8-mavzu: Buxoro vohasi shaharlari. Reja



Download 33,3 Kb.
bet6/7
Sana30.03.2022
Hajmi33,3 Kb.
#519654
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-mavzu Buxoro vohasi shaharlari

Me’morligi va san’ati. 1949-1954 yillarda Varaxsha tarixi va me’morligi o‘rganildi. Kvadrat shakldagi yirik xom g‘ishtlardan qo‘shminora tarzida o‘rab chiqilgan balandligi 15 m bo‘lgan tagkursilarning biriga podsho saroyi va ikkinchisiga soqchixonali darvozaxona bino qilingan. Arkning Sharqiy qismida tomi ravoqsimon gumbaz tarzida yopilgan uzun yo‘laksimon (navkarxona va darvozaxona) xonalar mavjud bo‘lgan.
Arkning markazida janub tomoni mudofaa devoriga yondoshgan Varaxsha hukmdorining saroyi joylashgan. U Sharqiy (11,5×17 m) va G‘arbiy (6,6×7,25 m) mehmonxona hamda Qizil xona (zal) (8,5×12 m) lardan iborat bo‘lgan. Saroy g‘arb tomonidan 3 ravoqli ganchkori ustunlar o‘rnatilgan hashamatli peshayvon bilan o‘ralgan. Ayvon ravoqlarining ustunlari va toqilari ganchkori qabartma tasvirlar hamda turli xil girixlar bilan bezatilgan.
Saroyning Kizil xona va Sharqiy mehmonxonalari to‘la kavlab ochilgan. Xona devorlari mayda somonli loy suvoq ustidan yupqa ganch suvoq qilinib, devoriy rasmlar qizil, sariq, kulrang, qora, zangori, pushti va jigarrang bo‘yoqlar bilan bezatilgan. Ularda turli xil manzaralar, fil mingan shahzoda va chokarlarning old va ortdan chovut solgan qoplonlar bilan olishuvi; qayrilib nishonga kamondan o‘q uzayotgan ot ustidagi chavandoz, qanotli tuya shaklidagi oltin taxtda o‘tirgan hukmdor tasvirlangan. Sharqiy mehmonxona devorida tiz cho‘kib, qo‘lida qadah tutgan malika, belida shamshir, bir qo‘lida qisqich ushlagan podshoh, o‘rtada vazasimom otashgoxda yonib turgan muqaddas olov-azarxurro, otashgoxdan o‘ngda beliga xanjar taqilgan shahzodaning tiz cho‘kib ibodat qilayotgan tasviri yoki sovut va dubulg‘a kiygan, qo‘llarida nayza, qalqon ushlagan suvoriylarning jang qilayotgan, shuningdek butazor, to‘qay ichidagi ov manzarasi kabi tasvirlar ayniqsa diqqatga sazovordir.
Arxeologik topilmalardan aniqlanishicha, janubiy xonalarning ikkinchi qavatidagi xona ganchkori naqshlar bilan bezatilgan ekan. Ko‘plab topilgan qabartma ganchkori naqshlar orasida hovuzda suzib yurgan baliqlar, elkasidan o‘q egan arhar, elib borayotgan jayran, bedanalar, ayol boshli baxt qushi — Humo, hamlaga tayyorlanayotgan ajdarho, taqimiga sadoq bog‘lagan suvoriy hamda ko‘pdan-ko‘p ayollarning bosh qismlari bilan bir qatorda turli xil islimiy va girih parchalari uchraydi.

Download 33,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish