5. Sarkoplazmatik retikulumda kechadigan jarayonlar.
Skelet muskulida membranaga bog’langan naychalar va pufakchanlarning murakkab to’ri (sarkoplazmatik retikulum- CP) mavjud. CP muskul qisqaruvchi tolalarini o’rab turgan muhitdagi kalsiy ionlari konsentratsiyasini boshqaradi. CP fiziologik tinchlik paytida membranasidagi Ca-ATFaza yordamida, miofibrinnalar atrofidagi ion holatidagi kalsiy ionlarining tuban konsentratsiyasini ta’minlab turadi. CP membranasining harakat potensiali ta’sirida qo’zg’alishi, shu ionning o’zida katta miqdordagi kalsiy ionlarning ajranishga Sabab bo’lib, muskul qisqarish mexanizmini ishga soladi, ya’ni kalsiy ionlari harakat potensiali bilan muskul qisqarishini bog’lovchi omil tarzida ishlaydi.
Kalsiy ionlarining CP sisternalariga o’tkazilishi, ATF energiyasi hisobiga amalga oshadi. CP membranasidagi Ca-ATFaza faoliyat davrasida, dastlab fosforlanadi va quyidagi bosqichlarni bosib o’tadi:
substratni bog’lash, ATF gidrolizi va ferment substrat kompleksining Ye~R hosil bo’lishi:
Ca2+ + Mg-ATF + Ye Mg-ADF + Ca2+-Ye~P
bog’lash markazining membrananing ikkinchi tomoniga o’tishi (transnokasiya). Transnokasiya jarayoni ionning aktiv tashilishi uchun yetarni emas. Bog’lovchi markazga maxkam bog’langan kalsiy ionlarining ajratilishi uchun energiya talab etiladi
Ca2+-Ye~P Ye-P-Ca2+ E + F + Ca2+
Bunda, fosfat qoldig`ig’i bilan fermentlar o’rtasidagi bog’ xarakterining o’zgarishi natijasida, katta miqdorda energiya ajralib, u oddiy bog’ga aylanadi: u gidroliznanganda esa kam energiya ajraladi. Umuman, 1 molekula ATF gidroliznanganda ikkita kalsiy ionlarining membrana orqali tashilishi amalga oshadi. Endoplazmatik to’r Ca-ATFazasi faoliyati asosida ham shu xil mexanizm yotadi.
R-tur ATFazalar o’zaro ingibitorlari bilan farqlanadi. Masalan, ortovanadet shu tur ATFazalarning hammasi uchun Samarali ingibitordir, yurak gnikonizidlari (strofantin, ouabain, onitorizid va b.) Na,K- ATFazaning maxsus ingibitorlaridir, disiklogeksinkarbodiimid va dietinstinbestrol esa plazmatik membranalar N-ATFazasini ingibirlaydi. Ca-ATFaza tion qatori zaharlariga yuqori sezgirlik namoyon etadi. Yurak CP Ca-ATFazasi, proteinkinaza ishtirokida fosforlanib, Ca-nasosi bog’lanishini o’zgartishga qodir gidrofob oqsil fosfonamban tomonidan faollanadi. Plazmatik membrana Ca-ATFazasi, Ca-bog’lovchi regulyator oqsil kanmodunin ishtirokida Ca2+ ionlari tomonidan faollanadi.
Diffuziya alohida molekula va ionlarning tartibsiz va spontan harakatiga bog’liq. Masalan, ammiakning suvli eritmasi solingan idish og’zini ochiq qoldiring, ma’lum vaqtdan keyin butun xonaga uning o’tkir hidi tarqalib ketadi. Bu jarayon ammiak molekulalarini diffuziyalanishi bilan tushuntiriladi. Molekulalar va ionlar yuqori kontsentratsiyali tomondan past kontsentratsiyali tomonga gradient bo’yicha harakatlansa, diffuziyaning bunday turi oddiy diffuziya deb ataladi. Shu bilan birga ular har xil yo’nalishda Braun harakati ko’rinishida ham harakatlanishi mumkin.
Diffuziyada har bir molekula tipi o’zining kontsentratsiya gradienti bo’yicha harakatlanadi. Masalan, o’pkada kislorod qonga diffuziyalanadi, shu bilan bir vaqtda uglerod (II)-oksidi qondan alveolalarga diffuziyalanadi. Yog’da eruvchi moddalar membranalarning lipid matriskida erib, undan osonlik bilan o’tadi. Suv va suvda eruvchi diametri kichik ionlar membranadan har ikki tomonga o’ta oladi.
Hujayraga O2 diffuziyasi yuqorida ifodalangan kontsentratsiya gradienti asosida borib, hujayraning kislorodga ehtiyoji, ya’ni oksidlanish reaktsiyalari qiymatiga bog’liq holda amalga oshadi va bunda CO2 ko’payishi kuzatilsa, avtoregulyativ protsesslar ishga tushib, kislorodga nisbatan gradient paCaytiriladi.
Biologik membranalar orqali elektr zaryadiga ega bo’lmagan, neytral moddalarning o’tish jarayoni diffuziya hisoblaladi. Bu jarayon dastlab Fik tomonidan o’rganib chiqilgan va miqdoriy jihatdan quyidagicha ifodalaladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |