II bob bo‘yicha xulosa.
II bob uchta kichik boblardan iborat bo‘lib, birinchi kichik bob tadqiqot materiali, uslublariga bag‘ishlangan. Olingan materiallar, uslublari keng yoritilgan. Ikkinchi kichik bob esa, tekshirilayotgan o‘simliklarga tavsif deb nomlangan. Tadqiqot uchun olingan o‘simliklarga to‘liq tavsif berilgan, bob adabiy ma’lumotlar bilan shaxsiy ma’lumotlarga ega, bob ma’lumotlar bilan bir qatorda o‘rganilayotgan o‘simliklar rasmlari bilan bezatilgan. Mevazor bog‘lar maydonlari, mevali ekinlar navlariga batafsil to‘xtalib o‘tilgan.
O‘zbekiston, yaqin hamdo‘stlik davlatlari, uzoq Yevropa, Amerika sharoitida ekiladigan olma, o‘rikning navlari, navlarni yaratilish tarixi va boshqa qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Keyingi kichik bob asosan tadqiqot o‘tkazilgan joyning geografik tavsifiga bag‘ishlangan. Bob ma’lumotlari Jizzax viloyati hokimligi internet sayti ma’lumotlariga asosan keltirilgan.
III bob. Fitonematodalarning taksonomik, anatomo-morfologik va ekologik tavsifi
Fitonematodalarning ekologik tavsifi
Tekshirilgan mevali daraxtlar ildizi va ildiz atrofi tuprog‘idan 2 ta kenja sinf (Adenophorea, Sesernentea), 4 ta turkum (Areolaimida, Dorylaimida, Rhabditida, Tylenchida), 16 ta oila, 26 ta avlodga mansub 40 tur fitonematodalar aniqlandi.
A.A.Paramonovning ekologik klassifikatsiyasiga asosan va unga qo‘shimcha Micoletzky H. [39], T.V.Volkova [57, 58] sistematikasiga asosan mevali daraxtlar fitonematodalari quyidagi guruhlarga bo‘lindi: pararizobiontlar, eusaprobiontlar, devisaprobiontlar, fitogelmintlar.
Fitonematodalarni ekologik guruhlarga bo‘lish, o‘simliklarga yetkaziladigan zararlarini turlariga asoslanib ajratilgan, masalan, pararizobiontlar yoki ildiz atrofi fitonematodalari. Bu guruhga ildiz atrofi tuprog‘ida yashovchi va o‘simlik ildiz sistemasi bilan bog‘liq nematodalar kiradi. Bir tomondan bular kuchli nishga (kopyo, stilet) ega bo‘lib, shu nish yordamida o‘simlik to‘qimasini teshib, o‘simlik shirasi bilan oziqlanadi. Boshqa tomondan bular yirtqich, tuproqda erkin yashovchi organizmlardir.
Bizning namunalarimizda (1-jadval) 10 tur (92 ekz) aniqlandi: Pararizobiontlar: Eudorylaimus eremitus (olma ildiz atrofi tuprog‘idan-8ta, bahorgi va qishki namunalardan), E.skrjabini (olma ildiz atrofi tuprog‘idan-8ta, o‘rik ildiz atrofi tuprog‘idan-4ta, qishki namunalarda), Dorylaimellus aegalis (o‘rik va olma ildiz atrofi tuprog‘idan-4tadan, qishki namunalardan), Xiphinema americanum (olma ildiz atrofi tuprog‘i barcha o‘rganilgan tuproq qatlamlaridan -16 ta, bahorgi namunalar), Anaplectus granulosus (olma ildiz atrofi tuprog‘idan-4 ta, bahorgi namunalar), Proteroplectus asimilis (olma ildiz atrofi tuprog‘idan-4ta, bahorgi namunalar), Tylencholaimus mirabilis (olma ildiz atrofi tuprog‘idan-4ta, bahorgi namunalar), Tylenchus baloghi (o‘rik va olma ildiz atrofi tuprog‘idan-12ta), Tylenchus kirjanovae (o‘rik va olma ildiz atrofi tuprog‘idan-4tadan jami 8ta), Tylenchus obtusicaudatus (o‘rik va olma ildiz atrofi tuprog‘idan-20ta).
Devisaprobiontlar yoki yarim saprozoy nematodalar chirindi yoki o‘lik organik moddalar bilan oziqlanuvchi hamda tirik, sog‘lom o‘simlik to‘qimalarida ham uchraydigan nematodalar bo‘lib, bulardan quyidagilar uchradi(16 tur, 696 ekz.): Panagrolaimus rigidus (olma ildiz atrofi tuprog‘idan-4 ta, qishki namunalar), P.multidentatus (olma ildiz atrofi tuprog‘idan-4 ta, qishki namunalar, bahorgi namunalardan-8 ta), Panagrolaimus spondyli (olma ildiz atrofi tuprog‘idan-4 ta, bahorgi namunalarda, qishki namunalar-4 ta), Panagrolaimus hygrophilus (o‘rik ildiz atrofi tuprog‘idan-4 ta, bahorgi namunalar), Cephalobus persegnis (olma ildizi-20, o‘rik ildiz-12, ildiz atrofi tuprog‘idan-12 ta, qishki namunalar, olma ildiz atrofi tuprog‘idan-8 ta, o‘rik ildiz atrofi tuprog‘idan-4 ta, bahorgi namunalar), C.parvus (olma ildizi -4 ta, qishki namunalar), Heterocephalobus elongates (o‘rik ildiz atrofi tuprog‘idan-4 ta-qishki namunalar, o‘rik ildiz atrofi tuprog‘idan-20ta, bahorgi namunalar, olma ildiz atrofi tuprog‘idan-80ta, bahorgi namunalar), Heterocephalobus filiformis (olma ildiz atrofi tuprog‘idan-52ta, qishki namunalar, o‘rik ildizi-4ta, qishki namunalar, o‘rik ildiz atrofi tuprog‘idan-24 ta, bahorgi namunalar, olma ildiz atrofi tuprog‘idan-136 ta, bahorgi namunalar), Heterocephalobus buchneri (o‘rik ildiz atrofi tuprog‘idan-4 ta, bahorgi namunalar), Heterocephalobus laevis (o‘rik ildiz atrofi tuprog‘idan-8 ta, olma ildiz atrofi tuprog‘idan-8 ta, bahorgi namunalar), Heterocephalobus latus (o‘rik ildiz atrofi tuprog‘idan-8 ta, bahorgi namunalar). Heterocephalobus teres (olma ildiz atrofi tuprog‘idan-76 ta, bahorgi namunalar, olma ildiz atrofi tuprog‘idan-4 ta, qishki namunalar). Heterocephalobus tulaganovi (olma ildiz atrofi tuprog‘idan-56 ta, qishki namunalar o‘rik ildiz atrofi tuprog‘idan-4 ta, qishki namunalar, olma ildiz atrofi tuprog‘idan-24 ta, olma ildiz atrofi tuprog‘idan- 88 ta, bahorgi namunalar), Eucephalobus oxiuroedes (olma ildizi-4 ta- qishki namunalar, o‘rik ildizi-4 ta, qishki namunalar), Acrobeles pajitnova (o‘rik ildiz atrofi tuprog‘idan-4 ta, bahorgi namunalar). Acrobeloides labiatus (olma ildiz atrofi tuprog‘idan-4 ta, qishki namunalar).
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |