Uchinchi, eng baquvvat tarixiy qatlam turkiy toponimlardan tarkib topgan. Turkiy qatlam nafaqat O'rta Osiyo davlatlari hududida, balki Afg'oniston, Eron, G’arbiy Xitoy va boshqa mintaqalarda keng tarqalgan. Ular ko'pincha mintaqa geografik nomlar sistemasini belgi- laydi va etimologik jihatdan izohlash ancha oson. Turkiy qatlamga O'rta Osiyo hududidagi Qorasoy, Tuyatortar, Qizilqum, To‘rtko‘l, Oqtosh, Yoyitma, Uchma, Egizbuloq, Tuyoqli, Ming, Qirq, Kaltatoy kabi ming- lab geografik nomlar misol bo'ladi. Turkiy qatlamdagi geografik nom- lorining kalta qismini etnonimlar tashkil etadi.
Murzayev fikricha, turkiy qatlamdagi nomlar aholining xo'jalik yiinliNli luoliyuti bilan chambarchas bog'liq bo'lganligi bois, boy va rang-barang. Ayrim geografik tushunchalar chorva mollarning yaylov- lari va landshaftlar unumdorligi bilan bog'liq. Turkiy tillarda chorva ozuqalaming turli xususiyatlarini ifodalash uchun bir qator ixtisoslash- gan geografik terminlardan foydalaniladi. O'rta Osiyo mintaqasida ayrim geografik terminlar qaysi mamlakat hududida qo'llanilishiga qarab fonetik jihatdan o'zgargan. Masalan, O'zbekiston, Qirg'izistonda- soy, Qozog'istonda - say, Turkmanistonda - choy (chay).
To‘rtinchi tarixiy qatlam arablaming ko'p asrlik istilosi bilan bog'liq, ular islom dinini olib kelish bilan birga kelib chiqishi arab tiliga mansub so'zlardan paydo bo'lgan toponimlarning shakllanishida faol ishtirok etganlar. O'rta Osiyoda arab tili elementlaridan vujudga kelgan toponimlar, xususan antroponimlar ma’lum hissani tashkil etadi. Arab tili elementlarining mintaqada paydo bo'lishi tarixan ayon, ammo ulami geografik ob’ektlarga nom sifatida shaldlanishiga sabab bo'lgan omillar kam o'rganilgan. Bu qatlamga tegishli geografik nomlaming asosini tashkil qiluvchi so'zlar, ancha qadimgi davrlarda arab tilidan, turkiy tillarga o'zlashgan. Hozirda mintaqada mavjud bo'lgan arabcha toponimlarning ko'pi mahalliy (o'zbek, tojik, turkman, qirg'iz) tillar grammatikasi asosida yaratilgan. Arab tilidan o'zlashgan so'zlaming ayrimlari hozirgi vaqtda ham geografik termin sifatida qo'llaniladi va ma’nosi tushuniladi. Bunday geografik terminlar sirasiga hozirda O'rta Osiyo toponimiyasi tarkibida uchraydigan anhor, vaqf, mozor, mahalla, machit, rabot, aqba, supa, qal’a, qit’a kabi so'zlami kiritish mumkin.
Mutaxassislar arab elementlarini mintaqa toponimiyasi tarkibida saqlanib qolishi va tarqalishini O'rta Osiyo xalqlarining O'rta va Yaqin Sharq musulmon mamlakatlari bilan asrlar davomida saqlanib qolgan aloqalari bilan bog'liq deb hisoblashadi. Arab tilidan o'zlashgan so'zlar asosida paydo bo'lgan toponimlar orasida diniy terminlaming ko'pligini alohida qayd qilishgan. Arab geograflari mintaqadagi bir qator yirik geografik ob’ektlarni nomlashda o'z nomenklaturalaridan foydalanish- gan, ammo mahalliy xalq orasida ular keng qo'llanilmagan. Masalan, Sayhun, Jayhun, Movarounnahr va hokazo. Ko'p asrlik lisoniy aloqalar turkiy-arabcha - Toshsaqo, Narpay, Qizilarvat, Jalolobod, Taxti Sulaymon kabi gibrid nomlami paydo bo'lishiga sabab bo'lgan.
O'rta Osiyo hududida asli mo'g'ul tilidan o'zlashgan so'zlardan paydo bo'lgan geografik nomlaming kelib chiqishi XIII asrdagi mo‘- g'ullar istilosi bilan bog'liq. Hozirda mug'ulcha toponimlar mintaqa joy nomlari tarkibidagi kichik bir guruh sifatida beshinchi tarixiy qatlamni tashkil etadi. Mug‘ul tili 0‘rta Osiyoda xalq tiliga aylanmadi. Shu sababdan, mug‘ul toponimlari nisbatan kam va ularni aniqlash oson. Mutaxassislarning fikricha, O'rta Osiyo toponimiyasi tarkibida, mo‘- g'ulcha nomlaming kamligi, ulami mahalliy xalq bilan aralashib tili va dinini qabul qilganligi sabab bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |