8-MA'RUZA: TRANSLYATSIYANING MOLEKULYAR ASOSLARI
5.1. TARNSLYATSIYANING ASOSIY BOSQICHLARI. REKOGNITSIYA
Reja:
1.Translyatsiyaning asosiy bosqichlari va xujayrada o'tish joylari.
2. Aminoatsil t-RNK sintetazalar.
3.Prokariot va eukariotlarning ribisomasining tuzilishi.
Tayanch so'zlar: translyatsiya, terminatsiya, elonagatsiya, iniatsiya.
Zamonaviy tabiatshunoslik fanining ikkita muhim muammolaridan biri-tirik hujayrada oqsillar biosintezidir. Ikkinchisi yesa noorganik tabiatda insoniyat uchun kelgusida energiya ajratish elementar zarralarning fizikaviy tadqiqoti asosida amalga oshishi mumkin. Tirik tabiatda hayotiy jarayonlarni boshqarish oqsillami o'rganish asnosiida sodir bo’ladi. Organizrrming tiriklik belgisi muayyan oqsil yoki oqsillar kompleksi orqali namoyon bo’ladi. Jonzotlarning biologik belgilari quyidagi generatsiya asosida amalga oshadi:
DNK RNK -» OQSIL -> BELGI
Ma’lumki, sochimiz va terimizning rangi melonin degan pigmentga bog’liq bo’lib, albinoslarda u bo’lmaydi. Melonin sintezi oqsil - ferment tirozinazaga bog’liq. Mazkur oqsilning mutatsiyasi yoki inaktivatsiyasi albinoslarnin paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi. Oqsillarga bog‘liq bunday jarayonlami organizmda juda ko'p kuzatish mumkin.Oqsillar biosiritezini to’liq aniqlash irsiyat qonunlarini tadqiq qilish, organizmlami o'sish va rivojlanishini boshqarish, turli xil irsiy kasalliklar sabablarini aniqlash, davolash va boshqa bir qator muammolarnii hal qilishga imkon yaratadi. Oqsillar sintezi organizmda intensiv ravishda amalga oshadi. Odam jigarida 10 kun davomida oqsillarning yarmi yangilanadi. Qon zardobida 20-30 kunda oqsillar almashinadi. Har kun inson tanasida 100 g oqsil sintezlanishi lozim. Bir kunda odam qonida 8 g gemoglobin, 23 g jigar oqsili va 32 g mushak oqsillari sintezlanib turadi. Hujayrada oqsillaming sintezi xuddi nuklein kislotalardek, matritsa (qolip) asosida amalga oshadi. Mazkur jarayon murakkab va bir necha bosqichlardan iborat. Oqsillarning biosintezi oqsil sintezlovchi muayyan tizim bo’lib, uning tarkibiga quyidagi stmkturalar kiradi:
• ribosomalar-nukleoprotein zarralari bo’lib. tarkibida 60% ribosom RNK va 40% oqsil mavjud. Uzunligi 160A, diametri 250A, molekulyar massasi 4 mln. Bir qancha ribosomlar to'plami polinbosoma yoki polisomalar deb ataladi;
• matritsa RNK;
• transport RNK;
• oqsil sintezidagi bosqichiar bo'lmish initsiatsiya, yelongatsiya, terminatsiya va translyatsiya jarayonlarini amalga oshiruvchi oqsillar va fermentlar;
• proteinogenli aminokislotalar;
• aminoatsil-t-RNKlami hosil qiluvchi aminoatsil-t-RNK- sintetaza fermentlari;
• makroergli nukleozidtrifosfatlar ATF va GTF;
• Mg2+, Ca2+, K+, NH4+ ionlari.
Oqsil biosintezida 200 dan ortiq makromolekulalar ishtirok etadi. Bular oqsillar va nuklein kislotalari bo'lib, faqat aminokislotalami faollashtirish va tashilishi uchun 100 ta makromolekulalar zarurligi aniqlangan. Ribosoma 60 xil makromolekuladan tashkil topib, translyatsiyada 10 dan ortiq oqsil turlari ishtirok etadi. Aynan ribosomalarda jonsiz molekula bo’lgan nuklein kislota jonli oqsillarga aylanadi. Demak, ribosomalarda kimyo biologiyaga shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |