8 – Mavzu. Linzalar


Ko‘z - optic sistema. Ko‘zning kamchiliklari. Ko‘zoynak



Download 312,97 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2022
Hajmi312,97 Kb.
#678161
1   2   3   4   5
Ko‘z - optic sistema. Ko‘zning kamchiliklari. Ko‘zoynak.
Ko‘z optik sistema bo‘lib, buyumning tasviri ko‘z soqqasining yorug‘likka sezgir bo‘lgan to‘rsimon pardasida hosil bo‘ladi. Odam ko‘zining shakli shar shakliga yaqin bo‘ladi. Ko‘zning diametiri 2,5 sm chamasida bo‘ladi. Ko‘z tashqi tomondan uchta narsa bilan o‘ralgan (45- rasm).

Tashqi parda sklerasklera sklerayoki oqsil parda (1) deyiladi. Bu zich parda ko‘zni tashqi ta’sirdan saqlaydi. Oqsil pardaga sertomirli parda (2) va o‘lchamlari 0,001 sm dan kichik bo‘lgan juda kichik yorug‘lik sezgir elementlardan tuzilgan to‘rsimon pardayoki to‘rpardato‘rparda to‘rparda(3) kelib tutashgan. Bu elementlar ko‘zni bosh miya bilan bog‘lovchi ko‘rish nervi (4) tolalarining uchlaridir. Ko‘zning oldingi qismida oqsil parda shaffof muguz muguz muguz (shohshoh shoh) pardagapardaga pardaga(5), tomirli parda esa kamalak pardaga(6) aylanadi. Kamalak pardaning o‘rtasida ko‘zko‘z ko‘z qorachig‘iqorachig‘i qorachig‘i(7) joylashgan. Ko‘zning qorachig‘i diafragma rolini o‘ynaydi; uning diametiri ko‘zga tushayotgan yorug‘lik miqdoriga qarab o‘zgarib turadi. Qorachig‘ning ortida ikki yoqlama qavariq linza shaklidagi shaffof elastik jism xrustalcha (ko‘z gavhari)(8) joylashgan. Shoxparda bilan kamalak parda oralig‘ida suvga o‘xshash su- yuqlik (9) bo‘ladi. Butun ko‘z bo‘shlig‘ining ko‘z gavharidan ko‘z- ning orqa devorigacha bo‘lgan qismi quyuqroq shaffof (shishasimon) jism bilan to‘lgan. Ko‘z suyuqligining sindirish ko‘rsatkishi 1,33 ga, shox- pardaniki 1,38 ga va ko‘z gavhariniki o‘rtacha 1,48 ga teng.

Ko‘zga tushadigan nurlar shoxparda sirtida eng ko‘p sinadi. Gavhar ham nurni qo‘shimcha ravishda ozroq sindiradi.Biz ko‘z bilan ko‘rayotgan buyumning tasviri to‘r pardaga joylashadi: u haqiqiy, kichiklashgan va teskari tasvir bo‘ladi. Biz miyamizni korrektlash ta’siri ostida buyumning joylashishi to‘g‘risida to‘g‘ri taassurot olamiz.


Buyumning ko‘zdan uzoqligi o‘zgarishiga qaramay, uning to‘rpardadagi tasviri aniqligicha qolaveradi (46- rasm). Buning sababi shuki, ko‘z gavhari o‘z egriligining va shu bilan birga, o‘z optik kuchini o‘zgartira oladi.
Ko‘zimizga ancha yaqin turgan buyumga qaraganimizda ko‘z muskullari gavharning qavariqligini oshiradi va gavhar o‘zidan o‘tayotgan nurlarni kuchliroq sindiradi. Uzoqda turgan buyumlarga qaraganda esa gavhar yassiroq bo‘lib qoladi va uning sindirish qobiliyati kuchsizlanadi. Demak, ko‘z gavharining fokus masofasi o‘zgarib turadi. Ko‘z gavharining fokus masofasini kuzatilayotgan buyumgacha bo‘lgan masofaga moslash qobilayati akkomodatsiya deyiladi. Lekin ko‘z akkomodatsiyasining ma’lum bir chegarasi bo‘ladi: biz juda yaqin turgan buyumlarni aniq ko‘ra olmaymiz, chunki ko‘zning to‘rpardasida bu buyumning aniq tasviri hosil bo‘ lmaydi.
Buyumdan ko‘zgacha shu buyumning mayda qismlarini (ko‘zni haddan tashqari zo‘riqtirmay) ko‘rish mumkin bo‘lgan masofa eng yaxshi ko‘rish masofasi deb ataladi. Normal ko‘z uchun eng yaxshi ko‘rish masofasi 25 sm ga teng deb hisoblanadi.
Normal ko‘z akkomodatsiyasining eng uzoq nuqtasi cheksiz uzoqlashgan nuqtadir. Bu nuqta ko‘zning zo‘riqmagan holatiga muvofiq keladi.
Ko‘z akkomodatsiya qobiliyati buyumlarni to‘rparda sirtida proeksiyalanishini ta’minlaydi. Normal ko‘z hech qanday zo‘ri- qishsiz har qanday masofadagi buyumlarni eng kichik masofaga

47- rasm.
akkomodatsiya qila oladi. Eng kichik akkomodatsiya masofasi 10 sm dan 22 sm gacha o‘zgarib turadi. Kishining yoshi ortgan sari bu masofa 30 sm gacha ortishi mumkin. Biroq ba’zi kishilarning ko‘zi zo‘riqmagan holatda uzoqdagi buyum tasvirini to‘r pardada emas, balki uning oldida hosil qiladi (47- a rasm). Ko‘zning bu nuqsoni yaqindan ko‘rarlik deb ataladi, chunki kishi bunda uzoqdagi buyumlarni ravshan ko‘ra olmaydi. Bunday ko‘z akkomodat- siyasining eng uzoq nuqtasi cheksiz uzoqlikda bo‘lmaydi. Shunga yarasha eng yaxshi ko‘rish masofasi ham kichik bo‘ladi. Uzoqdagi buyumning har bir nuqtasidan kelayotgan nurlar (ya’ni deyarli parallel dastalar) to‘rpardada to‘planishi uchun ularni tarqaluvchi qilish kerak. Buning uchun sochuvchi linzalar o‘rnatilgan ko‘zoynak taqiladi (47- b rasm). Parallel nurlar bunday linza orqali o‘tar ekan, ko‘z akkomodatsiyasining eng uzoq nuqtasidan kelayotgandek ko’rinadi.
Uzoqdagi buyumning tasviri ko‘zning to‘rparda orqasiga tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan nuqson uzoqdan ko‘rarlik deb ataladi (47- d rasm). Bunda uzoqdagi narsani ko‘rishda ko‘z zo‘riqadi, yaqindagi narsalarni ko‘rishda esa akkomodatsiya imkoniyati qaralayotgan narsagacha bo‘lgan masofa do=25 sm dan ortgandayoq tugaydi. Buyum tasvirini to‘rpardaga keltirish uchun gavharga tushayotgan parallel nurlar dastasini yaqinlashtiruvchi (kesishuvchi) dastaga aylantirish kerak, buning uchun yig‘uvchi linzalar o‘rnatilgan ko‘zoynak taqiladi. (47- e rasm) do=25 sm masofada turgan S buyumdan kelayotgan nurlar linzadan o‘tib, bir-biridan kamroq uzoqlashuvchi bo‘lib qoladi va akkomodatsiya chegarasiga muvofiq keladigan d masofadagi S’ nuqtasidan chiqayotgandek ko‘rinadi. Shunday qilib, ko‘zning nuq- sonlarini yig‘uvchi va sochuvchi linzalar o‘rnatilgan ko‘zoynaklardan foydalanib yo‘qotish mumkin, bunda eng yaxshi ko‘rish masofasi benuqson ko‘znikidek bo‘lib qoladi.
Nazorat uchun savollar
Linza deb nimaga aytiladi?
Linzaning qanday turlari bor?
Linzaning bosh optik o‘qi deb nimaga aytiladi?
(6.3) ifodani tushuntiring.
Linzaning fokusi nima?
Linzaning optik kuchi nima?
Optik asboblarning qanday turlarini bilasiz va ular qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Ko‘rish burchagi deb nimaga aytiladi?
Lupaning karttalashtirishini qanday aniqlash mumkin?
Mikroskopning kattalashtirishini qanday aniqlash mumkin?
Fotoapparatda buyumning tasviri qanday hosil bo‘ladi?


Download 312,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish