Sintillyasion usul. Ayrim moddalarni, masalan oltingugurtli rux kumush bilan, iodli natriy talliy bilan radioaktiv nurlar ta’sirida yorug‘lik ko‘rinishidagi fotonlar chiqaradi. Natijada yuzaga keladigan yorug‘lik portlashi (ssintillyasiya) qayd qilinadi.
Afzalligi: yuqori aniqlik; qayd etish samaradorligi; o‘lchash oralig‘ining kattaligi.
Kamchiligi: vaqtga bog‘liq holda xususiyatini o‘zgarishi.
Kristallarni o‘tkazuvchanligini o‘zgarishiga asoslangan usul. Radioaktiv nurlar ta’sirida ayrim dielektriklar yarim o‘tkazgich, ayrimlari esa o‘tkazgichga aylanadi.
Afzalligi: yuqori kattalikda tok olish mumkin; qayd qilishning samaraliligi; o‘lchov oralig‘ini kattaligi.
Kamchiligi: katta inersiyali; vaqt o‘tishi bilan sezgirligi o‘zgaradi; o‘lchash natijalarini ionlovchi zarrachalar energiyasiga bog‘liqligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |