Amir Temur davlati (1370-1405 yillar) Oltin O’rda davlatiga qilingan harbiy yurish ( 1391 yil ) - 1391 yilda Amir Temur Oltin O’rda xoni To’xtamishxonga qarshi yurish qiladi.Bu jang hozirgi Samara va Chistopol shaharlari oralig’idagi Qunduzcha mavzesida bo’lib o’tadi.
Oltin O’rda davlatiga qilingan harbiy yurish (1395 yil ) - Amir Temur va Oltin O’r
- Da xoni To’xtamishxon
- O’rtasidagi hal qiluvchi
- Jang 1395 yilning 15 ap
- relida Shimoliy Kavkaz
- Da Tarak daryosi yonida
- bo’lib o’tadi.Bu jangda
- Amir Temur qo’shini dush
- manga qarshi otdan tu
- shib,uni kamondan o’qqa
- tutish usulini qo’llaydi va
- To’xtamishxon qo’shini
- tor-mor etiladi.
Hindistonga qilingan harbiy yurish (1398-1399 yillar ) - Amir Temur 1398-1399 yillarda Hindistonga yurish tashkil etadi.Bu yurish natijasida Dehli shahri egallanib,Shimoliy va Markaziy Hindiston Amir Temur davlati tarkibiga qo’shib olinadi.
Usmonli turklar davlatiga qilingan harbiy yurish ( 1402 yil ) - Amir Temur 1402 yilda Kichik Osiyoga,Usmonli turklar davlatiga qarshi harbiy yurish tashkil etadi.Bu yurish natijasida Amir Temur Usmonli turklar davlatiga zarba berib,butun Yevropaning xaloskoriga aylanadi.
Amir Temurning harbiy yurishlari - Amir Temurning harbiy yurishlari tarixga uch yillik,besh yillik,yetti yillik yurishlar nomi bilan kiradi.Bu yurishlar natijasida Amir Temur davlati 27 ta podsholikni o’z ichiga olgan yirik saltanatga aylanadi.
Anqara jangi (1402 yil 20 iyul ) - Amir Temur va Usmonli turklar hukmdori Sulton Boyazid Yildirim qo’shinlari o’rtasidagi jang 1402 yilning 20 iyulida Anqara yaqinida,Chubuq mavzeida bo’lib o’tadi.Bu jang tarixga “Anqara jangi” nomi bilan kiradi.
TEMUR TUZUKLARI - Amir Temur O’zining hayoti davrida harbiy san’at va davlat boshqarish uslubiga bag’ishlangan maxsus asar yaratadi va u “Temur tuzuklari” nomi bilan shuhrat qozonadi.Asarda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish taxt egalarining tutumi va vazifalari,vazir va qo’shin boshliqlarini tatinlash tartibi belgilab berilgan
Mavzuni mustahkamlash. - 1.Amir Temur saltanati qanday boshqarilgan?
- 2.Amir Temur davlatidagi uluslarning asosiy xususiyati nimadan iborat bo’lgan?
- 3.Suyurg’ol yerlar kimlarga,nima uchun berilgan?
- 4.Amir Temur qo’shini qanday tartibda tuzilgan?
- Chingizxon qo’shinidan nimasi bilan farq qilgan?
- 5.Amir Temur qo’shini qanday tartibda jangga kirgan?
- 6.”Temur tuzuklari”da nimalar bayon etilgan?
- Quyidagi jadvalni “Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi va harbiy tizim” mavzusiga oid ma’lumotlar bilan to’ldiring.
- Mavzuni o’qib ,o’zlashtirish.Savollarga javob yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |