‘orish tarmoklari suvsizlikdan qurib qoladi. Oqibatda shahar bo‘shab, harobaga aylanadi. XII asrning 1-choragida Arslonxon Muhammad ibn Sulaymon hukmronligi davrida Poykend qayta tiklanib va uning atrofi qayta obodonlashtiriladi. Shahar aholisi yana gavjumlashib, ko‘rkam turar joylar, podshoh uchun esa muhta-sham saroy quriladi. Poykendning suv ta’minotini yaxshilash maqsadida Qorako‘l daryosidan uz. 1 farsaxli kanal qazib chiqarish uchun harakat qili-nadi. Biroq, kanal qazilib tugatilmay qoladi. Poykend suvsizlikdan XII asrning 2yarmida butunlay qurib yana vayro-naga aylanadi.
Poykend shahri harobalari arxeologik jihatdan dastlab 1903 yilda R.Pampelli, 1913-1914 yillarda L.A.Ziminlar tomonidan o‘rganilgan. Buxoro vohasi shaharsozlik madaniyatining yuzaga kelishi va rivojlanish tarixini o‘rganish munosabati bilan o‘tgan asrning 80—90 yillarida Poykend harobalarida keng ko‘lamda mut-tasil arxeologik qazish ishlari amalga oshirildi. Arxeologik tadqiqotlarni tashkil etish maqsadida 1980 yilda O‘zbekiston FA Arxeologiya instituti va Rossiya Davlat Ermitajining maxsus qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi (A.Muhammadjonov rahbarligida) tashkil etildi. Bu ekspeditsiya a’zolari (G.L.Semenov, J.Mirzaahmedov, SH.Odilov va boshqalar) ko‘p yillarga rejalashtirgan arxeologik qazishlarni to hozirgi kunga qadar davom ettirmoqdalar . Ilmiy tadqiqotlar va arxeologik qazishlar natijasida Poykend yodgorligining umumiy tarixiy topografiyasi o‘rganilib, rejalari chizmalarga tushirildi. Unda qadimgi ko‘targan ilk chegara istehkomi, so‘ngra shahar qiyofasini shakllantirgan baland va qalin mustahkam mudofaa devorlar bilan o‘ralgan ark, 4 tomonida bir nechta darvozalar (eni 3,5 m) o‘rnatilgan va qator burjli devorlar qad ko‘targan ichki va tashqi Shahriston hamda saxn bo‘ylab ko‘plab karvonsaroy va nausli nekropol joylashgan ulkan rabodlarning yuzaga kelishini tarixiy bosqichlari va madaniy qatlamlarining qalinligi belgilandi. Poykendning qad. qismi — arkning ostida madaniy qatlam qariyb 18 m ga borsa, ichki va tashqi shahristonlari ostida esa uning qalinligi 4—4,5 m dan oshmaydi. Arkning quyi qatlamida qavd etilgan topilmalar miloddan avvalgi IV-III asrlar, ichki shahristonning ostki qatlami topilmalari milodiy II-IV asrlar va tashqi shah-ristonning quyi qatlami va topilmalari esa IV-V asrlar bilan sanaladi. Arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, Poykendda hayot miloddan avvalgi IV asrdan to milodiy XI asrgacha, ya’ni 1500 yil davomida kechgani ma’lum bo‘ldi.
Arkda qadimgi ibodatxona, jome masjid va podshoh saroyi harobalari, ichki shahristonda dorixona (VII asr), bir qancha ulkan tandirlar o‘rnatilgan shahar nonvoyxonasi, tashqi shahristonda kulollik, shishasozlik kabi hunarmandlarning mahalla-ko‘ylari, 4 tomoni supali markazida sandali bor yotoqxona, oshxona, omborxona va tashnobli tahoratxonali mo‘‘jazgina bir qavatli hovlijoylarning harobalari qazib ochildi. Poykendning rabod qismida kulollik, shishasozlik va temirchilik us-taxonalari-yu xumdon va qo‘ralari hamda 50 dan ortiq nauslarning qol-dikdari bilan bir qatorda Poykenddan Buxoroga tomon yo‘nalgan karvon yo‘li (kengligi 20 m)ning 2 yoqasi bo‘ylab joylashgan 20 dan ortiq karvonsaroylarning vayronalari qayd etilib, ulardan bir nechtasi qazib ochildi. VIII-X asrlarga mansub bunday mehmonxona va qo‘noqxonalar murabaa (75x75m) shakdda xomg‘ishtlardan bino qilingan. Tashqi devorning 4 burchagi doira shaklida burjlar bilan mustahkamlangan. Hovlisining markazida tuyalarga ortilgan yuklar tushiriladigan 1 yoki 2 uzun supa ishlangan. Karvonsaroy qaramaqarshi tomonlarida 2 darvoza (3–5 m) o‘rnatilgan. Mehmonxonaning 4 tomoni bo‘ylab 60 dan ortiq supali, sandalli 1 yoki 2 xonali yotoqxonalar, o‘chokli yoki tandirli ovqatxona, tashnobli tahorat yoki g‘uslxona va omborxonalar joylashgan. Saroyning shim.-g‘arbiy burchagida otashparastlarning otashkadali ibo-datxonasi bino qilingan. Xonalarning tomi ravoqsimon shaklda yopilib, markaz qismida sopol quvurlardan mo‘rkonlar o‘rnatilgan.
Arxeologik qazishlar jarayonida Poykend yodgorligidan turli xil topilmalar: sirli va sirsiz sopol ko‘za va tovoqlar, shisha idishlar, jez va temir bu-yumlar, qurolyarog‘lar, shuningdek, turli sanalarda zarb etilgan chaqa tangalar (Xitoy, Sosoniy, Umaviy va Abbosiylarning fuluslari; Buxoro, Samarqand, Marv, Farg‘ona, Axsikat va Isfijob zarbxonalarida zarb etilgan Somoniy va Qoraxoniylarning tangalari hamda Hirotda zarb etilgan G‘aznaviylarning 1 dona oltin dinori) topildi. Topilmalarning kattagina qismi hozirgi vaqtda Poykend yodgorligi yaqinida tashkil etilgan “Arxeologiya muzeyi” zallarida namoyish etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |