8- mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida ma’naviy axloqiy tarbiyani shakllantirish usullari Reja: 1



Download 311,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana29.05.2022
Hajmi311,46 Kb.
#617271
1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu

Kompetensiya 
bolaning bilim, ko„nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. 
Boshlang„ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat‟i nazar, bola shaxsi 
shakllanishi uchun asos bo„lib xizmat qiladi.
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim 
kompetensiyalari 
Kommunikativ kompetensiya
– muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda 
foydalana bilish ko„nikmasi. 
O‘yin kompetensiyasi
– bolaning o„yin jarayoni va uni tashkil qilishda 
tajriba, bilim va ko„nikmalardan ijodiy foydalanishi. O„quv-tarbiyaviy faoliyat 
uchun asos hisoblanadi. 
Ijtimoiy kompetensiya
– hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan 
muloqotda axloq qoidalari va me‟yorlariga rioya qilgan holda o„zini tutish 
mahorati. 
Bilish kompetensiyasi
– atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va 
olingan bilim, ko„nikma, malaka va qadriyatlardan o„quv va amaliy vazifalarni hal 
qilish uchun foydalanish. 
Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari 
Bolaning kompetensiyalari 
bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi: 
 

jismoniy rivojlanish va sog„lom turmush tarzining shakllanishi; 



ijtimoiy-hissiy rivojlanish; 

nutq, muloqot, o„qish va yozish malakalari; 

bilish jarayonining rivojlanishi; 

ijodiy rivojlanish. 
«Jismoniy rivojlanish va sog„lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi 
kompetensiyalari 
«Jismoniy rivojlanish va sog„lom turmush tarzining shakllanishi» sohasidagi 
o„quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so„ng 6-7 yoshli bola:

o„z imkoniyatlari va yoshi bilan bog„liq jismoniy rivojlanish me‟yorlariga 
mos ravishda jismoniy faollik ko„rsatadi;

turli harakatchanlik faolligini uyg„un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;

turli hayotiy va o„quv vaziyatlarida mayda motorika ko„nikmalaridan 
foydalanadi;

o„z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;

shaxsiy gigiena malakalarini qo„llaydi; 

sog„lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;

xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.
«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari 
«Ijtimoiy-emotsional rivojlanish» sohasidagi o„quv-tarbiyaviy faoliyat 
yakuniga yetganidan so„ng 6-7 yoshli bola:

o„z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli 
to„g„risida tasavvurga ega bo„ladi;

o„z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;

o„zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;

kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;

murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo„llarini topadi.
«Nutq, muloqot, o„qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari 
«Nutq, muloqot, o„qish va yozish malakalari» sohasidagi o„quv-tarbiyaviy 
faoliyat yakuniga yetganidan so„ng 6-7 yoshli bola:

nutqni eshitadi va tushunadi;

o„z nutqida to„g„ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap 
konstruksiyalaridan foydalanadi;

ikkinchi tilni o„rganishga qiziqish namoyon qiladi;

ikkinchi tilni egallash bo„yicha dastlabki bilimlarini ko„rsatadi;

badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi;



so„zning lug„aviy, bo„g„inli va fonetik tuzilishi to„g„risida tasavvurga ega 
bo„ladi;

turli ma‟no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so„zlab berishni biladi;

yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.
«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari 
Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o„quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga 
yetganidan so„ng 6-7 yoshli bola:

bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;

o„quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan 
foydalanadi;

predmetlar, voqealar va ko„rinishlar o„rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi 
va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;

raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo„llaydi;

makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;

elementar matematikhisoblashlarni amalga oshiradi;

atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko„rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq 
qiladi;

atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g„amxo„r munosabatni namoyon 
etadi.
«Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari 
«Ijodkorlik» sohasidagi o„quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so„ng 6-
7 yoshli bola:

san‟at va madaniyatga qiziqish namoyon qiladi;

milliy an‟analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida 
idrok etadi;

san‟atning muayyan turini afzal ko„rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;

olingan bilim va ko„nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o„z ijodiy 
rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;

insonning dunyoni o„zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.
O„quv-tarbiyaviy faoliyat 
O„quv-tarbiyaviy faoliyat «O„zbekiston Respublikasining ilk va maktab 
yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta‟lim muassasasi o„quv va tarbiyaviy faoliyatni o„quv yillari 
bo„yicha tashkil qiladi.
O„quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi. 
1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog„lomlashtirish davri tashkil 
etiladi.


O„quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish 
O„quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda 
pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o„yinlari, bo„sh 
vaqt va o„quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi
1
.
O„quv-tarbiyaviy faoliyat ta‟lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish 
va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga 
asoslanuvchi o„quv rejasiga muvofiq olib boriladi. O„quv-tarbiyaviy faoliyat bola 
hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga 
birlashtiriladi
2

O„quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish ta‟lim sharoitlariga bog„liq holda 
integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.
O„quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud: 

yillik mavzuviy; 

haftalik. 
Rejalashtirishda faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari 
ifodalanadi. Faoliyat turini tanlashda nafaqat o„quv-tarbiyaviy faoliyatning 
umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo„yicha maqsadlar, faoliyat 
mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi.
Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur‟atini 
belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o„tishda yordam berishi 
lozim. Shuni yodda tutish joizki, o„yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy 
faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va 
sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.

Download 311,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish