Marhamat hakamlar hayati o’z joylaringizni egallashlaringizni so’raymiz . Endi shartlar bilan tanishib olsak.Qizlarimiz 4 ta shart asosida bellashadilar. 1-shart: O’zligini tanishtirish. 2-shart “Zukkolar va donolar” deb nomlanadi,har bir qizimiz 5 ta savolga javob berishlari kerak bo’ladi.
3-shart: Bahrubayt.
4-shart: Dasturxon bezash.(5-daqiqa ichida ishtirokchilarimiz shirinliklarni dasturxonga chiroyli qilib joylashtirishlari kerak bo’ladi.)
Ishtirokchilarimiz birinchi shartga tayyorlangunlariga qadar guruh bolalaridan she’rlar tinglaymiz.
Azamat Qay bir kasbda,qanday mansabda.
Ishlamasin ,ayol-bu ona.
Pokiza va nasli – nasabda,
Farzandiga mudom parvona.
Olimjon : Jasoratda erlardan o’tar,
Ibo ,hayo yo’l bermas xiyol.
Dilin faqat bir sevinch o’rtar,
Bolam deydi,dunyoda ayol.
Feruza : Agar so’rasalar jannatni mendan ,
Onajonim oyog’I ostida ana.
Bizni ulg’aytirib barkamol qilgan
Aziz suyanchig’im , mehribon ona.
Tarbiyachi : Marhamat birinchi shartni bajarish uchun birinchi ishtirokchimizni davra taklif etamiz.
1-shart:”O’zligini tanishtirish”. Mehrangiz: Mehrangizir mening ismim
Quvonchga to’la dilim.
Erkalatar dadam,oyim.
Sevinchim sarvarim .
Mening dur-u gavharim.
Mehrangizdir mening ismim
A’lo bahoda o’qiyman.
Bog’chamni sevaman
Ustozlarim bebaho.
Baholarim ham a’lo
Kunsayin g’or dilimni
Uyg’otaman saboqlar,
Bo’lsam deyman shifokor
O’z ishiga fidokor.
Dardlarga bo’lib malham
Libosimdek ko’nglim ham
Bo’lsin pokiza ko’rkam.
Zilola : Ruxsat bersangiz do’stlar.
O’zimni tanishtiray
Kminayu kamtarin
Zilolaxon bo’laman
14-yanvar 2015-yil
Ayni peshin chog’ida
Xudoyberdiyevlar xonadonida
Tavallud topganman
Dadjonim tadbirkor
Oyijonim o’qituvchi
Ilk bolalik chog’larim
O’tgan azim Jarqoqda
Sho’x-shodon jajjiligim
O’tmoqda hur vatanda
Tafakkurim tinq,
Tilim ham burro
Men o’zbek bolasi
Beshigim tillo
Dunyodagi har insonga
Yaxshiliklar tilab yashayman
Qo’ladn kelsa barcha do’stlarga
Ezgulik qilishga shayman.
Dinara : Men Dinaraxon bo’laman
Hamroyevlar naslidanman
Oyim oddiy tadbirkor
Har ishda bir hikmat bor
Dadm xususiy fermer
Bizning g’amimizni yer
Akam Akrambek bo’ladi.
Har ishda oldin yuradi.
Buvim va bobom doim
Menga hmdard muloyim
Bog’chada ilm olib
Zavq shavqqa to’laman
Bosh vaqtimni har doim
Mazmunli o’tkazaman
Oyim va dadmni ham
Doim xursand qilaman
Sizlarga do’stlar tilak
A’lo o’qib boring har vaqt.
Shahzoda . Tanishtiray o’zimni
Dono- dono so’zimni
Men Shahzoda bo’laman
Endi 7 ga kiraman
Dadjonim qiziman
Onamning o’ng qo’liman
Bobojonim dilbandiman
Buvijonim jon diliman
Kelajakda ulg’ayib
Men o’qituvchi bo’laman.
Orzuga yo’q dir ayb
Hozircha yosh bolaman.
Ozoda : Ozodaxon ismim
Ismimga mos jismim
O’qiymiz a’lo bahoda
Yuramiz ustoz izida
Oybekderlar dadam
Har ishda qodir hardam
Onamning qiziman
Oilamning suyanchiman
O’qib ulg’aysam men ham
Shifokor bo’lsam deyman
Dardlarga bo’lib malham
Hurmatda bo’lay hardam.