8-mavzu: Buxoro vohasi shaharlari. Reja



Download 33,3 Kb.
bet3/7
Sana30.03.2022
Hajmi33,3 Kb.
#519654
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-mavzu Buxoro vohasi shaharlari

Nomlanishi. Buxoro nomi ilk o‘rta asr Xitoy manbalarida turlicha (An, Ansi, Ango, Buxo, Buku, Buxe, Buxaer, Buxuaer, Buxala, Buxuala, Fuxo, Puxuala va boshqalar) atalgan. Bu atamalardan avvalgi uchtasi Buxoro shahrining xitoycha nomlari bo‘lib, qolgani „Buxoro“ so‘zining xitoy tilidagi talaffuzidir. O‘rta asr arab manbalarida esa Buxoro shahri Numijkat, Navmichkat, Bumichkat (Yangi qo‘rg‘on), AlMadina assufriyya (Mis shahar), Madinat attujjor (Savdogarlar shahri), Foxira (Faxrli shahar) kabi nomlar bilan tilga olingan. „Buxoro“ atamasi sanskritcha „vixora“ so‘zining turkmo‘g‘ulcha shakli — „buxor“ („ibodatxona“) dan kelib chiqqan deb taxmin qilingan. Keyingi tadqiqotlarda bu atama sug‘diycha „bug‘“ yoki „bag“ („tangri“) hamda „oro“ („jamol“) so‘zlaridan iborat bo‘lib, „tangri jamoli“ degan ma’noni anglatadi, degan fikr ilgari surilmoqda.
Haqiqatdan ham, toponimikadan (ya’ni shaharning joy nomlaridan) ham otashparast (zardushtiy) muglar, ma’jusiylar, nasroniylar, moniylik va nixoyat, budda dini ibodatxonalarining islom tarqalgunicha kanday tartibda joylashganini bilib olsa bo‘ladi. Xatto shahar nomining uzi ham "Vihara" (buddachilarning machiti) suzidan kelib chikkan deb faraz kilinadi. Aslida "Buxoro" "buxor" suzidan kelib chikkan bulib, utparastlar tilida "ilm makoni" degan ma’noni anglatadi. Bu ifoda uygur va xitoy butparastlarining tiliga yakindir, ularda butlar saklanadigan joy "buxor" deyiladi. Buxoro solnomachisi Xofizi Tanish (XVI asr) "Shaharning nomi aslida Lumjkat edi", deb xabar qiladi.
Miloddan avvalgi I minginchi yilning urtalarida Buxoro vohasi Markaziy Osiyodagi katta So‘g‘d (So‘g‘diyona) viloyatining bir kismi edi. Yunonistonlik Iskandar bu viloyatni zabt etgan. U Samarkandni egallagach, mamlakat ichkarisiga, Buxoro eriga kushin tortgan.
Eramizning VI-VII asrlari So‘g‘d tarixida feodal ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi davridir. Bu xil munosabatlar esa yangi-yangi kuzgolonlarga sabab bulgan.
VI asrning ikkinchi yarmida Buxoroni Abruy boshchiligidagi xalq harakati kamrab oldi. Uni boy mulkdorlar - er egalari bostirdilar. Buxorodagi ilk feodalizm boskichi ana shu davrdan boshlanadi. Yangi ijtimoiy tuzum feodal davlat boshkaruvini karor toptirdi: ayrim mulklarning kichik xukmdorlari harbiy zodagonlarga, savdogarlar va turli dindagi ruxoniylarga tayanar edilar. Shaharlar barpo etish jarayoni jadal bordi: Buxoro atrofidagi kadim manzilgoxlar urnida Varaxsha, Vardonze, Romish (Romiton), Karmana, Poykent shaharlari shakllandi. Ilk urta asrlarga mansub Varaxshadan bizgacha toshga ishlangan tasvirlar bilan bezatilgan saroy etib kelgan. Bu tasvirlar Panjakentda topilgan mashhur suratlardan mutlako kolishmaydi. Bu shaharlar ichkarisida bir necha asosiy kismlarga bulinar edi: kal’a (ark), shaxriston (tugri rejalashtirilgan shahar) va shaxristondan tashkaridagi uchinchi kism. Bu uchinchi qism er ustidagi dahmalarda marhumlarning suyaklari saklanadigan sopol idishlar kuyiladigan kabristondan iborat.
Ilk o‘rta asrlardagi Buxoroning tuzilishi ham taxminan ana shunday edi.
Buxoro yirik shahar bulib, 40 gektarcha maydonni egallardi. Tugri burchakli shaxriston bir-birini kesib utuvchi ikkita kattakon kucha bilan turt kismga bulingan bulib, bu kuchalar dunyoning turt tomoniga karagan darvozalarga olib borardi. Bu xil kurinish tekislikda joylashgan shaharlar uchun an’ana sanalgan. Bu an’anada Sharq xalqlari dunyokarashidagi kadimiy tasavvurlar uz ifodasini topgan bulsada, aslida, shaharga xos bu shakl Olam tuzilishining ramzidir. Uning bichimida moddiy olam haqidagi kosmogonik karashlar aks etgan. Shaharning shimoli-garbiy tarafi, ya’ni turida buxorxudotlar xukmdorlari kurgoni joylashgan edi. Ark va shaxriston devorlari ortida har bir paxsa devorli uylardan iborat maxallalarga bulingan rabotlar (savdo-xunarmandchilik daxalari) yuzaga kela boshladi. Xitoyni Eron va Xindiston bilan boglaydigan kadimiy savdo yullari Buxoro orkali utgani savdo- sotikning rivojlanishiga turtki buldi hamda rabotlarning kengayishiga yul ochib berdi. Kalaning garbiy darvozasi yakinida davlat idorasi — devonxona va zodagonlarning machiti bor edi.
Buxoroning arab xalifaligi kushinlari etib kelishi arafasidagi kiyofasi ana shunday edi. Garchi boskinlar, siyosiy muzokaralar, kamallar, janglar 673-yildan boshlangan bulsa-da, Buxoro 708-yildagina uzil-kesil zabt etildi. Keyin esa arab xalifaligining viloyatlaridan biri bo‘lib qoldi.
IX asr oxirlarida xokimiyatni maxalliy xukmdorlar – somoniylar egallaщdi. Lekin shunda ham mam­lakat xalifalikka kisman karam edi. Garchi mamlakat siyosiy va iktisodiy jixatdan mustakil bulsa-da, somoniylar uz tangalarida xalifalik taxtida utirgan salotinlarning nomlarini zarb etishni va xalifalik xazinasiga solik, tulashni davom ettirdilar. Buxoro IX asr oxiriga kelibok musulmon dunyosining yirik madaniy va diniy markazlaridan biriga aylangan edi. Shahar azaldan turli din vakillari jamlangan joy bulib kelgan bulsa-da, uni "Islom gumbazi" ("Kubba-tul islom") deb atadilar.

Download 33,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish