8- MAVZU: Maktabgacha ta’lim muassasalarida ma’naviy axloqiy tarbiyani
shakllantirish usullari
Reja:
1.
Bola tarbiyasida tarbiyachining faoliyati
2.
Maktabgacha ta‟lim muassasalarida ma‟naviy axloqiy tarbiyani
shakllantirish usullari
3.
Maktabgacha ta‟lim muassasi ma‟naviy tarbiyaning ilk bosqichi.
Tayanch tushunchalar:
ma‟naviy tarbiya, maktabgacha ta‟lim muassasi,
xushmuomala, tarbiyachi, tarbiyalanuvchi, rostgo„y, dono, odil, ozoda, bilimli,
qobiliyatli.
Ibn Sino tarbiya masalalari ifodalangan asarlarida tarbiyachi-o„qituvchining
roliga katta e‟tibor bilan qaragan. Tarbiyachi tanlashni muhim masala deb
hisoblagan. U bola 6 yoshga to„lishi bilan uni o„qituvchining tarbiyasiga berishni
tavsiya qiladi. Tarbiyachi “Rostgo„y, dono, odil, ozoda kiynadigan, xushmuomala”
bo„lishi zarurligini uqtiradi va yosh avlodni o„qitadigan hamda tarbiyalaydigan
kishilar oldiga bir qancha talablar qo„ygan. Uning fikricha:
1. Tarbiyachi bolalar bilan muomalada bosiq bo„lishi kerak.
2. Tarbiyachi ta‟limni qanday o„zlashtirayotganini kuzatib borishi zarur.
3. O„qitish jarayonida muallim har xil usullarni qo„llash darkor.
4. Tarbiyachi bolaning xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatini bilishi lozim.
5. Tarbiyachi bolani tarbiyalashda tegishli jazo choralarini qo„llashi,
o„tilganlarni takrorlashga majbur qilish orqali ularni qiziqtirishi kerak.
6. Tarbiyachi o„z fikrini bolaga bayon qilishdan oldin undan masalaning
mohiyatiga o„zi tushunib olishi, keyin uni qisqa, aniq, adabiy tilda tushuntirishi,
bunda ko„p gapirishdan qochishi lozim.
7. Har bir fikr haqiqat bilan tasdiqlanishi, bolalarda hissiyot uyg„otadigan
bo„lishi zarur.
Ana shu maqsadlarni amalga oshira oladigan tarbiyachigina bolani bugungi
kunda ma‟naviy yetuklik sari yetaklay oladi.
Maktabgacha ta‟lim muassasalarida ma‟naviy axloqiy tarbiyani
shakllantirishda ta‟lim muassasasida bir qancha ishlar tizimi samarali tashkil
yetilishi lozim. Shundagina bolaning ma‟naviy-axloqiy tarbiyasida muhim qadam
bosqichi boshlanadi. Bunda keng qamrovli ishlar tizimi to„g„ri tashkil yetilishi
lozim. Ularni quyidagi ishlar tizimida ko„rishimiz mumkin.
Ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta‟minlash uchun maktabgacha
ta‟lim muassasasi ota-onalar bilan o„zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini
tashkil qilishi kerak:
ota-onalarning maktabgacha ta‟lim muassasasi borasidagi
fikrlarini hisobga olish;
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
ota-onalarni o„quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb
etish;
ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi
tashabbuslarini qo„llab-quvvatlash.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‟lim berishda kompetensiyaviy
yondashuv
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‟lim berishda kompetensiyaviy
yondashuv o„sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy
muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo„lgan, axloqiy me‟yor va qadriyatlarni
o„zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan
bog„liq bo„lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko„zda tutadi.
Boshlang„ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq sub‟ekti
sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |