8 – Mavzu. Linzalar


Teleskop — osmon yoritkichlarini kuzatish uchun ishlatiladigan astronomik asbobdir. Teleskoplar refraktor



Download 312,97 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2022
Hajmi312,97 Kb.
#678161
1   2   3   4   5
Teleskop — osmon yoritkichlarini kuzatish uchun ishlatiladigan astronomik asbobdir. Teleskoplar refraktor va reflektorlarga bo‘linadi; refraktor o‘rning kirish burchagi linzalar sistemasi yordamida kattalashtiriladi, reflektorlarning asosiy qismi parabolik ko‘zgudan iborat bo‘ladi.
Refraktorning optik sxemasi murakkab bo‘lib, bu sistema buyumga (obyektga) qaratilgan uzun fokusli qavariq obyektiv va ko‘zga yaqin qo‘yilgan qisqa fokusli okulardan iborat (41- rasm). Bunday refraktor Kepler trubasi deb ataladi.Obyektivning vazifasi yoritkichning haqiqiy tasvirini hosil qilishdir. Yoritkich obyektivdan ancha uzoqda bo‘lsa, yoritkichning har qanday nuqtasidan chiqayotgan nurlar amalda parallel bo‘ladi. Shuning uchun yoritkichning haqiqiy, to‘nkarilgan va kichraygan tasviri obyektivning fokal tekisligida yoki aniqrog‘i, unga juda yaqin yerda hosil biladi.
Obyektiv A va B nuqtalardan kelayotgan nurlarni obyektivning fokal tekisligida yotgan tegishli A1 va B1 nuqtalarga yig‘adi. Ana shu yerda yoritkichning haqiqiy tasviri hosil bo’ladi. Teleskopda okular shunday o‘rnatilganki, uning oldingi fokusi obyektivning keyingi fokusi bilan ustma-ust tushadi. Demak, yoritkichning haqiqiy tasviri okularning fokal tekisligida ham bo‘ladi. Okulardan chiqqan nurlar dastasi o’zaro у burchak hosil qiladi. Nurlar dastasi kuzatuvchining ko’ziga ana shu у burchak ostida tushadi. Teleskopning kattalashtirishi K quyidagicha bo‘ladi:

bu yerda: Fob— obyektivning fokus masofasi, Fok— okularning fokus masofasi. Teleskopda kirish birchagini kattalashtirish uchun uzun fokusli obyektiv va qisqa fokusli okular tanlab olinadi.
Ko‘rish trubalari yer ustidagi obyektlarni kuzatish uchun ishlatiladi. 42- rasmda Galiley trubasining sxemasi ko‘rsatilgan. Bu asbobda AB buyumning ayrim nuqtalaridan kelayotgan nurlar yig‘uvchi linzalar (obyektiv O1) dan o‘tib, yig‘uvchi nurlarga aylanadi. Bu nurlar to‘nkarilgan, kichiklashgan tasvir ab ni hosil qilishi mumkin edi, ammo bu nurlar tasvir hosil qilguncha, tar- qatuvchi linza (okular O2) ga tushadi va biz buyumning to‘g‘ri mavqum tasviri A, B ni ko‘ramiz.
Salgina kattalashtirib ko‘rsatadigan (teatr durbini) durbinlar Galileyning ikkita turbinasidan iborat bo‘ladi.
Ancha katta qilib ko‘rsatadigan durbinlar (harbiy durbinlar) Keplerning ikkita trubasidan yasaladi.

Proyeksion apparatning vazifasi ekranda buyumning kattalashgan haqiqiy tasvirini hosil qilishdir. Bunday shaffof asosga olingan rasm yoki fotosurat, diapozitiv yoki shaffof bo‘lmagan obyektlar, masalan, qog‘ozlardagi chizmalar, kitobdagi rasmlar bilishi mumkin. Shaffof obyektlarni proyeksiyalash uchun mo‘ljallangan proyeksion apparatlar diaskoplar (grekcha „dia“— shaffof), shaffof bo‘lmagan obyektlarni proyeksiyalash uchun mo‘ljallangan asboblar epidiaskoplar (grekcha) „epa“— shaffofmas) deb ataladi.


43- rasmda shisha plastinkadagi suratlarni (diapozitivlarni) ekranda ko‘rsatish uchun ishlatildaigan proyeksion fonarning tuzilish sxemasi berilgan. Proyeksion fonarning asosiy qismi obyektiv (Ob) bo‘lib, bu obyektiv bitta yig‘uvchi linza xizmatini o‘taydigan linzalar sistemasidan iborat. Obyektivning vazifasi — MN ekranda diapozitivning juda kattalashgan tasvirini hosil qilishdir. Shu sababli diopazitiv „fokus“ga ravshan qilib to‘g‘irlanishi uchun siljitilishi mumkin bo‘lgan obyektivning fokal tekisligiga yaqin qo‘yiladi.
O‘lchamlari, odatda, obyektiv o‘lchamlaridan katta bo‘ladigan diapozitivdan kelayotgan hamma yorug‘likni obyektivga yuborish uchun kondensor (K) ishlatiladi. Kondensor katta o‘lchamga ega bo‘lgan qisqa fokusli linzalar sistemasidan iborat. Kondensor shunday o‘rnatiladiki, undan kelayotgan yorug‘lik obyektivning o‘rtasida yig‘iladi.
Fonarda yorug‘lik manbayi sifatida elektr yoy lampalari yoki 300, 500 va 1000 W li maxsus cho‘g‘lanma proyeksion lampalar ishlatiladi.
Amalda proyeksion fonarning chiziqli kattalashtirishi K = f/F ga teng deb olish mumkin, bu yerda f —obyektivdan tasvirgacha



(ya’ni,ekrangacha) bo‘lgan masofa; F— obyektivning fokus oralig‘i. Shu sababdan, katta tasvir hosil qilish uchun, ekranni fonardan uzoq qo’yish yoki fokusi mumkin qadar qisqa bo‘lgan obyektivdan foydalanish mumkin. Lekin shuni nazarda tutish kerakki, tasvir kattalasha borgan sari, uning ravshanligi tobora pasaya boradi.


Fotopparatning asosiy qismi O obyektiv va yorug‘lik o‘tmaydigan K kameradan iborat bo‘lib (44-rasm), kameraning orqa devorida fotoplastinka yoki fotoplyonka joylashtirilgan bo‘ladi. Eng oddiy obyektiv bitta yig‘uvchi linzadir. Obyektiv kameraning orqa devorida AB buyumining haqiqiy, kichiklashgan va teskari A1B1 tasvirini hosil qiladi. Ko‘pchilik hollarda suratga olinadigan buyumlar linzaning ikkilangan fokus masofasidan katta masofada turadi. Shuning uchun tasvir kichraygan holda bo‘ladi.
Suratga olinadigan buyum fotoapparatdan turlicha oraliqda turishi mumkin. Shunga yarasha obyektiv bilan plyonka oralig‘ini ham o‘zgartirish lozim bo‘ladi. Buning uchun kamera cho‘ziladi yoki qisqartiriladi yoki obyektiv vintli rezba vositasida tegishli tomonga siljitiladi.
Hozirgi zamon fotoapparatlarida yuqorida ko‘rsatilgan qismlardan tashqari suratga olish vaqtini belgilovchi zatvor, obyektivning ishlovchi qismini o‘zgartirib beruvchi diafragma, obyektivdan suratga olinayotgan buyumgacha bo‘lgan oraliq masofani aniqlovchi uzoqlik o‘lchagichlar ham bor. Buyumning fotosurati aniq bo‘lishi uchun obyektiv — linzalar sistemasidan foydalaniladi.
Zamonaviy fotoapparatlarda suratga olishni osonlashtirish uchun yuqorida aytilgan zatvor, diafragma uzoqlik o‘lchagichlarni avtomatlashtirish hamda yorug‘lik nurini bir xil qilish uchun fotochaqnagich o‘rnatilgan.

Download 312,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish