2-rasm. Starkrimson navi.
Starkrimson – AQSH da yaratilgan. Nav kech kuzda pishadi, mevasi sentabr oyida uziladi. Daraxtni bo‘yi o‘rtacha 4,7 m, shoxlari siyrak. Mevasi yirik 161 g. Mevasi uzunchoq-konussimon shaklda, rangi juda chiroyli, to‘q qizil. Mevasini ichki qismi och sariq (2-rasm).
Mevasi shirali, mazasi shirin-nordon, o‘ziga xos hidi bor. Golden Delishes – Shimoliy Amerikadan keltirilgan kechki nav bo‘lib, daraxtlari pakana bo‘yli 3-4-yili hosilga kiradi. Renet Simirenko olma navi bilan bir vaqtda gullab hosil beradi. Bu nav Renet Simirenko, Monatan, Alpinist navlari changi bilan yaxshi changlanadi va ularni changlantiradi. Mevasini maxsus binolarda ancha vaqt saqlash mumkin. Mevasi yirik, o‘rtacha vazni 130-160 g keladi, cho‘ziqroq yoki yumaloq-cho‘ziq bo‘lib, rangi sariq tillasimon. Mevasining po‘stida kulrang dog‘lar va ayrimlarida zangsimon dog‘lar uchraydi. Eti yaltiroq, sariq, o‘rtacha tig‘iz, xushbo‘y. Golden Delishesning bir necha sinonimlari – Starkspur Golden Delishes, Yella spur Delishes, Goldspur sinonimlari bor (3-rasm).
3-rasm Golden Delishes
Gold spur – Golden Delishes navining duragayi, daraxti halqasimon meva shoxlarida hosil beruvchi duragay. AQShda ajratib olingan. Daraxtlarining bo‘yi Golden Delishesga nisbatan pastroq, meva kurtaklari halqasimon, mevasi yirikroq. Simbag‘azli bog‘larda yaxshi shakllanadi.
Erta hosilga kiradi va mo‘l hosil beradi. Bu navning ishlab chiqarish xususiyatlari past bo‘yli va o‘rta bo‘yli payvandtagga ulangan daraxtlarda ham yaxshi samara beradi(4-rasm).
O‘rik O‘zbekistonda eng ko‘p ekiladigan meva daraxtlaridan biri hisoblanadi. U asosan Farg‘ona va Zarafshon vodiysida ko‘p tarqalgan bo‘lib, umumiy bog‘larining 70-80% ni tashkil qiladi. Mamlakatimizda ekiladigan o‘rik navlari uch guruhga: xo‘raki o‘rik navlari – Javzak, Ruxi juvonon, Ahrori, Arzami, Oq o‘rik; quritiladigan o‘rik navlari: Xurmoniy, Isfarak, Subhoniy, Bodomi hamda konservabop o‘rik navlari – Korolevskiy, Vengerskiy, Krasnoshyokiy va boshqalarga bo‘linadi.
4 -rasm Gold Spur
5-rasm Mevali bog‘
Arzami, Ruxi juvonon va Iskandariy navlarini uchinchi guruhga ham kiritish mumkin. O‘zbekistonda, asosan, ertapishar va o‘rtapishar o‘rik navlari ko‘p tarqalgan. O‘zbekistonda o‘rik asosan, quruq meva yetishtirish va mevasini yangiligida iste’mol qilish uchun ekiladi. O‘rikni oftobda quritish yilning eng issiq davri iyun-avgust oylariga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda havo ochiq, issiq bo‘lib, havoning namligi nisbatan past bo‘ladi, bu qulaylik o‘rikni yerda, ya’ni ochiq maydonlarda quritishga imkon beradi. Bizning sharoitda o‘rikning turli navlari yetishtiriladi.
6-rasm. Arzami navi.
Arzami navi, mevasi yirik va serhosil, jaydari nav. Daraxti o‘rtacha kattalikda, keng piramida shaklida. Mevasi dumaloq chokli, yoni sal yassi, sarg‘ish och qizil, pishganda tez to‘kiladi. Eti tiniq sariq, ingichka tomirli, tig‘izligi o‘rtacha, sershira, nordon-shirin, juda mazali. Danagi etidan qiyin ajraladi, mag‘izi shirin. Mevasidan turshak, bargak va konserva tayyorlanadi, iyun oyida pishadi. Mahalliy nav Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Davlat reestriga kiritilgan. Nav ertapishar, mevasi iyunning ikkinchi o‘n kunligida pishadi. Daraxtning bo‘yi baland, shox-shabbasi keng. Hosilga to‘rtinchi yili kiradi. Mevasi noto‘g‘ri yassi-yumaloq shaklli, och zarg‘aldoq rangli, o‘rtacha vazni esa 29 gramm. Eti sariqroq, mayin, sershira, xushbo‘y. Andijon nav sinash uchastkasining ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt yillik o‘rtacha hosildorligi gektaridan 116,6 s/ga, eng yuqori hosildorligi esa 182,3 s/ga ni tashkil etgan.
Axroriy navi ham ertapishar nav bo‘lib, mevasi yirik, xo‘raki, jaydari. Daraxti kuchli o‘sadi, keng piramida shaklida, qalin shox-shabbali. Sovuqqa va dog‘ kasalligiga o‘rtacha chidamli, kechroq gullaydi. Mevasi dumaloq, qizil, to‘q sariq tukli. Eti sariq biroz tolali, shirin xushxo‘r mazali. Danagi etidan ajralmaydi, mag‘izi achchiq. Mevasi faqat ho‘lligida yeyiladi.
Oq payvandi navi xo‘raki, serhosil, daraxti katta, shox-shabbasi gumbaz shaklida. Sovuqqa o‘rtacha chidamli. Mevasi iyunda pishadi. Tuxumsimon, sal do‘mboq, qizg‘ish oq , sariq rangda. Eti ko‘kish-sariq, mayin, sershira, nordon-chuchuk, xushxo‘r. Danagi etidan oson ajraladi. Mag‘izi shirin.
Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqanddagi filialida yaratilgan. Samarqand viloyati bo‘yicha Davlat reestriga kiritilgan. Nav o‘rtapishar, mevasi iyulning birinchi o‘n kunligida pishadi. Daraxtning bo‘yi o‘rtacha 5,4 m, shox-shabbasining diametri 4,4 m Mevasi shakli dumaloq, danagidan yaxshi ajraladi, yirik, o‘rtacha vazni 36 gramm. Mevasining rangi sariq, qizil chiziqlari bor, mazasi nordon-shirin, o‘ziga xos hidi bor. Andoza “Yubileyniy Navoiy” navidan hosildorlik bo‘yicha 2,8 s/ga yuqori. Har yili mo‘l hosil berishi va andoza navidan ustunligi uchun bu navni ekish uchun tavsiya etilgan.
7-rasm. “Ruhi juvonon miona”navi. 8-rasm. Oq payvandi navi
O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan. Toshkent, Buxoro, Namangan, Navoiy va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha Davlat reestriga kiritilgan. Nav o‘rtapishar, mevasi iyulning birinchi o‘n kunligida pishadi, daraxtining bo‘yi baland, shox-shabbasi keng, ko‘chati ekilgandan so‘ng beshinchi yili hosilga kiradi. Hosildorligi-170,2 s/ga, eng yuqori hosildorligi-193,1 s/ga ni tashkil etadi. Mevasi tuxumsimon, sal botiq, kam tukli, rangi sarg‘ish, och-sariq, qizil g‘uborli, yirik, mevasining o‘rtacha vazni-23 gramm, eti sarg‘ish, zich, mazasi nordon-shirin(8-rasm).
Mirsanjali. Jaydari nav bo‘lib, daraxti o‘rtacha kattalikda o‘sadi. Mevasi o‘rtacha yirik (25-30 gramm), rangi och zarg‘aldoq tusda yoki sariq, bir oz qizg‘ish. Eti sariq, yumshoq, sersuv, shirin mazali, danagidan yaxshi ajraladi. Iyun oyining ikkinchi yarmi va iyul oyi boshlarida pishadi. Bu nav Farg‘ona vodiysi hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘stirish uchun tumanlashtirilgan.
“Ruhi juvonon miona”navi. Mahalliy nav. Buxoro, Navoiy, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm va Andijon viloyatlari bo‘yicha Davlat reestriga kiritilgan. Nav ertapishar, mevasi iyunning birinchi o‘n kunligida yetiladi. Daraxtning bo‘yi baland, shox-shabbasi dumaloq-piramidasimon, qalinligi o‘rtacha, ko‘chati ekilgandan so‘ng beshinchi yilda hosilga kiradi. Hosildorligi-57,7 s/ga, eng yuqori hosildorligi103,1 s/gani tashkil etadi. Mevasining shakli dumaloq-tuxumsimon, po‘sti silliq, zarg‘aldoq rang, qizil g‘uborli, o‘rtacha vazni-32 gramm. Eti och zarg‘aldoq rangli, sershira, mazasi nordon-shirin.
Do'stlaringiz bilan baham: |