Ona tili va adabiyoti
1.
Itning belida ikkita: qora va jigarrang chizig‘i bor.
Mazkur gapdagi yasama sifat haqida berilgan qaysi ma’lumot
to‘g‘ri?
A) yasama sifat hajm-o‘lchov sifati hisoblanadi
B) yasama sifat ega vazifasidagi otga bog‘langan
C) yasama sifat ot+sifat tipida yasalgan qo‘shma
sifat hisoblanadi
D) yasama sifat hol vazifasida kelgan
2. Qaysi otli birikma tarkibida o‘zaro shakldosh bo‘lgan so‘z
yasovchi qo‘shimcha qo‘llangan?
A) Maftunkorlik yashnab turgan go‘zallik.
B) Muarrixlar hamisha yo‘qotilgan tarixiy ma’lumotlarni topishga
harakat qiladilar.
C) Siz xudbinligingiz tufayli yaroqsiz matosiz.
D) Hammaga ma’lumki, kirimning hamisha chiqimi bo‘lishi
tabiiydir.
3.
Suqrot bir boy bilan yo‘lga chiqqan ekan. Yo‘lda, qaroqchilar
shu o‘rtada izg‘ib yuribdi, degan xabarni eshitib qolibdi. Boy:
- Obbo, tangri urdi! Ular meni tanib qolsa, nima bo‘ladi? – desa,
Suqrot:
- Obbo, xudo urdi! Ular meni tanimay qolsa, nima qilaman? –
debdi.
Ushbu gapda qanday xatoliklar mavjud?
1.imloviy
2. uslubiy
3. ishoraviy
A) 1, 2, 3
B) 2, 3
C) 1, 3
D) 1, 2
4.
Hovonchaga (1)…m: “Noming ko‘p baland, (2)… , kimdan
chekasan bunchalar faryod?” (3)…di : “Ne til bilan (4)…ay, ey
Sa’diy, Zarbni o‘z yorimdan yeyman umrbod!”
nuqtalar o‘rniga
fe’llarni moslashtiring.
A) 1-aytmoq, 2-demoq, 3-aymoq, 4-demoq
B) 1-demoq, 2-aytmoq, 3-demoq, 4-aytmoq
C) 1-aytmoq, 2-aytmoq, 3-demoq, 4-demoq
D) 1-demoq, 2-demoq, 3-aytmoq, 4-aytmoq
5. Qaysi qatorda berilgan gapda kesimi ko‘makchi fe’lli so‘z
qo‘shilmasi bilan ifodalangan murakkab ot kesimli gap berilgan?
A) Qizlar esa o‘zaro sekin suhbatlashib turishardi.
B) Alik olmaydigan odamga ham salom berish shart.
C) Yugurish sportning bir turidir.
D) Aql tishi chiqquncha kulib o‘tirish shart emas.
6.
Ekranda Yer tasviri ko‘rindi; daraxtlar gullagan, pag‘a-pag‘a
oq bulutli osmon yer bilan qo‘shilib ketganday – osmon aksi yerga
tushyaptimi, yo aksinchami – bilib bo‘lmaydi.
Ushbu gapda tire tinish belgisi nima uchun qo‘yilgan?
A) ajratilgan bo‘lak uchun
B) uyushiq bo‘lak va umumlashtiruvchi so‘z uchun
C)
kiritma uchun
D) taqqoslash ma’no bo‘lgani uchun
7. Qaysi gapdagi yuklama gap bo‘lagiga qo‘shimcha ma’no
yuklamagan?
A) Bular ertagi kun egalari-da!
B) Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma.
C) To‘g‘ri-da, u tengi bolalar papka ko‘tarib maktabga borishadi,
uni esa “kichkina” deb xafa qilishadi.
D) Yurtimiz yaqin kunlarda bundan-da go‘zalroq, bundan-da
farovonroq bo‘lishiga ishonaman.
8. Tasviriy ifoda haqida noto‘g‘ri izohni aniqlang.
A) tasviriy ifoda
uslubiy chegaralangan
B) ko‘proq publitsistik usulubda qo‘llanadi
C) tasviriy ifoda tushunchani bildirishi bilan gapga teng,
lekin
bo‘yoqdorligi bilan farqlanadi
D) tasviriy ifodaga ham omonimlik, ham sinonimlik xos
9.
Оdob va tavoze do‘stlik oynasini jilolaydi va ikki oraga
yorug‘lik ulashadi, odobli va go‘zal xulqli odamlar ko‘payaversa,
xalqning do‘stligi, ularning mehr –muhabbati borgan sari
ortaveradi.
Ushbu gapda yasama so‘z bilan ifodalangan bo‘laklarning qaysi
bo‘laklarga tobelanishi kuzatiladi?
A) to‘ldiruvchiga, kesimga, egaga
B) kesimga, aniqlovchiga
C) egaga, kesimga, aniqlovchiga
D) to‘ldiruvchiga, aniqlovchiga, kesimga
10.
Qog‘ozlarga keraksiz narsalarni yozma, nimani isrof qilsang,