8-laboratoriya ishi



Download 23,32 Kb.
bet1/3
Sana29.04.2022
Hajmi23,32 Kb.
#591021
  1   2   3
Bog'liq
8 lab

8-LABORATORIYA ISHI

GRANULALARNING SIFAT KO‘RSATKICHLARI VA ULARNING BIOLOGIK SAMARADORLIGINI ANIQLASH


Granula - lotincha "granulae" degan donacha, bug‘doychani anglatadi. 
Granulalar-granulae, dumaloq, silindirsimon yoki shaklsiz bo‘lib, ichish
uchun mo‘ljallangan qattiq dori turi.
Granulalar tibbiyotda ikki maqsadda qo‘llaniladi: 
1. Sifatli tabletka olish uchun oraliq mahsulot sifatida. 
2. Tayyor dori vositasi sifatida. 
Granulalarning sifati XI DF bo‘yicha baholanadi. Ular bir xil rangda, kattaligi 0,2- 3 mm bo‘lishi lozim.
Katta-kichik granulalar orasidagi farq 5% oshmasligi, tarkibidagi ta’sir etuvchi modda miqdori farqi 10% oshmasligi kerak. Granula tayyorlashda
yordamchi modda sifatida qand, sut qandi, natriy bikarbonat, vino kislota, 
ikkilamchi kalsiy fosfat, kraxmal, talk, glyukoza, qand qiyomi, spirt, suv, oziq -ovqat sanoatida ishlatiladigan buyoqlar ishlatiladi. 
Parchalanishi tabletkaga o‘xshaydi. Agar farmakopeyaning xususiy 
maqolasida boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa granulalar 15 daqiqa davomida
erib ketishi kerak
Granulalar bolalar amaliyotida keng qo‘llaniladi, shu sababli ularga
bo‘lgan ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Mazasi shirin, tayyorlanishi oson, ichish uchun qulay, biosamaradorligi yuqori.
Granula dori shaklining afzalliklari: 
1.O‘zaro reaksiyaga kirishadigan moddalarni aloxida-aloxida donadorlab, ularni 
bir dori shaklida berish mumkin. 
2. Nojo‘ya hid va mazaga ega moddalarning hidini va mazasini niqoblash
mumkin.
3. Dori moddani tashqi muhitning (namlik, yorug‘lik) ta’sirlaridan saqlash
mumkin. 
4. Granulalar suvda tez parchalanadilar, shuning uchun ularning
biosamaradorligi tabletkalardan ba’zida kukunlardan yuqori. 
5. Granulalarni qabul qilish oson, shuning uchun bu dori turi pediatriya 
amaliyotida ko‘p qo‘llaniladi.
Granula dori shaklining kamchiliklari: 
1. YOrdamchi moddalarni ishlatilishi. 
2. Ishlab chiqarishda ko‘p asbob-uskunalar ishlatilishi. 
3. Namlik va xarorat ta’sirida ba’zi dori moddalar parchalanish
Granulaning sifat ko‘rsatkichlari: 
•tashqi ko‘rinishi;
• o‘rtacha og‘irlik va undan chetlanish;
• zarrachalarning o‘lchami; 
•chinligi; 
• parchalanishi, daqiqa; 
• erishi,%; 
•ta’sir etuvchi modda miqdori (g); 
•Mikrobiologik tozaligi.
Granula sifatini tekshirish. Granulaning tashqi ko‘rinishi, suvda parchalanishi va ta’sir etuvchi moddalarning me’yori bo‘yicha tekshiriladi.
Saqlanishi yaxshi berkitilgan idishlarda qo‘ruq joyda saqlanadi.
Biosamaradorlini aniqlash mavzusi davomida granulalarni biofarmatsevtik baholashda quyidagi asbob-uskunalardan ham foydalaniladi.
Erish muhiti. Agar buferli eritma erish muhitini tashkil qilsa, unda uning pHi ko‘rsatilgan qiymatdan 0,05 gacha aniqlikda o‘rnatiladi. Tajribani o‘tkazishdan oldin erish muhitidan erigan gazlar olib tashlanadi, chunki ular pufaklarni vujudga keltirishi mumkin, ular esa olinadigan natijaga ta’sir ko‘rsatadi.
Uslub. Erish muhitining ko‘rsatilgan hajmini idishga solib, qurilma yig‘iladi, 37±0,5C° haroratgacha erish muhiti isitiladi va termometr olib tashlanadi. Tajriba qilinayotgan dorining bittasi qurilmaga quyiladi. Parrakli qurilmaning aylanishini boshlashdan oldin uning parraklari preparat idishining tubiga tushiriladi; qattiq dozalangan shakllarni chiqib1ketmasligi uchun to‘g‘ri keladigan qurilma yordamida, masalan sim yoki shisha spiral idishning tubiga joylashtiriladi.
Savatchali qurilmada preparatni savatchaga solib, uni aylanishdan oldin belgilangan xolatga tushirib qo‘yiladi.
Preparat yuzasida havo pufaklari bo‘lmasligini oldini olish kerak, ko‘rsatilgan tezlikda savatcha yoki parraklarning aylanishi sekin bo‘ladi.

Download 23,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish