3. Yakuniy bosqich (15 daqiqa)
|
3.1. Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladilar.
3.2. O‘quv mashg‘ulotlarining natijalarini sharhlaydi, faol talabalar bahosini e’lon qiladi.
3.3. Mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi: amaliy mashg‘ulotga tayyorlanib kelish. Nazorat savollariga javob berish.
|
Tinglaydilar.
|
Oʻzbek adabiyoti tarixida mumtoz oʻringa ega boʻlgan Jahon otin – Uvaysiy XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan mashhur oʻzbek shoirasidir. U Margʻilon shahrining Childoʻxtaron mahallasida, taxminan 1779 yillarda dunyoga kelgan. jahon otinning otasi toʻquvchi, ham kosib boʻlib, oʻzbek va tojik tillarida sheʼrlar yozgan, onasi Chinnibibi esa oʻz davrining donishmand ayollaridan boʻlib, maktabdorlik qilgan. Jahonbibi oilada xat savodini chiqarib, soʻng onasining yonida maktabdorlik qilgan, akasi Oxunjon hofiz yordamida kuymusikaga ham ragʻbat paydo qilgan. Jahonbibining hayot yoʻldoshi Tojixon juda erta vafot etgach, u qizi Quyosh va oʻgʻli Muhammadxonlarni oʻzi tarbiyalab voyaga yetkazgan. Jahonbibi oila aʼzolarining taʼsirida koʻproq shaxsiy mutolaaga berilib, oʻzbek, tojik va ozarbayjon allomalarining asarlarini muhabbat bilan oʻqib, Vaysiy, Uvaysiy taxallusi bilan sheʼrlar yoza boshlaydi va tez orada shoira, otin sifatida taniladi.
Uvaysiyning hayoti oʻz davrida Markaziy Osiyoning katta ilm-fan va madaniyat markazlaridan boʻlgan Margʻilon hamda Qoʻqonning isteʼdodli adib va shoirlari davrasida oʻtdi. U Mohlaroyim – Nodira bilan ijodiy hamkorliqda boʻlgan. Saroyda sheʼriyat ilmidan dars berib, ustozlik qilgan. U Nodira bilan Konibodom, Xoʻjand, Oʻratepa, Toshkent, Andijon kabi shaharlarda boʻlib, ijodiy doiralar va ziyolilar bilan munosabat oʻrnatgan. 1842 yili Buxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqonni egallagach, Margʻilonga qaytib umrining oxirigacha shu yerda yashagan.
Oltmish yildan koʻproq umr koʻrgan Uvaysiydan bizga kattagina adabiy meros yetib kelgan. Uning qoʻlyozma devonlari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Andijon Davlat Pedagogika instituti kutubxonasida saqlanmoqda. Shoira devonining qoʻlyozmalarini aniqlash, ommalashtirish va tadqiq etishda akademik A. Qayumov, professor H. Razzoqov va E. Ibrohimovalarning xizmatlari kattadir.
Shoiraning 4 ta devon tuzganligi maʼlum. Uvaysiy ijodining gʻoyaviy-badiiy mohiyatidan oʻzbek mumtoz adabiyoti anʼanalarini ijodiy davom ettirganligi koʻrinib turadi. Shoiraning Navoiy, Fuzuliy gʻazallariga bogʻlagan koʻplab muxammaslari va naziralari, Bedil sheʼrlariga izdoshligi Uvaysiyning poetik balogʻatidan dalolat beradi. Shoira adabiyotda taraqqiyparvar namoyandalarning qarashlari asosida maydonga kelgan inson taqdiri, shaxs erki va maʼrifatparvarlik gʻoyalarida latif va dilkash asarlar yaratadi, asarlarida insonni eʼzozlash, odamning tabiat va hayot noz-neʼmatlaridan bahramand boʻlishga undash, doʻstlik, vafo va sadoqat kabi oʻzining ulugʻvor niyatlarini Qurʼon oyatlari, hadislar va tasavvufiy talqinlar bilan asoslagan holda ijodiy barkamollikka erishdi. Uning sheʼrlarida tariqatning talab va qoidalariga taalluqli boʻlgan talqinlar koʻp uchraydi. Shoira shunday yozgan edi:
Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yoʻq ogoh, Qabih guftor mardumdin koʻngul dogʻ oʻddi, dogʻ oʻldi.
Shoiraning bu kabi orifona satrlari Alisher Navoiyning insonni komillik yoʻlidagi izlanishlarida tasvirlagan – yuz kufirga ketganda ham bir tavba qilishni xayoliga keltirmaydigan, pokni nopokdan ajrata bilmaydigan dilozor kishilarni qattiq qoralagan satrlariga hamohangdir.
Uvaysiy oʻz asarlarida insonga xos boʻlgan ilohiy muhabbat tuygʻularini eʼzoz bilan kuylaydi. Tabiatning hisobsiz goʻzalliklari mavjida ishq hissiyoti ham shaloladek tugʻyon uradi. Bu ishq-sevgi hayotni qadrlashga, uning lazzatlaridan bahramand boʻlishga chaqiradi. Shoira muhabbat tuygʻulari zavqiga berilib, bora-bora uning nozik kaʼriga nazar tashlaydi:
Zaboningni keturgil, ey shakarlab toʻgi guftora, Nechukkim marhamat oʻlsun necha mendek dil afgora. Nigohing tashlagʻil, lutf aylabon, ey shoʻxi beparvo, Yoʻlingda intizor oʻlgʻon meni bul oshiqi zora.
Uvaysiy dastlab yuksak odamiylikni, shu odamiylikni qalb toʻrida avaylovchi vafodor yorni ulugʻlar ekan, uni quyosh bilan qiyos qiladi. Quyosh har tong ufqdan bosh koʻtarib oʻzining otashin nuri bilan olamga, odamlarga oʻz mehr va shafqatini sochadi. Shoira yor va oftob tashbehlarini qarshilantirish sanʼati orqali katta mahorat bilan eng goʻzal tuygʻular silsilasini guldasta qiladi. Uning lirik qahramoni mushohadakor donishmand, vafoli oshiq. Shuning uchun ham shoira:
Vaysiy, boshing uzra qoʻy, xurshed talʼat yorni,
Bilmadingmu zarralar boshinda dastor oftob,
deb vafoli yorni eng zarif satrlar bilan ulugʻlaydi. Uning uchun yor bilan suhbat, doʻst bilan mubohasa, dilkash mutrib taronalari yuksak bir sharafdir.
Maʼlum boʻlishicha, Uvaysiy uzoq vaqt maktabdorlik ham qilgan. U oʻz davrining yosh toliblariga Alloh kalomi boʻlgan Qurʼon va hayot goʻzalliklaridan saboq bergan. U talabalar uchun tez fikrlash, chiroyli soʻzlash va boshqa taʼlim-tarbiya vositalari bilan bogʻliq boʻlgan chiston-topishmoqlar yarattan. Uning anor haqidagi mashhur chistoni oʻzining muhim mazmuni va yuksak badiiyligi bilan shoira ijodining yorqin bir sahifasi sifatida koʻzga tashlanadi:
Bu na gumbazdur, eshigi, tuynugidin yoʻq nishon,
Necha gulgunpoʻsh qizlar manzil aylabdur makon?
Tuynugin ochib alarning holidan olsam xabar,
Yuzlarida parda tortugʻliq tururlar bagʻri qon.
Uvaysiyning lirik sheʼrlaridan tashqari “Shahzoda Hasan”, “Shahzoda Husan” kabi liro-epik asari va “Voqeoti Muhammad Alixon” kabi tarixiy dostonlari mavjud. Shoiraning liroepik dostonlari islom tarixi bilan bogʻliq voqealar asosida yaratilgan boʻlib, bu Uvaysiyning oʻz davrini bilimdon otini – muallimasi va dinimiz tarixidan chuqur xabardorligidan dalolat beradi.
Uvaysiy hayotiylik davridayoq nafis lirikasi bilan mashhur boʻldi va zamondoshlarining eʼtiborini qozondi. Uning zamondoshi va izdoshi shoira DilshodBarno oʻzining Nodirabegimga bagʻishlangan “Tong mahal chiqdi haramdin turfa moh” deb boshlangan gʻazalida Nodira bilan bir qatorda Uvaysiyni ham juda katta eʼzoz bilan xotirlaydi:
Kim? – dedim, Nodira – dedilar ani,
Yonida Vaysiy turur olampanoh.
Har biri ming shoira oʻrnidadur,
Ikkovi birla tulur har borgoh.
Uvaysiy asarlari oʻzining latif mazmuni va dilkash badiiyligibilan davrlar osha muxlislar qalbiga bitmastugalmas estetik zavq bagʻishlab kelmoqda. Ular xalq ommasi orasida keng yoyilgan, hofizlar, xonandalar tomonidan maqom va xalq ohanglari bilan hozirgacha kuylanib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |