8-maruza: toponimkada stratigrafik (tarixiy) qatlam tushunchasi reja



Download 24,95 Kb.
bet3/3
Sana31.03.2022
Hajmi24,95 Kb.
#519982
1   2   3
Bog'liq
8-mavzu. toponimikada stratigrafik qatlam

S.Nominxanov, E.Begmatov, T.Nafasov kabi olimlar, turkiy tillar onomastikasida mug'ulcha va mug'ulcha-turkiy so'zlar asosida yasal- gan kishi ismlami, etnonimlami, toponimlami tadqiq qilishgan. Masa­lan, T.Nafasov mug'ul va turkiy xalqlaming o'zaro yaqinligiga ishora qilib, mug'ul va turkiy tillarga mushtarak so'zlaming etnolingvistik ta- biatini aniqlamasdan turib, ulami biror tilga mansubligini belgilash qi- yin deb yozgan. Hozirgi mintaqa toponimiyasining tahlili, mug'ul ele- mentlari ta’sirini g'arbdan sharqqa tomon kuchayib borishini ko'rsatadi. Xususan, O'rta Osiyoning sharqiy qismida joylashgan Qirg'iziston to­ponimiyasi tarkibida mug'ulcha so'zlar ko'proq uchraydi. Bunga qirg'iz va mug'ul tillarini yonma-yon hududlarda shakllanganligini tarixiy dalil sifatida keltirish mumkin. Tabiiyki, bunday qo'shnichilik ayrim geog­rafik terminlami turkiy va mug'ul tillarida bir xil ma’noda qo'llani- lishiga sabab bo'lgan.
O'zbekiston toponimiyasi tarkibida ham mug'ulcha so'zlar asosida shakllangan geografik nomlar hozirgacha saqlanib qolgan. Masalan, Jizzax viloyatidagi To'qay, Yomchi, Yom, Sayxan, Ko‘tal kabi aholi punktlari nomlari aslida mo'g'ul tilidan o‘zlashgan so'zlar asosida paydo bo‘lgan. Yetuk toponimik tadqiqotlar muallifi E.M.Murzaevning yozishicha, Sayxan toponimiga, mug‘ul tilida «chiroyli», «go‘zal» de­gan ma’nolami anglatuvchi saykan so'zi asos vazifasini bajargan. Keyinchalik geografik termin sifatida bu so‘z o‘zbek tiliga o'zlashgan va hozirda «katta», «tekis ochiq joy», «maydon» ma’nosini ifodalaydi.
Mintaqa toponimiyasi tarkibidagi oltinchi tarixiy qatlamni slavyan (ms) tili asosida shakllangan geografik nomlar tashkil qiladi. Ulaming paydo bo'lishi XIX asming oxiri va XX asming boshida Rossiya to- monidan O'rta Osiyoni bosib olishi bilan bogiiq. Ruscha toponimlar mintaqa hududida turli sabablar bilan paydo boigan. Masalan, Skoblevo, Obruchevo, Lomakino, Milyutinskaya, Ursatevskoe, Xilkovo kabi nomlar yangi qurilgan temir yoi stantsiyalariga chor hukumati hokimlarining qarorlari bilan qo‘yilgan rasmiy nomlar hisoblanadi.
M.Murzaevning yozishicha, mahalliy xalq bu nomlami yaxshi qarshi olmagan. Ko‘pincha, yangi nom bilan birga avvalgi an’anaviy nomi ham qollanib kelingan. Ruscha nomlaming bir qismi olka tabiati va xo‘jaligini rus olimlari tomonidan tadqiq qilish jarayonida paydo boigan. Masalan, 1878 yili O'rta Osiyo tog'larini o'rgangan ms olimi V.F.Oshanin, Pomir tog'larida aniqlagan eng katta muzlikni Fedchenko nomi bilan atagan. Abramov muzligi, Korjenevskiy cho‘qqisi, Petr I ti/masi kabi nomlar ham shu yo‘sinda paydo bo‘Igan.
Sobiq sho'rolar davrida rus tili orqali kirib kelgan nomlaming katta qismi antroponimlardan iborat bo‘lgan. Lenin, Karl Marks, Engels kabi nomlar mintaqada keng tarqalgan. Xususan, cho‘l va dasht hududlarini o'zlashtirilishi natijasida paydo boigan yangi geografik ob’ektlarga, hukmron mafkura va siyosat ta’sirida kommunistik partiya va sho'ro hokimiyatini tarannum etuvchi nomlar berilgan. Chunonchi, 1975 yilda Jizzax viloyati tarkibida yangi tashkil etilgan Amasoy tumaniga qarashli barcha aholi punktlari sobiq sovet davlatining harbiy sarkardalari nom­lari (Jukov, Timoshenko, Grechko, Rokossovskiy, Konev, Vasilevskiy va boshq.) bilan atalgan.
0‘rta Osiyo respublikalari istiqlol sharofati bilan, mustaqil topo- nimik siyosat yurgizib, mavjud chalkashliklarga barham berishdi. Min- taqadagi geografik nomlaming ko‘pchiligi davr talabini aks etadigan, xalqona, oddiy, sodda hamma uchun tushunarli boigan nomlar bilan almashtirildi yoki ulaming tarixiy nomlari qayta tiklandi. Toponimik tadqiqotlardan ma’lumki, 0‘rta Osiyo toponimiyasi shakllanishi va taraqqiyoti jarayonida bir necha tarixiy davrlami bosib olgan. Ular turli tillar mahsuli, turkiy toponimlar ular orasida eng baquvvat va keng tarqalganligi bilan mintaqada alohida ajralib turadi. Har bir tarixiy davming o‘ziga xos toponimlari mavjud, ammo geografik nomlaming tarixiy qatlamlari orasidagi chegaralar shartli hisoblanadi. Mavjud stratigrafik (tarixiy) qatlamlar bir-biri bilan uzviy bogliqligi bois, ulami aniq belgilab bo‘lmaydi, yangi qatlam avvalgisini to‘ldirsa, eskisi yangi qatlamga o‘z ta’sirini olkazgan.
Download 24,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish